Oilaviy nizolar, ajralish, uning sabab va oqibatlari Reja: yer-xotin o'rtasidagi nizolar Ota-onalar va farzandlar o'rtasidagi nizolar Qaynona-kelin o'rtasidagi nizolar Qaynona-kuyov orasidagi kelishmovchiliklar Ajralish va uning oqibatlari Nizoli vaziyatlar har qanday oilada u yoki bu darajada yuzaga keladi. Oila qanday bo'lishidan qat'i nazar nizolardan mutlaqo xoli (himoyalangan, kafolatlangan) bo'la olmaydi. Oilaviy nizolar turlari 1. yer-xotin o'rtasidagi. 2. Qaynona-kelin o'rtasidagi. 3. Qaynona-kuyov o'rtasidagi. 4. Ovsinlar o'rtasidagi. 5. Ota-onalar va farzandlar o'rtasidagi. Oilaviy nizolarda kimlar ishtirok etayotganiga ko'ra ularni quyidagicha asosiy turlarga ajratish mumkin: yer-xotin o'rtasidagi nizolar; qaynona-kelin o'rtasidagi nizolar; qaynona-kuyov o'rtasidagi nizolar; ovsinlar o'rtasidagi nizolar; ota-onalar va farzandlar o'rtasidagi nizolar. OTA-ONALAR VA FARZANDLAR O'RTASIDAGI NIZOLAR Bunday kelishmovchiliklar uchun zamin bo'lib quyidagilar xizmat qiladi. 1. Dunyoqarashlar orasidagi mavjud farqning hisobga olinmasligi. 2. Yoshlarning bo'sh vaqtini mustaqil tashkil etishi, do'stlar tanlashdagi mustaqilligi 3. Ota-onalar ichkilikka ruju qo'yishi yoki or-nomusni yig'ishtirib qo'yib, buzuqchilik qilishi. 4. Ba'zi bolalarni mehnat qilishga o'rgatilmaganligi va buning oqibatida yengil-yelpi hayot kechirishga o'rganib qolishi. 5. Ayrim yoshlarning farzandlik burchini unutib qo'yishi va hokazo. 6. Ota-onalarning psixologik-pedagogik bilim saviyalari yetarli darajada emasligi natijasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar. QAYNONA-KELIN O'RTASIDAGI NIZOLAR Oilaga yangi tushgan kelinlarning ko'pchiligi yuzaga keladigan ba'zi qiyinchiliklarni osonlik bilan yengib, kelinlik vazifalarini ko'ngildagiday eplab ketadilar, qaynonalarini ro'zg'or tashvishlaridan xalos qiladilar, tezda ularning mehriga sazovor bo'ladilar. Ba'zi qizlarda nikohgacha oilaviy hayotga, qaynonaga, qaynona-kelin munosabatlariga nisbatan salbiy tasavvur shakllangan bo'ladi. Ayniqsa, yoshlar qaynonani oldindan faqat salbiy qiyofa sifatida tasavvur qiladilar. Qaynona-kelinning dunyoqarashlari va uy-ro'zg'or tutishlari orasida kelishmovchilik paydo bo'ladi va keskinlashadi. Ikki avlodning dunyoqarashi, hayotiy tamoyillari o'rtasida tafovut bo'lishi tabiiy holdir. Shunday kelinlar bo'ladiki, ular na ovqat pishirishni, na kir yuvishni, na kattalar bilan muomala qilishni biladilar. Kelin kelinligining birinchi kunidanoq hamma narsani kerakligicha bilishi va katta tajribaga ega bo'lgan qaynonasi darajasida turishi juda qiyin ...
