O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus ta'lim vazirligi Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Fan: Kreativ fikrlash Mavzu: Noodatiy fikrlash(qutichadan tashqarida fikrlash) Mustaqil ish Reja: Noodatiy fikrlashning mazmun va mohiyati. Noodatiy fikrlashni shakllantirish. Noodatiy fikrlash usullari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar Noodatiy fikrlash va uning mazmun-mohiyati, shakllantirish, shuningdek Noodatiy fikrlash usullaridan samarali foydalanish qoidalari va usullari haqida tasavvur va bilimga; Noodatiy fikrlash foydalanishni shakllantirish va takomillashtirish, berilgan muammolarni noodatiy fikrlash orqali yechim berish, tahlil qilish, tavsiflash ko'nikmalariga; Noodatiy fikrlash jarayonini qo'llash va noodatiy fikrlash usullardan foydalanish malakasiga ega bo'ladi. Noodatiy fikrlashning mazmun va mohiyati Noodatiy fikrlash - bu ixtiyoriy vaziyatdan chiqish maqsadida noizchil va hatto, mantiqsiz usullar orqali noodatiy, yangi, eng ma'qul qarorlarni izlab topa olish qobiliyatidir. Noodatiy fikrlash kishilarning odatiy fikrlash tarziga nomuvofiq, g'ayrioddiy fikrlashi, noodatiy usul va yo'llar bilan xulosalar chiqarishi; vaziyatdan chiqishning hatto g'ayritabiiy, ammo eng maqbul muqobillarini izlab topish, masalalar va hodisalarga nisbatan har doim ijodiy fikrlash orqali yondashish ko'nikmasidir. Har qanday kuchli iqtidor egasi noodatiy fikrlash tarzi mahsulidir. Odatiy fikrlash tarzi kishidagi iqtidorni yuzaga chiqarmaydi, uning ijodiy, intellektual va ilmiy salohiyatining rivojlanishiga tao'sqinlik qiladi. Oqibatda, qanchalik iqtidor va salohiyat egasi bo'lmasin, odatiy fikrlash tarziga ko'nikkan inson nari borsa boy informatsion bazaga ega bilimli o'quvchi yoki xodimdan nariga o'ta olmaydi. Noodatiy fikrlay olish yaxshi xislat. Noodatiy fikrlovchi kishi o'z faoliyatida va oldingi natijalarda ham qoqilmaydi. U o'zigacha hech kim qo'llamagan, boshqalar uchun g'ayrioddiy va mantiqsiz tuyulgan yangicha yo'llar, metodlar va usullarni qidiradi. U faqat kelajak bilan yashaydi. Butun taraqqiyot shunday kishilar hisobiga amalga oshadi. Biroq bunday kishilar kamdan-kam uchraydi. Barcha insonlar ma'lum ma'noda noodatiy fikrlashga ega bo'lishi mumkin: ijodiy fikrlash; kreativ fikrlash; yangi g'oyalarni o'ylab topish imkoniyati; noodatiy qarorlarni o'ylab topish qobiliyati. Noodatiy fikrlashni shakllantirish Bugungi kunda noodatiy fikrlash haqidagi ko'plab tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bizning tafakkurimiz fikrlash shablonlarini yaratishga mos tuzilgan (ustidan suv quyilayotgan qumni tasavvur qiling: dastlab suv kichik maydon bo'ylab sizadi, keyin esa chuqurcha hosil qiladi va unda yig'ila boshlaydi. Inson miyasida ham xuddi shu kabi jarayon sodir bo'ladi: ma'lumotlar, tajribalar - bu o'z ortidan iz qoldiruvchi suv, chuqurcha - bu fikrlash shabloni). Shablonlar ikki omilga - insonning qabul qilishi va tajribasi ko'ra hosil bo'ladi. Shablonlar hayotimizni muhofaza qilgan holda tezkor qarorlarni topishimizuchun zarurdir. Ular tez va mustahkam holda yaratiladi va kundalik masalalar yechimida ko'mak beradi. Gulni ehtiyotkorlik bilan uzishni o'rganish uchun bir marta uning tikanidan ozor chekish kifoya. Shablonlar kreativlikni ifodalamaydi. SHablonlar asosida fikrlovchi kishi hech qanday o'ziga xos narsa yarata olmaydi. YAngilik ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:27:06
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
393.25 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:27 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
393.25 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: pptx