Oilaviy munosabatlar psixologiyasini o'rganishdagi asosiy vazifalar Oila psixologiyasi kursning vazifalari quyidagilardan iborat: Oilani shaxsning shakllanishidagi roli haqida yoshlarda to'laqonli tasavvur shakllantirish. YOshlarni oilaning ijtimoiy tarixiy kelib chiqishi va yuzaga kelganidan so'ng oilaviy hayot davomida bo'ladigan o'zgarishlar haqidagi ilmiy asoslangan bilimlar bilan tanishtirish. YOshlarda oilaviy hayotda mazkur muqarrar ravishda bo'ladigan o'zgarishlar, muammolar, qonuniyatlar haqidagi ilmiy asoslangan to'laqonli tasavvurni shakllantirish va ularni bu jarayonlarga tayyorlash. YOshlarni oilaviy hayotda yuzaga keladigan muammolarga konstruktiv tus berishga, destruktiv yo'nalishdagilaridan esa saqlanishga o'rgatish. YOshlarda oilaviy hayotni o'ziga xos xususiyatlarni ilmiy asoslangan tarzda talqin etib, muammoli vaziyatlardan psixologik jihatdan oqilona (oilaga va uning mustahkamligiga salbiy ta'sir yetmagan holda) chiqish imkonini beruvchi malakalarni shakllantirish. YOshlarda ulariga turmush o'rtog'ini to'g'ri tanlash malakalarini shakllantirish. YOshlarni oiladagi muloqotga tayyorlash. YOshlarni oilani rejalashtirishga o'rgatish. YOshlarni jinsiy hayotga ilmiy asosda tayyorlash. YOshlarda oilaning mustahkamligini ta'minlovchi bilim va malakalarni shakllantirish. O'quvchilarga oilani o'rganuvchi psixologik tashxis metodikalari bilan ishlash va ular yordamida olinadigan natijalarni to'g'ri talqin etish malakalarini shakllantirish. Oila ijtimoiy-tarixiy yaxlitlik sifatida. Hozirgi zamon oilalarining psixologik tipologiyasi va ularning funksiyalari Oila uni xarakterlovchi turli mezonlarga ko'ra quyidagilarga farqlanadi: 1. To'likligiga ko'ra: to'liq, noto'liq va qayta tuzilgan (ikkinchi nikoh) oilalar. 2. Bug'inlar soniga ko'ra: nuklear (ota-ona va bolalardan iborat bo'lgan) va ko'p bo'g'inli (ikki va undan ortiq avloddan iborat oila a'zolari birga yashovchi) oilalar. 3. Bolalar soniga ko'ra: farzandsiz, bir bolali, ikki bolali, 3-4 bolali, 5 va undan ortiq bolali oilalar. Turli mamlakatlarda bu mezonlar turlichadir. Masalan, AQSH, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda 3-4 bolali oilalar ko'p bolali oilalar hisoblanadi. O'zbekistonda bunday oilalar farzandlar soni o'rtacha bo'lgan oilalar sarasiga kiradi. 4. yer-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga ko'ra: ishchilar, dehqonlar, xizmatchilar, ziyolilar oilasi, aralash tipdagi oila. 5. yer-xotinning ma'lumot saviyasiga ko'ra: oliy ma'lumotlilar, o'rta-maxsus, o'rta, tugatilmagan o'rta, maxsus yordamchi maktab ma'lumotiga, va turli saviyadagi ma'lumotga ega bo'lgan qaylikdardan tashkil topgan oila. 6.Oilaning «yoshiga» kura: yosh oila (1 yilgacha, 3-5 yillik, 6-10 yillik turmush tajribasiga ega bo'lgan oilalar), o'rta yoshdagi oila, yetuk yoshdagi oila (qariyalar oilasi). 7. Qayliklarning ota-ona oilasi (ota-onasi)ning moddiy ta'minlanganlik darajasi jihatidan quda larning bir-biriga mos ekanligi yoki ular orasyda katta tafovut mavjudligi bo'yicha bir-biriga mos va mos bo'lmagan oilalar. 8. Regional jihatlariga ko'ra: shahar, qishloq, ara- lash tipdagi oila. 9. nikohdan koniqkanlik saviyasiga ko'ra. ajralish saviyasida -nikohdan qoniqqanlik darajasi quyi saviyada bo'lgan oila, o'rta saviyada va nikohdan qoniqqanlik darajasi yuqori saviyadagi oila. 10. Oilada ayol yoki erkak yetakchiligiga ko'ra: yer yetakchi bo'lgan oila, xotin yetakchi bo'lgan oila, yer va xotin yetakchilikni ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:27:06
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
106.3 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:49
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:27 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
106.3 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:49 ]
Arxiv ichida: pptx