Oilaviy nizolar profilaktikasi va ularni boshqarishning psixologik asoslari. Suitsid va uni oldini olish yo'llari

Oilaviy nizolar profilaktikasi va ularni boshqarishning psixologik asoslari. Suitsid va uni oldini olish yo'llari

O'quvchilarga / Psixologiya
Oilaviy nizolar profilaktikasi va ularni boshqarishning psixologik asoslari. Suitsid va uni oldini olish yo'llari - rasmi

Material tavsifi

Oilaviy nizolar profilaktikasi va ularni boshqarishning psixologik asoslari. Suitsid va uni oldini olish yo'llari Oila institutidagi salbiy o'zgarishlarning ta'siri 13 qotillik oilada Odamning eng oliyjanob, eng jirkanch intilishlari uning biologik xususiyatlariga bog'liq emas, tabiatning unga bergan inomi ham emas: ular ijtimoiy jarayonning oqibatlaridir. Erix Fromm Turli davlatlarda turlicha o'rta hisobda jamiyatdagi 25%-30% qotillik oilada sodir bo'ladi. O'zbekistonda (2018 yilda elon qilingan ma'lumot Sh.M.Mirziyoev) 25% og'ir tan jarohati oilada olingan. Suitsidni sodir bo'lish sabablari ichida oiladagi psixologik muhitni nosog'lomligi birinchi o'rinda, nasliy psixiatrik nosog'lomlik esa 30% ni tashkil qiladi. Jizzax viloyatining 2014 yil to'liq va 2015 yil 11 oy (1 dekabrgacha) ma'lumoti Nizolar va ularning asoratlarini oldini olish yuzasidan tavsiyalar 1. Nizosiz oila va oilaviy hayot bo'lmasligini oldindan har bir yosh bilishi shart, ammo nizo o'tida oila baxtini kuydirmaslik lozim. 2. Nizoga konstruktiv yo'nalish berish, yani nizo oilani mustahkam bo'lishiga xizmat qilishi lozim. 3. Nizo jarayonida nizo predmetidan chetga chiqmaslik, eski, ilgari o'tgan narsalarni eslamaslik, oila a'zolarini, yaqin kishilarini tilga olmaslik, turmush o'rtog'ini oila a'zolari haqida tanqidiy fikr bildirmaslik va boshqa bir qator psixologik qoidalarga qatiy amal qilish lozim. 4. Nizo qilayotgan kishingizni shaxsidagi ijobiy sifatlarini tez-tez tilga olish, unga nisbatan mehringiz kuchliligini aytib o'tish lozim. 5. Nizoni bartaraf etishda aqlli, tajribali kuchli, mard shaxs birinchi qadam bosadi va tinchlik mehr qo'lini cho'zadi. Zaif shaxslar bunga qodir emas. Shu sababli kim oilada yetakchi bo'lsa o'sha nizoni oson va tez bartaraf etadi. Oiladagi nizoni sunami, kuchli zilzilaga aylantirmaslik, aksincha ozgina yomg'ir yog'gandan so'ng azon moddasiga to'yingan, toza havo bo'lgani kabi nizodan so'ng oradagi mehrni yana kuchayadigan tarzda yakunlash lozim. 6. Oilaviy hayot faqat baxtli daqiqalardan iborat bo'lmay shaxsni aqli, qalbi, irodasi, sabr-chidamliligi, fahm-farosati, axloq-odobi, muloqot madaniyati, nutq madaniyati, mas'uliyati, erkak va ayolga, ota-onalarga bo'lgan hurmati va shaxsning boshqa bir qator individual-psixologik xususiyatlarini sinovdan o'tkazadigan, bor yo'qligi hamda saviyasini aniqlaydigan, shaxsida borini shakllantiradigan o'ta muhim ijtimoiy-psixologik omildir. 7. Nizo qilishdan oson narsa yo'q. Buning uchun aql kerak emas. Nizoni oldini olish yoki unga konstruktiv yo'nalish berish shaxsdan aql va irodani talab qiladi. 8.Oilaviy nizolarda yengil elpi, mas'uliyatsiz, hissiyot asosida qarorlar qabul qilmang. Turmush o'rtoq tanlashda adashdim degan xulosani qilmang. 9. Nizoni bir necha kunga cho'zish, uzoq vaqt g'urur otiga minib gaplashmay yurish odatini qilmang va nizo asosida darxol ota-onangiznikiga ketish odatini qilmang. 10. O'zingizni turmush o'rtog'ingizni do'stlariga (alkogol, narkoman bo'lmasa) va uning xobbisiga qarshi qo'ymang. Do'stlari: Uylanding (yerga tegding) - odamgarchilikdan chiqding deyishlari uchun imkoniyat bermang. Nikohdan so'ng birinchi yil kuyov gapiradi kelin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 497.21 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:51 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 497.21 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga