Oilada bola tarbiyasining ijtimoiy - psixologik xususiyatlari

Oilada bola tarbiyasining ijtimoiy - psixologik xususiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Oilada bola tarbiyasining ijtimoiy - psixologik xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Oilada bola tarbiyasining ijtimoiy -psixologik xususiyatlari M U N D A R I J A KIRISH I BOB. OILANING MILLIY XUSUSIYATLARI 1.1. O'zbek xalqining etnopsixologik xususiyatlari. 1.2. O'rta Osiyo mutafakkirlarining axloq, odob va oila haqidagi qarashlari. II BOB. OILADA BOLA TARBIYASINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. 2.1. Oilada bola tarbiyasining psixologik - pedagogik tomonlari 2.2. O'zbek oilasining tuzilishi va shaxslararo munosabatlar 2.3. Bolada axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirishda oilaning roli XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Farzandini har tomonlama kamol topgan haqiqiy inson qilib tarbiyalash har bir ota - onaning ezgu niyatidir. Chunki, aqlan va axloqan barkamol bo'lgan kishi ona yurti oldidagi xizmatlari uchun doimo xalq orasida hurmat e'tiborda bo'lgan va e'zozlangan. Shu bois o'zbeklar insoniylik fazilatlari poydevorining faqatgina oilada qo'yilishini, ya'ni odob - axloqning avvali oiladan boshlanishini azal - azaldan sezishgan va oila tarbiyasiga alohida e'tibor bilan qarashgan. Inson dunyoga kelishi bilanoq voqeylikdagi narsa va hodisalar bilan o'zaro munosabatga kirisha boshlaydi. Odamning qanday shakllanishi narsa va hodisalarning, avvalo qaysi tomonini (yaxshi - yomon, ijobiy - salbiy, foydali - zararli, va boshqalar) o'zlashtirishiga ko'p jihatdan bog'liqdir. Shunga ko'ra dastlab ota - onalar bolada insonning ko'rki va ziynati hisoblangan o'zbek xalqiga xos bir qator noyob xislatlarga: rostgo'ylik, inoqlik, tantilik, vijdonlilik, mehmondo'stlik, ota - onalar va kattalarga hurmat, samimiylik, qadr - qimmatni saqlash, mehr - oqibatli bo'lish, o'zaro yordam kabi yaxshi fazilatlarga havas, yomon illatlarga esa nafrat uyg'otib borishlari alohida ahamiyatga ega. Buning uchun ajdodlarimizdan meros bo'lib qolgan bola tarbiyasiga bog'liq milliy qadriyatlarimizdan oqilona foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bola tarbiyasi va uning yetuk shaxs sifatida shakllanishida oilaning roli nihoyatda kattadir. Oilada bolaning aqliy faoliyati kamol topadi, dunyoqarashi, tafakkuri shakllanadi, kishilarga nisbatan mehr - oqibat hissi tarbiyalanadi. Bolaning bilimi, qobiliyati va malakalarining shakllanishi aynan oila va oilaviy tarbiyaga bog'liqdir. Muxtaram Prezidentimiz I.Karimov Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir nomli asarida shunday deydi: ,,Odamzod dunyoda juda ko'p kasbu hunarning egasi bo'lishi mumkin. Quruvchi, dehqon, bog'bon, shoir, olim bo'lib nom qozonish, mol - mulk orttirish mumkin. Lekin, Alloh taolo insonga ato etgan eng katta boylik, eng ulug' burch borki, uni dunyodagi hech bir narsa bilan qiyoslab bo'lmaydi. Bu farzand ko'rib, ota bo'lish, ona bo'lish baxtidir. Bu faqatgina baxtu saodat emas, balki yaratganning oldida, elu yurt oldida juda katta mas'uliyat ham demakdir. Har bir oqil insonning va jamiyatimizning muqaddas vazifasi, aytish mumkinki, hayotining ma'nosi qobil farzandlar o'stirish, ularni ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, kamolini ko'rish, ota - onasiga, vataniga sadoqatli kishilar etib voyaga etkazishdan iboratdir. Ajdodlarimiz o'z ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 75.96 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 75.96 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga