Muloqot ko'nikmalari treningi

Muloqot ko'nikmalari treningi

O'quvchilarga / Psixologiya
Muloqot ko'nikmalari treningi - rasmi

Material tavsifi

Muloqot ko'nikmalari treningi Tanishuv Har bir ishtirokchi varaqa-kartochkada o'z ismini, muloqot bilan bog'liq sifatlari, shiori, xobbi-qiziqishlarini yozadi. Shundan so'ng barcha ishtirokchilar davra qurib, o'zlarini tanishtiradilar. Muloqot tushunchasi - Mini-ma'ruza, muhokama - 20 daq Muloqot-bu kishilar o'rtasidagi munosabat, aloqa, dialog, so'zlashuv, axborot ayirboshlashdir. Muloqotga bo'lgan ehtiyoj yoki boshqacha aytganda, kommunikativ ehtiyoj insonning boshqa insonlarni bilish va baholashga, ular orqali va ular yordamida - o'zini bilish va o'ziga baho berishga intilishidan iborat. Verbal, noverbal muloqot - Uchrashuv joyi mashqi Sizning juftlaringiz qaytib kirganida, 5 daqiqa davomida Siz gapirmasdan turib, so'zlarni ishlatmagan holda: Bugun kechqurun soat 5 da Kosmonavtlar metrosi oldida uchrashib, kinoga tushaylik», degan fikrni ifodalashingiz kerak. Ikkinchi guruhga trener quyidagicha ko'rsatma beradi: Xonaga kirganingizda, juftingizni toping. Sherigingiz Sizga imo-ishoralar orqali nimani ko'rsatayotganini tushunishingiz kerak. Siz esa unga bemalol savol berishingiz va erkin gapirishingiz mumkin. Topshiriq nihoyasida ikkinchi guruhning har bir ishtirokchisi bir parcha qog'ozda o'zi tushungan fikrni qayd etishi lozim. Buzilgan telefon rolli o'yini Trener 3 ta ko'ngillining xonadan chiqib turishini iltimos qiladi. Shundan so'ng xonada qolgan ishtirokchilarga trener tasvirni (jurnaldan fotosurat ham bo'lishi mumkin) ko'rsatadi. Tasvirda mayda detallarning ko'p bo'lishi muhim sanaladi. Masalan: ko'l, qayiqlarda sayr qilayotgan juftlar, ko'lning u qirg'og'idan bu qirg'og'igacha yastanib turgan chiroyli ko'prik, yashil bog' va hokazo. Barcha ishtirokchilar tasvirni ko'rganlaridan so'ng trener ulardan biriga xonaga qaytib kirgan birinchi ko'ngilliga tasvirda ko'rgan narsasi haqida gapirib berishini iltimos qiladi. Qolgan ishtirokchilar ro'y berayotgan voqealarni sharhlamasliklari lozim. Shundan so'ng trener birinchi ko'ngillining xonaga kirishini so'raydi va unga quyidagi topshiriqni beradi: Sening vazifang - senga gapirib beriladigan axborotni diqqat bilan tinglash va imkon qadar ko'proq axborotni xotirada saqlab qolishdan iborat. Sen kelgusi ishtirokchiga bu yerda eshitganlaringni eng yuqori darajadagi aniqlik bilan aytib berishing kerak. Tabiat Do'stimga qo'ng'iroq mashqi. Birinchi variant bo'yicha ko'ngilli telefon go'shagini ko'targanida trener unga ancha keskin ohangda va hiyla qo'pol ravishda murojaat qiladi. Masalan, Kimsan? Menga Niginani chaqir. Ikkinchi variantda trener o'z suhbatdoshiga izzat-hurmat asosida, hayrixohlik ohangida murojaat qiladi. Masalan, Assalomu alaykum, bezovta qilganim uchun uzr, iltimos, Niginani telefonga chaqirib yuborasizmi?. Javob reaksiyasi o'zgaradi va bu reaksiya muloqot davomida suhbatdoshga qanday murojaat qilinishiga bog'liq bo'ladi. Men kimman? mashqi. Trener ko'ngilli bir odamni chaqiradi va unga biror so'z, masalan, Jiraf so'zi bitilgan yozuvni ko'rsatadi. Ko'ngilli Men kimman?, deya ishtirokchilarga murojaat qiladi. Ishtirokchilar unga yopiq savollar berishi va ro'parasida kim turganini aniqlashi lozim (ko'ngilli faqat ha yoki yo'q deya javob qaytarishi mumkin). Enerjayzer Shunday qilginki, senga qarsak chalishsin. Ishtirokchilar orasidan uch ko'ngilli chaqiriladi ular auditoriyadan chiqib ketadi hamda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 902.86 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:46 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 902.86 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga