Nutq rivojlanishi haqida mulohazalar

Nutq rivojlanishi haqida mulohazalar

O'quvchilarga / Psixologiya
Nutq rivojlanishi haqida mulohazalar - rasmi

Material tavsifi

Nutq rivojlanishi haqida mulohazalar Nutqni rivojlantirish metodikasi til, nutq, nutqiy faoliyat. Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish. Ilk bolalikdagi nutq rivojlanishining ikki davri. Til - bu ijtimoiy hodisadir. Til tafakkur bilan monand bog'langani holda ongni shakllantiradi. Nutq va tafakkur o'rtasidagi bog'liqlik nafaqat psixologik jarayonlarning chuqur bosqichlarida, balki ijtimoiy hodisalar darajasida ham namoyon bo'ladi. So'zning insonga, uning xulq-atvoriga ko'rsatadigan ta'siri barchaga yaxshi ma'lum. «Garchi til bilan tafakkur bir-birisiz yashay olmasa ham ular o'zida aynan bir hodisani ifodalamaydi. Tafakkur - obyektiv borliqning intihosi, til esa - ifoda usuli, fikrni boshqa kishilarga berish va mustahkamlash vositasi. So'z bilan tushuncha dialogik tarzda bir-birini taqozo etadi. Bola hayoti kattalarning hayoti va faoliyatiga qo'shilib ketgan. Lekin shunga qaramasdan, ayni paytda bola ularga ta'sir ko'rsatishning o'ziga xos insoniy vositalarining birontasiga ham ega emas. Bu esa rivojlanishning ushbu bosqichidagi asosiy irsiy (genetik) vazifani, ya'ni kichkintoylarda kattalar bilan muloqot qilishning metod va vositalarini shakllantirish vazifasini belgilab beradi. Emotsional-vositasiz muloqot ushbu yoshdagi asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Bolani ajratib qo'yish, kattalar bilan emotsional aloqalarning kamligi bola hayotining birinchi oylaridan boshlaboq uning yetarli darajada rivojlanmasligiga olib kelishi mumkin. Go'daklik yoshida bolaning ayniqsa kattalar bilan muloqoti jadal rivojlanadi, dastlabki mehr qo'yish shakllanadi, ijtimoiy kutishlar vujudga keladi (bola kattalardan muayyan hayotiy vaziyatlarga mos keluvchi harakatlarni kutadi), bola bilan kattalar o'rtasidagi sherikchilikning ilk ko'rinishlari shakllana boshlaydi. Bola o'zining qo'lidan hali hech narsa kelmasa-da, biroq kattalarning harakatlarini boshqarishni o'rganadi. Bu hol unda nutqning hali mavjud emasligidan qat'i nazar, ro'y beradi. Uning ixtiyorida faqat ovoz munosabatlari va imo-ishoralargina mavjud. Dastlabki so'zlar emotsional ifodaliligi, vaziyatga mosligi va kommunikativ yo'naltirilganligi bilan ajralib turadi. Bunday nutq avtonom yoki vaziyatga oid nutq deb ataladi, u faqat bola atrofidagi muhit bilan yaxshi tanish bo'lgan yaqinlarigagina tushunarlidir. So'zni dastlabki tushunish muayyan vaziyatni qabul qilish bilan uyg'unlashgandir. Ilk so'zlar muayyan narsalarga taalluqli bo'lib, umumlashtiruvchi xususiyatga ega emas (soat deganda faqat devorda osilib turadigan soatlar tushuniladi). So'z bola xulqining umumiy ko'rinishidan joy oladi va u imo-ishora, qo'l harakatlari, qarash-nigohlar, ifodali vositalar bilan birgalikda bir so'zli fikrni bildirishga olib keladi («Xayr», «Ber», «Ol»). Bir yoshdan uch yoshgacha bo'lgan davrda bola rivojlanishiga oid ijtimoiy vaziyat sezilarli darajada o'zgaradi. O'z yaqinlari bo'lmish kattalar bilan birgalikda bolaning muloqot doirasiga birinchi navbatda kichkintoyning diqqat-e'tibor va g'amxo'rlikka bo'lgan ehtiyojini qondirishi lozim bo'lgan boshqa kattalar (maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari, tarbiyachi yordamchisi) ham kirib kela boshlaydilar. Bunday sharoitda ilk yoshdagi bolalarda kattalar bilan narsalar, o'yinchoqlar va ular bilan bajarilishi lozim bo'lgan harakatlar xususida muloqot qilishga ehtiyoj oshadi. Bolaning o'ziga-o'zi baho berishi emotsional jihatdan yorqin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 419.16 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:47 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 419.16 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga