Muloqot treningi Reja: Shaxslararo munosabatlarda ijtimoiy-psixologik treninglar. Verbal va noverbal muloqat. Munosabat o'rnatish va uni maromida ushlash texnikasi. Faol va empatiya bilan tinglash texnikasi. O'zaro muloqat jaroyonida sheriklarning emotsional sohasini hisobga olish. Refleksiya. Muloqat treninglarining umumiy tuzilishi. Muloqot treninglari Muloqot shaxs hayotida muhim o'rin tutadi va shaxsning eng asosiy ehtiyojlaridan bin sifatida psixologiyaning asosiy predmetlaridan birini tashkil etadi. Odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida yetakchi o'rinni egallab, u insondagi eng muhim ehtiyoj - jarniyatda yashash va o'zini shaxs deb hisoblash bilan bog'liq ehtiyojni qondiradi. Trening jarayonida trener ishtirokchilarga shaxslararo munosabatlami yaxshilash uchun mo'ljalangan o'yin va mashqlar, bahs-munozaralami taklif etishi uchun undan psixologik bilimlarga va ayniqsa muloqot haqidagi bilimlarga ega bo'lish talab etiladi. Shaxslararo munosabatlar psixologiyaning eng murakkab va asosiy yo'nalishi bo'lib, buni bilmasdan turib trening jarayonini tashkil etish va uning samarasini ta'minlash mumkin emas. Shaxslararo muloqotchanlik ko'nikmalarini hosil qilish uchun tashkil etiladigan treninglaming maqsadi - muloqot jarayonida vujudga keladigan nizoli va muammoli vaziyatlammg oldini olishga yuzaga kelgan vaziyatlami esa yechimini topishga o'rgatishdan iboratdir. Bu borada olib borilgan treninglar ishtirokchilarga nima beradi? degan savolga quyidagicha javob Berish mumkin: Guruh a'zolarining har birida kuzatuvchanlikning oshishiga olib keladi; Turli xil vaziyatlarda suhbatdoshi bilan muloqotga kirisha olish yoTlarini egallashga o'rgatadi; Muloqotga kirishayotgan sherigining verbal va noverbal muloqotidagi farqni ajrata bilishga o'rgatadi, ya'ni ishtirokchilar muloqotdagi sherigining so'zlari bilan mos kelmayotgan xattiharakati, holati, imo-ishoralarini o'qiy bilishga, ulami tahlil qilishga o'rganadi; Nizoli va muammoli vaziyatlarda xulq-atvorini me'yorida ushlab turishga o'rgatadi. Muloqot jarayonida boshqalami, o'zini, shuningdek odamlar orasidagi munosabatlami yaxshiroq tushunishga o'rgatadi. Shaxsning o'z-o'zini anglash jarayonini tezlashtiradi. O'zi va suhbatdoshining emotsional holatini solishtirishga, o'zidagi emotsional zo'riqishni pasaytirishga o'rgatadi. Muloqot - bu ehtiyoj, ya'ni kishilaming bir-birlari bilan birga bo'lishga, o'z likr-o'ylari, qiziqishlari, e'tiqodlari va shu kabilami o'zaro muhokama qilishga bo lgan juda katta ijtimoiy ehtiyoji hisoblanadi. Bu ehtiyojning qondirilmasligi nafaqat jismoniy, balki ruhiy salomatlikning buzilishiga ham olib keladi. Shuning uchun jamiyatda yashayotgan har bir shaxs o'z hayotida о zgalar bilan samarali muloqotga kirisha olish uchun muloqotchanlik ко nikmalariga ega bo lishi maqsadga muvofiqdir. Bizga ma'lumki, agar shaxs muloqotchan bo Isa, unda shaxslararo muloqot jarayonida uning boshqalar bilan kelishuvi va muammoli vaziyatlar duch kelmasligi shunchali kafolotlanadi. Xo'sh, muloqotchanlik ko'nikmalari deganda insondagi qaysi jihatlar tushuniladi? Bu savolga javob berish uchun psixologik adabiyotlarda muloqotchanlik ko'mkmalari sifatida keltirilgan quyidagi jihatlami keltirish mumkin: chiroyli gapira olish (so'zlar, tonlar) o'zgalami tinglash va fikr bildira olish o'zini va boshqalami tushuna olish yuz ifodalarini va xatti-harakatlami o'qiy olish o'z hissiyotlarini gapira olish o'zgalaming hissiyotlarini tushunib, qabul qila olish ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:27:06
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.14 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:27 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.14 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:46 ]
Arxiv ichida: doc