Muloqot -shaxslararo munosabatlar psixologiyasining asosiy vositasi ekanligi M u n d a r i j a Kirish I-Bob. Muloqot - shaxslararo munosabatlar psixologiyasining asosiy vositasi 1.1. Jamiyat hayotida muloqatning tutgan o'rni. Muloqotning shakllari 1.2. Muloqotning komunikativ tomoni 1.3. Muloqot - interaktiv hamkorlik sifatida 1.4.Muloqot -shaxslararo bir - birini idrok qilish sifatida Birinchi bob bo'yicha xulosalar II -Bob. Muloqotni samarali tashkil etish va unga ta'sir etuvchi omillar 2.1. Ijtimoiy psixologik trening va muloqotni samarali tashkil etish 2.2. Nizolar psixologiyasi va uning kelib chiqishi 2.3. Nizolarni bartaraf etish usullari Ikkinchi bob bo'yicha xulosalar Xulosalar Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati Kirish Mavzuning dolzarbligi: Yuksak axborot - texnologiyalar asri bo'lmish XXI asr inson omiliga etiborning kuchayishi bilan ham tavsiflanadi. Zero, o'z ruhiy kechinmalarini boshqarish, yaqinlari bilan samimiy sog'lom munosabatlarda bo'lish istagi oddiy fuqarolarda ham kun sayin ortib bormoqda. Bu borada etiborli jihatlardan biri - bu muomala, o'zaro ta'sir va o'zligini o'zgalarga namoyon eta olish qobiliyatidir. Davrimiz insonni mustaqil fikrli shaxs sifatida har bir soniyada o'ylashga, fikrlashga, mulohaza yuritib, o'zi uchun xulosalar chiqarishga majbur etmoqda. Yani, bu cheksiz olamda biz o'zimizni o'zgalarsiz, o'z manfaatlarimizni o'zgalar manfaatisiz tasavvur qila olmaganimiz uchun ham ijtimoiy psixologiya qonuniyatlarini bilishga majburmiz. O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasidayoq, yurtboshimiz yoshlarimizga juda katta ishonch bildirib, Respublikamiz bugungi va ertangi taqdiri yosh avlodning kasb mahorati, intellektual darajasi, ma'naviy taraqqiyoti, jismoniy sog'lomligiga bog'liq deganlarida katta mano bor. Bu so'zlar biz tarbiyalayotgan har bir yoshning jamiyat oldidagi mas'uliyati va mamlakat taraqqiyotidagi benazir o'rnini ham bildiradi. Zero davlatimiz rahbari yoshlarni O'zbekistonning eng katta boyligi, mehnat va intellektual faoliyatdagi zahirasi sifatida doimo ardoqlab, ularni tarbiyalash ishini davlat ahamiyatiga molik ish sifatida belgilaganliklari hech kimga sir emas. Hali mamlakatimiz mustaqil bo'layotgan paytdayoq, Prezidentimiz Islom Karimov O'zbekistonlik faol jamiyatchilik vakillari bilan uchrashib, ularga Mana shu bebaho boyligimizni saqlab qolish, yoshlarimiz tarbiyasi uchun, ularning baxtli, to'qin, mazmunli hayoti uchun hech narsani ayamasligimiz kerak. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirayotganda ziyolilarimizning o'rni alohida ekanligini etiborga olish kerak. deganlaridayoq, barcha ziyoli - olimlar oldiga shaxs va jamiyat munosabatlariga alohida etibor qaratib, bu yo'lda yangicha fikrlash falsafasini yaratishga chaqirganliklari yil sayin ayon bo'lmoqda. Ushbu masalalarni yoritishda esa ijtimoiy psixologiya fanining o'rni va roli o'ziga xosdir. Chunki u mamlakatdagi ijtimoiy psixologik vaziyatni inobatga olgan tarzda shaxs tarbiyasidagi ham ijtimoiy, ham psixologik omillar ta'sirini kompleks tarzda o'rganuvchi fan va amaliyot yo'nalishidir. Bu o'rinda, muloqot - shaxslararo munosabatlar psixoloiyasining asosiy vositasi ekanligi alohida etiborga loyiq. Shu nuqtai nazardan, muloqot - shaxslararo munosabatlar psixoloiyasida hozirgi davrda ham nihoyatda dolzarb ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:27:06
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
60.21 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:27 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
60.21 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:46 ]
Arxiv ichida: doc