Nutqning temp-ritm tomoning buzilishlariga ega bolalar shaxs va shaxslararo munosabat xususiyatlari Shaxs haqida tushuncha Shaxs haqida ta'rif berishganda, rus psixologi S.Y. Rubinshteyning fikrlariga to'xtalmoq kerak. Olimning ta'kidlashicha, odam o'zidagi takrorlanmas xususiyatlarga ko'ra individualdir. Odam o'z atrofidagilarga, borliqqa bo'lgan ongli munosabati, uning biror bir faoliyat bilan shug'ullanishi esa uning shaxs ekanligidan dalolat beradi. Shaxs odamning atrofiga bo'lgan munosabatlarini va o'z-o'ziga bo'lgan munosabatini belgilaydi Odamning atrof-muhitga bo'lgan munosabatlari uning dunyo qarashida, ishonchlarida va boshqalarga bo'lgan munosabatlarida eng muhimi, uning faoliyatida ifodalanadi. Demak, shaxs - bu ongga ega bo'lgan, ma'lum ijtimoiy- iqtisodiy formatsida yashaydigan, ma'lum bir faoliyat bilan shug'ullanadigan odam individir. Shaxs o'zini anglash xususiyatlariga ega. Katta yoshli odam atrofdagi hayotni bilish va bo'layotgan voqea-hodisalarni baholash bilan cheklanmay u o'zligini anglab, o'z xulqini, rejalarini, faoliyatini baholaydi. Shaxs o'z faolyatini boshqarish xususiyatiga ega. Agar bola bolalar jamoasida yashasa, unda o'z nuqsonini kompensiya qilish maqsadida o'zidan kichik yoshdagi bolalar bilan muloqat qiladi va ular ichida yetakchi rolini o'ynaydi. Shuningdek ular o'z nuqsonlarini o'zlari bajara oladigan faoliyat hisobiga kompensiya qilishga harakat qiladilar. Bu guruh bolalarida hissiy-iroda sohalarida ham kamchiliklar kuzatiladi. Ayrim bemorlarda bu kamchiliklar ruhiyatini yemirishi, tormozlanganlik holati, qo'rquv, kayfiyatining tez-tsz o'zgarishi kabilarda namoyon bo'lsa, ayrimlarda ko'zg'aluvchanlikni ortishi, asabiylashganlik, yig'loqilik atrofdagi odamlarga va muxmtga nisbatan norozilik xislatlarida aks etsa, yana boshqalarda atrofdagi voqea - hodisalarga va odamlarga befarqlik, (apatiya) irodasizlik kabi xislatlarda ko'zga tashlanadi. Bu barcha kamchiliklarning asosini bosh miya ovoz a'zolarining buzilishlari tashkil etadi. O'qish va yozuv nuqsonlariga ega bo'lgan bolalar kamchiliklarini ikki guruhga ajratish mumkin: Involyusiya (o'qishga qiziqishning yo'kligi, qo'rquv, sustlik, o'z-o'zi bilan bo'lish, asabiylik, tarbiyasizlik, ovqatlanish buzilishi, siydik ushlay olmaslik); Faol kompensiya (qaysarlik, gapga kirmaslik, agressivlik). Bir necha farzandli ota-onalar bunday farzandlarini boshqalari bilan solishtirib, ularga nisbatan qo'pol munosabatlarda bo'ladilar, bu esa bolalarning xarakteriga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Dizartriyada shaxs xususiyatlari Nuqsonli bolalar o'z nuqsonini qay darajada ekanligini anglash va uning oqibatlarini ko'ra bilish darajasiga ko'ra iztirob chekadilar. Intellekti va motorikasi qo'pol buzilgan bolalar ko'proq o'z nuqsonlaridan iztirob chekadilar. Bolani o'z kuchiga ishonchsizlik tuyg'usi va xulqidagi o'zgarishlar ko'proq darajada bolaning nuqsoniga nisbatan ota-onalar va yaqin karindoshlarining munosobatlariga bog'liq. Ota-onalar bolaning o'rniga barcha ishlarni bajarishga harakat qiladilar va buning oqibatida bolada tobelik boqimandalik xislari uyg'onadi va u o'zgalar yordamisiz biror bir faoliyatni bajara olmaydilar. Bola o'z faoliyatiga ehtiyoj sezmaydi. Ayrim hollarda ota-onalarda, atrofdagi odamlarda bolalarga nisbatan negativ munosabatlar shakillanadi. Alaliyada shaxs xususiyatlari Ko'p hollarda alaliyaning og'ir ko'rinishlari aqli zaiflik bilan almashtiriladi, bunda nutq bilan birgalikda bolaning ruhiy rivojlanishi orqada qoladi. Agar bunday nutq nuqsoni oligofreniya ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:27:06
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
8.17 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:27 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
8.17 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: pptx