Neyron va nerv tolalarining yoshga bog'liq xususiyatlari Reja Asosiy terminlar va tushunchalar. Neyron-nerv hujayrasi bo'lib turlicha shakillarga ega. Neyronning o'simtalari - akson(uzun) va dendrid (kalta). Sinapslar - nerv hujayralarni bog'lanadigan joyi. Nerv tolalari - sezuvchi va harakatlanuvchi. Gangliya -nerv tugunlari. Markaziy nerv sistema - bosh miya va orqa miya. Pereferik nerv sistema -bosh miya va orqa miyadan chiqadigan nerv tolalar va nerv tugunlar. Nerv tizimini nerv hujayralari va nerv tolalari. Nerv sistemasi asosan tashqi muhitdan, ichki organlardan keladigan turli axborotlarni qabul qiladi va ularni markaziy nerv sistemasiga yetkazib beradi. Bundan tashqari, nerv sistemasining oliy bolimlarida ruhiy funksiyalar amalga oshiriladi. Idrok etish, fikrlash va hoka'zolar oliy nerv faoliyati bilan boshqarib turiladi. Nerv sistemasi yordamida atrof-muhitdan turli signallar qabul qilinadi, ular analiz va sintez qilinib, turli reaksiyalar bilan javob qaytariladi. Nerv tizimini nerv hujayralari va nerv tolalari tashkil qiladi. Nerv hujayralari neyron deb ataladi. Neyronlar katta kichikligi va shakli jihatidan har xildir. Har bir neyronning tanasida bir talay kalta shoxlangan o'simtalar-dendritlar va bitta shoxlaimiagan uzun o'simta - akson bor. . Nerv sistemasining tuzilishi Nerv hujayralari va dendritlari to'planib kulrang moddani, uzun o'simta akson esa maxsus miyelin pardasi bilan qoplanib oq moddani hosil qiladi. Nerv sistemasi markaziy (bosh va orqa miya), periferik (chetda joylashgan), qismlarga bolinadi. Markaziy nerv sistemasida nerv hujayralari (neyron tanalarining) markazlari bor. Nerv sistemasining periferik qismi asosan nervlardan, ya'ni tolalar bogiamidan iborat. Periferik nevr tizimiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar, hamda umurtqa pog'onasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv tugunchalari kiradi. Vegitativ nerv sistemasining joylashish markazlari. Parasimpatik: 1) o'rta va uzunchoq miyadan chiqib:Bosh va yuz sohasiga boradi, 2) dumg'azadan chiqib:chanoq bo'shlig'idagi organlarga boradi. Simpatik: Birinchi ko'krak sigmentidan to uchinchi belgacha boradi. Ichki organlargacha etadi. Nerv tolalarining tuzilishi va xususiyatlari Parda bilan qoplangan nerv hujayralari o'simtasi nerv tolasi deyiladi. Nerv tolalari turli yo'g'onlikdagi tutamlarni hosil qiladi. Nerv tolalarining shunday to'plami nerv deb ataladi. Nerv tolalari miyelinli va miyelinsiz bo'lib, miyelinsiz nerv tolalari faqat shvann qavat bilan qoplangandir. Markazdan qochuvchi, markazga intiluvchi va aralash nervlar birbiridan tafovut qilinadi. Markazga intiluvchi nervlar impulsni - sezgi organlaridan nerv sistemasining markaziy bo'limiga o'tkazadi. Bu nervlar sezuvchi nervlar deb ham ataladi. Bu nervning tarmoqlangan joyi - retseptor deyiladi. Markazdan qochuvchi nervlar impulsni markazdan periferiyaga, ishchi organga o'tkazadi- harakatlanuvchi nervlar deb ham ataladi. Bu nervning oxirgi tarmog'i - effektor deyiladi. Aralash nerv impulsni ikki yo'nalishda ham o'tkazaveradi. Ayrim neyronlarning bir-biriga tutashadigan joyi sinaps deb ataladi. Bitta nerv ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:27:06
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.06 MB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:27 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.06 MB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: pptx