Oila psixologiyasining bugungi istiqbollari mavzusini o'qitish texnologiyasi

Oila psixologiyasining bugungi istiqbollari mavzusini o'qitish texnologiyasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Oila psixologiyasining bugungi istiqbollari mavzusini o'qitish texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi QARShI DAVLAT UNIVYeRSITYeTI MALAKA OShIRISh VA QAYTA TAYYoRLASh MARKAZI UMUMTA'LIM FANLARI kafedraSI Amaliy psixologiya yo'nalishi malaka oshirish kursi tinglovchisi Oila psixologiyasining bugungi istiqbollari mavzusini o'qitish texnologiyasi MALAKAVIY IShI Mavzu: Oila psixologiyasining bugungi istiqbollari mavzusini o'qitish texnologiyasi MUNDARIJA I-BOB OILA PSIXOLOGIYaSINING BUGUNGI ISTIQBOLLARI MAVZUSINI O'QITISh TYeXNOLOGIYaSINING DOLZARB MUAMMOLARI 1.1. Oilada psixologiyasining bugungi istiqbollari mavzusini o'qitishning nazariy va amaliy ahamiyati. 1.2. Oilaviy munosabatlarni mustahkamlashning ijtimoiy-psixologik jihatlari II-BOB. OILA PSIXOLOGIYaSINING ISTIQBOLIGA DOIR INNOVATSION PYeDAGOGIK TYeXNOLOGIYaLAR 2.1. Oilada yer-xotin munosabati, oilaning istiqbolli bo'lish asosidir 2.2. Oila psixologiyasining bugungi istiqbollari mavzusini yoritishdagi interfaol usullar to'plami Xulosalar Foydalanilgan adabiyotlar KIRISh Malakaviy ishning dolzarbligi. O'zbekistonda oila yuksak qadriyat hisoblanib, doimo ezozlanib kelingan. Ayniqsa mustaqillik yillarida oila muammolari va oila tarbiyasini tashkil etishda samaradorlikka erishish masalalarining tadqiq etilishiga davlat siyosati darajasida ahamiyat berib kelinmoqda. Bu avvalo oila institutining jamiyatimizda yuksak darajada qadrlanishi bilan izohlanadi. Oilaga doir masalalar hukumatning bir qator me'yoriy hujjatlari va qabul qilingan Davlat Dasturlari mazmunida o'z aksini topgan. Oila - har bir shaxsda ilk yoshligidan boshlab shakllanadigan insoniy fazilatlar, ezgu-istaklar, qadriyatlar takomil topadigan va xalqning ma'naviy merosi ravnag'ini taminlovchi tarbiya maskanidir. Shaxsdagi halollik, rostgo'ylik, or-nomus, sharmu-hayo, mehru-oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllanadi. Oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo'l qo'ymaslik uchun avvalo har qaysi xonadondagi ma'naviy iqlimni o'zaro hurmat, axloq-odob, insoniy munosabatlar asosiga qurish ayni muddao bo'lur edi. Oiladagi sog'lom muhit sog'lom mafkurani shakllantirishning eng muhim manbaidir. Oiladagi hayotni oila a'zolari o'rtasidagi o'zaro munosabatlar tashkil qilishini hisobga oladigan bo'lsak, uni sof psixologik jarayonlar maskani ham deb atash mumkin. Bu munosabatlarning boshlang'ich nuqtasi bu- yer-xotin munosabatlaridir. Bu ikki inson o'rtasidagi o'zaro munosabat va his-tuyg'ular nafaqat bir butun oilaning, balki jamiyatning ham tinchligi va barqarorligiga ta'sir qiluvchi omil hisoblanadi. Zero, I.A.Karimov takidlaganidek, Oila sog'lom ekan - jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan - mamlakat barqarordir. Yuqorida keltirilgan fikrlardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o'zgarib borayotgan qadriyatlarga munosabatning dastlabki o'chog'i oila bo'lib, aynan uning muhiti yer-xotinlik munosabatlarining xarakteri oilada shakllanayotgan bolada o'zlashtiriladigan ijtimoiy tajribaning asosi hisoblanadi. Shunday ekan, bo'lajak psixologlarni oilada yer-xotinlik munosabatlari haqidagi ma'lumotlar, yer-xotinlar o'rtasidagi ijtimoiy-psixologik muammolarni hal etishga doir bilimlar bilan qurollantirish nafaqat ilmiy-amaliy, balki ma'naviy va mafkuraviy ahamiyat kasb etadi. Malakaviy ishning maqsadi. Oila psixologiyasining bugungi istiqbollari mavzusini o'qitish texnologiyasining nazariy va amaliy masalalarini tadqiq etish, mavzu yuzasidan innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning imkoniyatlarini yoritib berish Malakaviy ishning vazifasi: Oila psixologiyasining istiqbollari haqida ma'lumotlari ijtimoiy-psixologik jihatlarini yoritish, pedagogik texnologiyalardan foydalanish jarayonida interfaol metodlarni ko'rsatib berish va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.05 MB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.05 MB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga