OIla tuzilishi va oilaviy o'zaro munosabatlar turlari Oila - eng avvalo rivojlanuvchi tuzilma bo'lib, unga yoshga oid qonuniyatlar xosdir. Chunki oila a'zolari yillar o'tgani sari rivojlanadi, yetuklikka erishadi, qariydi, shu bois ham oila doimiy o'zgarish va rivojlanishlarni boshidan kechiradi. Oilaning tarkibiy tuzilmasi ham ilmiy jihatdan muhim bo'lib, uni eng avvalo alohida individlar tashkil etadi. Alohida individ o'z xohish-istaklari, ehtiyojlari, motivatsiyasi, hayotiy maqsad-muddaolariga ega dastlabki avtonom birlikdir. yer-xotin tizimi oiladagi yer va xotindan iborat bo'ladi. Erkak va ayol qovishuvidan boshlanadigan bu tuzilma aslida butunlay bir-biridan farq qiluvchi qadriyatlar, qarashlar, kutishlar va e'tiqodlardan tarkib topadiki, agar ularning har biri o'zaro muloqot jarayonida bir-birlarini bilgani sari o'z qarashlari, xatti-harakat me'yorlari, odat va qiliqlaridan qisman bo'lsa-da, voz kechmas ekan, oilaviy birlik ro'y bermaydi. Ota-onalar tuzilmasi har doim ham yer-xotinlikni nazarda tutmaydi, zero, uni yolg'iz momo, xola yoki to'ng'ich farzand ham tashkil etishi mumkin. Ota-onalar eng avvalo oilaning xavfsizligi, unda samimiyat muhitining bo'lishi, tarbiya jarayonlarining qanday kechishiga javobgardir. Ular shu oiladagi barcha farzandlarning kelajagini, kerak bo'lsa, juda yaxshi kamol topishi uchun o'z bilim va tajribasini safarbar etadigan insonlardir. Aka-opa-ukalar tuzilmasi - oilada farzandlarning hayotni o'rganishlari, bir-birlarini tushunishlari bazan tortishib, bazan do'stona muomalani yo'lga qo'yishlari juda muhimdir. Odatda oilada shakllangan va sayqal topgan aka-uka, opa-singilchilik munosabatlari keyinchalik do'stlar, hamkasblar, raqiblar bilan bo'ladigan murakkab o'zaro munosabatlarni yo'lga qo'yish uchun zarur bo'ladi. Muammoli oilalar deb, Minuxin oila ichidagi mavjud tuzilmalar o'rtasidagi munosabatlarning buzilishini tushunadi. Masalan, pa-de-de tipidagi oila (fransuzcha pas de deux - ikki kishi raqsi manosini bildiradi) odatda faqat ikki kishidan iborat bo'lib, bunday oilada farzand bo'lmaydi. Yoki farzandlari allaqachon uchirma qilingan bo'lib, ota-ona xonadonini tark etgan bo'ladi. Bu kabi oilalardagi o'zaro munosabatlar anchagina tarang bo'lib, aksariyat holatlarda bunday kechinmalar vaqtincha xarakterga egadir. Ko'p farzandli oila (choriq tipli oila) munosabatlar tizimi serqirra bo'lgan oiladir, unda bazan, farzandlarning to'ng'ichi ota-onalarday yuqori pog'onaga ham ko'tarilib qoladi. Bunday oiladagi munosabatlarning yaxshi bo'lishi uchun ota-ona har bir oila azosining vazifalari va oiladagi maqomlarini aniq tasavvur qilib, bo'lib berishi, to'ng'ich bola bilan kichiklar o'rtasidagi muomala qoidalarini bolalikdan bir maromda yo'lga qo'yilgan bo'lishi talab etiladi. Bu yerda ota-ona tuzilmasi, yani, ota-onaning mavqei, obro'si kuchli va yetakchi bo'lishi shart. Distant oila yoki akkordeon tipidagi oilada a'zolardan kimdir, bu ko'p hollarda ota - u yoki bu sababga ko'ra oila a'zolari bilan kam ko'rishadi (uzoq muddatli safardagi dengizchi, harbiy xizmatchi, geolog, neft qazuvchi kabi). Ota bunday holatlarda o'zaro muomala jarayonlarida yo jismonan mavjud shaxs sifatida yoki ramziy tarzdagi ota sifatida ishtirok etadi. Noto'liq oila - bazan ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:27:06
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
234.28 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:50
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:27 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
234.28 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:50 ]
Arxiv ichida: pptx