REJA 1. Turli yosh davrlari va ularning o'quv faoliyatlari. 2. O'quv motivlarining umumiy tasnifi. 3. O'quv motivlarining psixologik xususiyatlari va ularni shaqlantirish MOTIV VA MOTIVATSIYA Pedagogika va psixologiyada o'quvchining bilim olishga qiziqishini shakllantirish, motivatsiyasini rivojlantirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Mazkur masalaning murakkabligi va ko'p jihatlarga bog'liqligi motivatsiya tushunchasining mohiyati, tabiati va tuzilmasiga ko'plab yondashuvlar mavjudligi, shuningdek, uni o'rganish (V.Bespalko, A.Zimnyaya, I.zaharova, A. Maslou, L.Stolyarenko, A.Rean, S. Rubinshteyn va boshqa) usullari ko'pligi bilan asoslanadi. Ayrim olimlar mazkur tushunchani insonning turli faoliyatlar orqali o'zini namoyon etishga intilishi (V. Bespalko) deb ta'riflaganlar. Bu faol va barqaror intilish unga munosib sharoitlar yaratilgandagina sezilarli yutuqlar ko‗rinishida ifodalanadi. Aks holda shaxsning o'zini namoyon etishga intilishi qaysidir qiziqarsiz o'quv faoliyati davridayoq so'nib ketishi mumkin. Motivatsiya (lot. motivatio) - subyektning qandaydir maqsadlar, qiziqishlari mavjudligi asosidagi faoliyatga tashqi va ichki xohishining ifodasidir. Motivatsiya barcha pedagogik ta'sir tizimida shakllanadi, biroq avvalo bevosita o'qish faoliyatida tarbiyalanadi. Ijobiy motivatsiyani shakllantirishda ta'lim mazmuni, ta'limni tashkil etish, shaxsiy o'qitish kabi masalalar muhim o'rin tutadi. Hozirga qadar fundamental bilimlar va amaliy muammolarini qamrab olganmotivatsiya nazariyasi aniq batafsil o'z ifodasini topmagan.Motivatsiyaning quyidagi: bu subyektning ehtiyojlarini qondirishga bog'liq bo'lgan faoliyatga tomon intilishidir; ma'lum kuchga predmetli-yo'naltirilgan faollikdir; predmet (moddiy yoki ideal)ga qaratilgan faoliyatni uyg‗otuvchi va belgilovchi tanlovni amalga oshirish; shaxsiy harakat va intilishlar asosida yotuvchi anglangan sabablarifodasi sifatidagi ta'riflari mavjud. Motivatsiya tushunchasi inson faoliyatidagixulq-atvorini tushuntirish uchun foydalaniladi hamda jarayon, uslub, vosita sifatida fodalanadi. Motiv va motivatsiya haqida umumiy tushuncha. O'z navbatida, ehtiyojlarning rivojlanishi yanada samarali motivatsiya shakllanishiga olib keladi. «Motivlar shaxsning yo'nalganligi bilan bog'liq bo'lib, inson o'z oldiga qo'ygan hayotiy muhim maqsadlari yig‗indisining ifodasi bo'ladi. Motivlar yuzaga kelishida inson o'zi uchun zarur ehtiyojlarni anglab boradi. Motivlar - bu ehtiyojlarning anglanishidir. Bir motiv inson shaxsi uchun muhim sanalgan bir necha ehtiyojlar asosida yuzaga kelishi mumkin. Shu tariqa, motiv tushunchasining ta'rifida mazkur tushunchaning ehtiyojga nisbatan muvofiqligi ifodalanadi yoki mazkur ehtiyojning his etilishi va qondirilishi yoki uning predmetli ehtiyoji tushuniladi (S. Rubinshteyn). Biroq ko'pincha shaxsni faoliyatga undagan birgina motivni ajratib ko'rsata olmaymiz, yagona motivni aniqlash mumkin bo'lmaydi, sababi motivlar o'zida qator pedagogik jarayonlar majmuini ifoda etadi. Anglash faoliyati tashqi va ichki motivlarni boshqarishi mumkin. Kasbiy ta'lim sohasidagi faoliyat - insonning atrof-olamga faol munosabati shakli sifatida baholanadi. Motivlar yig‗indisi u yoki bu ijtimoiy ahamiyatli maqsadlar yutug'i asosidagi ma'lum bir vazifalarni amalga oshirishga yo'naltirilgan ketma-ket sodir etiladigan harakatlar orqali ifodalanadigan xulqiy holatdir. Boshqacha aytganda, inson xulqi va u amalga oshiradigan harakatlari ichki va tashqi motivlari bilan boshqariladi. Yoshning umumiy xususiyati. Har bir yoshdagi ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:27:06
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.56 MB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:27 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.56 MB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: pptx