Oilaviy nizolar, ajralish, uning sabab va oqibatlari Reja: Oilaviy nizolar psixologiyasi. Oilada nizolar turlarini bilish. Ajralish, uning sabab, oqibatlari. yer-XOTIN NIZOLARI Oilaviy nizolarning eng xarakterlilaridan biri bu yer va xotin o'rtasidagi nizolardir. Xo'sh, eng ezgu niyatlar bilan, bir-birlarini sevib oila qurgan yoshlar nega oila qurishgandan keyin ularning o'zaro munosabatlarida nizo-janjallar ro'y beradi? Ular nima uchun urushadilar? Umuman yer-xotinlik hayotida nizolarsiz, urush janjallarsiz ham yashasa bo'ladimi? Bu kabi savollarni yana ko'p davom ettirish mumkin. Xalqimizda bir gap bor: Oshsiz uy bo'lishi mumkin, lekin nizosiz uy bo'lmaydi. Faqat, nizoning nizodan farqi bor. Bu haqda quyida batafsil to'xtalib o'tamiz. Haqiqatdan ham ilk bolalikdanoq ko'plab ertaklar eshitib, keyinchalik o'zlari ham ularni turli kitoblardan o'qib o'sgan yoshlar o'zlarining bo'lajak oilaviy hayotlarini adekvat tasavvur eta olishlari mushkul. Chunki ertaklarda ham, kinofilmlarda ham qahramonlar bir-birlariga etishgunlariga qadar ne ne mashaqqatlarni, zaxmatlarni boshlaridan kechirib, bu yo'lda duch kelgan qora kuchlarni engib, oxir-oqibatda visolga erishadilar, el-u yurtga «qirq kecha-yu, qirq kunäo'çlab to'y berib, murod maqsadlariga erishadilar». Deyarli barcha ertaklar, filmlar, ayniqsa bizning yoshlarimiz, qizlarimiz sevib toshmosha qiladigan hind filmlari, aksariyat hollarda shu tariqa yakunlanadi. Bunga sizlar ham ko'p martalab guvoh bo'lgansizlar. Bundan tashqari aksariyat muvaffaqiyatli oilalarda tarbiya topgan yigit - qizlar o'z ota-onasi oilasini, ularning turmush tarzini, bir-birlarga nisbatan bo'lgan o'zaro munosabatlarini va qator shu kabilarni o'zlarining bo'lajak oilaviy hayotlari uchun ideal deb olishadi va ular ham oila qurishganlaridan so'ng o'g'il bolalar xuddi o'z otasidek va qizlarimiz o'z onalaridek «ota», «ona», «yer», «xotin» bo'lishni orzu qiladilar. Chunki ular o'z ota-onalari misolida, bir-birlariga nisbatan salbiy munosabatda bo'luvchi, bir-birlari bilan nizolashib turuvchi yer-xotinlarni ko'rmaganlar. Mabodo bunday vaziyatlar va nizolar yuzaga kelib qolgudek bo'lsa ham, ularning ota-onalari bu holatni farzandlariga sezdirmaslikka harakat qiladilar. Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari orqali namunaviy ahil, baxtli oilalar haqida berib boriladigan materiallarda ham aksariyat hollarda yer-xotinlik munosabatlarini bir yoqlama, faqat yaxshi tomondan ko'rsatish an'analari mavjud. Bularning hammasi yoshlarda oilaviy hayot haqida bir yoqlama ijobiy tasavvurlarning shakllanishiga asos bo'ladi. Shunday ertakmonand tasavvurlar, orzular og'ushida oila qurgan yoshlar, o'zlarining oilaviy hayotlarida dastlabki muammolarga duch kelishlari bilanoq, ularning oilaviy hayotlari o'zlari kutganlaridek bo'lmayotganligi, turmush o'rtog'ini tanlashda «xato qilganligi», ular oldingi (to'ydan oldingi) holatiga nisbatan malum darajada (albatta) «salbiy» tomonga o'zgarib qolganligi kabilarni «tushuna» boshlaydilar. Shuningdek, yosh oilada yer-xotinlarning o'zaro munosabatlari rivojlanishining o'ziga xos qonuniyatlari, ayniqsa, yosh o'zbek oilasida uning etnik, hududiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yosh kelin va kuyovning yangi ijtimoiy sharoitlarga moslashishi jarayoni bilan bog'liq qiyinchiliklar yer-xotin munosabatlarida nizoli vaziyatlar va nizolarni yuzaga keltirishi mumkin. Afsuski, bunday jarayonlar deyarli ...