Psixologiya yo'nalishi bo'yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchisi Mavzu: Muloqot mavzusini o'qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish mexanizmi Mundarija KIRISH3 I BOB. MULOQOT MAVZUSINI O'QITISHNING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI 1.1. Muloqot mavzusini o'qitishning dolzarb masalalari 7 1.2. Muloqot mavzusini o'qitishdagi innovatsion pedagogik texnologiyalar mazmuni11 II BOB. MULOQOT MAVZUSIDAN ELEKTRON O'QUV MODULI ISHLANMASI 2.1. Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti fanining o'quv dasturi(Sillabus)21 2.2. Muloqot mavzusi bo'yicha ma'ruza matni42 2.3. Muloqot mavzusidan loyiha asosida o'qitish texnologiyasi61 2.4. Nazorat topshiriqlari (JN,ON,YaNlar bo'yicha savollar va testlar)72 2.5. Muloqot mavzusi yuzasidan taqdimot83 Xulosa va takliflar99 Foydalanilgan adabiyotlar101 KIRISH Bitiruv loyiha ishing dolzarbligi. Hozirgi davr talabi ma'naviy jihatdan yetuk, har tomonlama bilimdon, mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirish bo'lib, bu muammo shaxslararo munosabat, ya'ni muloqot jarayonida ham amalga oshirilish mumkin. Shaxsning ma'naviy yetukligi, bilimdon, zehnliligi mana shu muloqot jarayonida namoyon bo'ladi. Shunday ekan, kishilarni muloqot jarayonida teran fikrlilik, hozirjavoblik, ta'sirchanlik, sezgirlik va muloqot jarayonidagi bilimdonlikni shakllantirish va rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz I. A. Karimov aytganlaridek: «Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma'naviy jihatdan mukammal insonni tarbiyalash, ta'lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg'onish g'oyasini ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo'lib qoladi». Hozirgi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning taqdiri yoshlarning ma'naviy qiyofasiga, shaxsiy barkamolligiga bog'liq. Bu vazifalarni amalga oshirish insoniy o'zaro munosabatlarda demokratik tamoyillarni ongga to'la singdirishni taqozo etadi. Aynan muloqot insonlarni turli yosh davrlarda, turli sohalarda, turli jarayon va vaziyatlarda yetakchi faoliyat hisoblanadiki, inson shaxsining rivojlanishi ushbu fenomenning qay darajada namoyon bo'lishiga bog'liq bo'ladi. Istiqlol sharofati tufayli ilmiy yondashuvlarga, oldingi metodologik muammolarga xolisona munosabatda bo'lish imkoniyati vujudga keldi. O'zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov asarlarida, «Ta'lim to'g'risidagi qonun» da, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da, Milliy g'oya va milliy istiqlol mafkurasi hujjatida oliy ta'lim muassasalarida ta'lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishda mutaxassislar oldiga ulkan talablar va mas'ul vazifalar yuklamoqda. Ana shu vazifalarni amaliyotda o'z ifodasini toptirishda muloqot psixologiyasi muhim rol o'ynaydi. Hamkorlikda ishlashga layoqatli, o'z fikrlarini mustaqil va mukammal bayon qila oladigan mutaxassislarni tayyorlash jarayonida muloqot ustuvor o'rin egallaydi. Ta'lim to'g'risidagi qonun hujjatlari, qonun osti hujjatlari jumladan, farmonlar, farmoyishlar, qarorlar va buyruqlar kabi normativ hujjatlar bilan amalga kiritilgan namunaviy o'quv dasturi, umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti fanining nazariy va amaliy muammolari, umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti fani mavzularini o'qitishdagi innovatsiyalar, o'quv dasturi, ma'ruza matnlari, umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti fanidan tayyorlanayotgan keyslar, amaliy ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:27:06
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.44 MB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:27 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.44 MB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:46 ]
Arxiv ichida: doc