Muzeyshunoslik amaliyoti hisoboti

Muzeyshunoslik amaliyoti hisoboti

O'quvchilarga / Psixologiya
Muzeyshunoslik amaliyoti hisoboti - rasmi

Material tavsifi

OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI O'zbekiston MILLIY UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI MANBASHUNOSLIK VA ARXIVSHUNOSLIK KAFEDRASI Tarix yo'nalishi 3-bosqich 1033 guruh talabasi Muzeyshunoslik amaliyoti HISOBOTI Amaliyot rahbari: Toshkent 2023 Reja: I. Kirish II.Asosiy qism 2.1. Fakultetda amaliyotga bag'ishlangan davra suhbati 2.2. O'rol Tansiqboyev uy-muzeyi 2.3. Qurolli Kuchlar muzeyi 2.4. Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyi 2.5. Oybek uy-muzeyi 2.6. Islom Karimov muzeyi 2.7. G'ofur G'ulom uy-muzeyi 2.8. Tabiat muzeyi 2.9. G'alaba bog'i va Shon Sharaf muzeyi II.Xulosa Foydalangan adabiyotlar Ilovalar Kirish O'zbekistonning mustaqillikka erishishi iqtisodiy va siyosiy hayotning barcha jabhalarida bo'lganidek madaniy sohada, shu jumladan, boy o'tmish merosimizni o'rganish, saqlash va uni keng xalq ommasiga targ'ib etish borasida ham tub burilish yasadi. Vatanimiz ijtimoiy hayotidagi o'zgarishlar, yangilanishlar qatorida O'zbekiston hududidagi muzeylar faoliyatida ham yangi davr boshlandi. Respublikamiz Prezidentining Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to'g'risidagi farmoni 1998 yil 12 yanvarda qabul qilinib, u muzey va muzey xodimlarining hayotida katta ahamiyat kasb etdi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo'lgan muzeylar faoliyatini takomillashtirish, ularni xalqning ma'naviy axloqiy kamolotida tutgan o'rnini yanada oshirish maqsadida O'zbekmuzey jamg'armasi tuzildi. Bugungi kunda mamlakatimiz hududidagi turli muassasalar, korxonalar, qurilish tashkilotlari, qishloq, jamoa boshqaruv xo'jaliklari qoshida, shahar, tuman, viloyat markazlarida, xalq ta'limi tizimida ja'mi 1200 dan ortiq muzeylar bo'lib, ularning eng yiriklari poytaxtda joylashgan. Shu bilan birgalikda o'nlab yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar va mashhur san'at arboblarining uy muzeylari ham faoliyat ko'rsatmoqda. Muzeylar madaniy-ma'rifiy muassasa hisoblanib, uning vazifasi tarixiy hujjatlar, madaniy va ma'naviy yodgorliklarni to'plash, tabiiy boyliklardan namunalar jamlash va saqlash, ularni ilmiy jihatdan o'rganib ko'rgazmalarga qo'yish va keng xalq ommasiga havola qilishdan iborat. Muzeylar aholining keng tabaqalari o'rtasida madaniy-ma'rifiy ishlarni olib boradi. Muzeylar faoliyati xalqning tarixiy taraqqiyot jarayonida rivojlanib borishi, qo'lga kiritgan yutuqlari hamda qoldirgan boy madaniy-ma'naviy merosi xususida juda katta bilimlar beradi. Muzeylar madaniy-ma'rifiy muassasa sifatida ommaning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, ularni ma'naviy kamolotga yetkazishning eng yetakchi vositalaridan hisoblanadi. Yurtimizda yangi-yangi muzeylarning tashkil etilishi, poytaxtdagi eng yirik va nufuzli Temuriylar davri tarixi, qatag'on qurbonlari xotirasi, mamlakatimiz janubida joylashgan Termiz shahridagi Arxeologiya muzeyining ochilishi hukumatimiz tomonidan muzey va muzeyshunoslik sohasida nihoyatda katta ishlarning amalga oshirilayotganidan dalolat beradi. Yangi muzeylarning tashkil etilishi bilan bir qatorda shu vaqtgacha ham faoliyat ko'rsatib turgan barcha kattakichik muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash, milliy istiqlol ruhida qayta tashkil etish masalasiga ham alohida e'tibor bilan qaralmoqda. Jumladan, O'zbekiston tarixi muzeyining qaytadan ochilishi, muzey ekspozitsiya zallarining yangi loyiha va rejalar asosida jihozlanishi fikrimizning yorqin dalilidir. Barcha viloyat hududlarida joylashgan boshqa muzeylar faoliyatida ham yangilanish, yaxshilanish sari qadam qo'yilayotgani sezilib turibdi. Muzeylar faoliyatini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 48.24 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:47 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 48.24 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga