Oilaviy nizolar. Ajralish va uning sabab, oqibatlari. Oldini olish bo'yicha amaliy tavsiyalar

Oilaviy nizolar. Ajralish va uning sabab, oqibatlari. Oldini olish bo'yicha amaliy tavsiyalar

O'quvchilarga / Psixologiya
Oilaviy nizolar. Ajralish va uning sabab, oqibatlari. Oldini olish bo'yicha amaliy tavsiyalar - rasmi

Material tavsifi

Oilaviy nizolar. Ajralish va uning sabab, oqibatlari. Oldini olish bo'yicha amaliy tavsiyalar Assalomu-alaykum, hurmatli yurtdoshlar! Sir emaski, har bir yurtning buguni va kelajagi, Vatan taraqqiyoti, millat istiqboli tom manoda, mamlakat kelajagi bo'lmish yoshlarga, ularning ma'naviy, barkamol, sog'lom va aqliy kamoloti masalalariga bog'liqdir. Millatlar sharafini yuqori martabaga ko'taradigan narsa millionlar ila sanaladigan askarlar-u, dunyoda eng buyuk va zo'r bo'lgan kemalar emas, balki eng oz etibor beradiganimiz yo bo'lmasa, hech bir zamon etibor bermasdan qoladiganimiz - oiladir. Oila nizomsiz bo'lsa, uning yomon oqibati butun millatga ta'sir etadi va shu sababdan fazilat o'rniga razolat, taraqqiyot o'rnini tubanlik negiz quradi Agar bir millatga bunday hol ro'baro' kelsa, u millat kitobining so'nggi varag'i osiladi OILA - yer- xotinlik ittifoqiga, qarindoshlik aloqalariga, umumiy xo'jalik yuritadigan yer va xotin, ota-ona va bolalar, aka-uka va opa-singillar, bobo-buvilar va boshqa qarindoshlar o'rtasidagi munosabatlarga asoslangan kichik ijtimoiy guruh, jamiyatning asosi, davlat qudratining manbai. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati tomonidan nashr qilingan ma'naviyat - asosiy tushunchalar izohli lug'atidan OILA Ilmiy tadqiqotlarga ko'ra, oilaga quyidagicha tushuncha beriladi: Oila - odamlarning tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birlikdir. Tabiiy munosabatlar deyilganda: Turmush o'rtoqlar orasidagi munosabatlar; bola ko'rish. Iqtisodiy munosabatlar deyilganda: mulkiy munosabatlar; uy-ro'zg'or; hovli-joyni boshqarish. Huquqiy munosabatlar deyilganda: nikohni rasmiy yo'l bilan qayd etish; oila a'zolari o'rtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlar nazarda tutiladi. OILANING JAMIYaT UChUN MUHIMLIGI Oila - jamiyat bo'g'ini, nikohga va o'zaro tushunishga asoslanadi Oila avlod va millat davomiyligini ta'minlaydi Oilada tarbiyaviy, psixologik, moliyaviy, jinsiy va boshqa vazifalar bajariladi Oiladagi munosabatlar zaminida shaxs komil inson bo'lishi yoki xulqi buzuq odam bo'lib etishishi mumkin Oilaning nosog'lomligi, nizo va ajralishlar jamiyatga iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik zarar etkazadi Inson oilada o'rin va qadr topmasa, jamiyatda o'rin topishi qiyin Oila barqarorligi - jamiyat barqarorligi va farovonligidir Qobiliyatli farzandlarni o'stirish, ularni jismoniy, intellektual va ma'naviy tomondan yetuk qilib ota - onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdan iborat. Oilaning muqaddas vazifasi Farzandning atrofdagi insonlarga munosabati, dunyoga qay ko'z bilan qarashi uning hayotidagi birinchi va asosiy murabbiylari bo'lmish ota-onaga bog'liqdir. Mustaqil davlatimizda oilaning mustahkam bo'lishi, uning barqarorligini ta'minlash uchun oilada sog'lom ijtimoiy munosabatlar tizimini yaratish va buning uchun avvalo ota-onalarni psixologik bilim bilan qurollantirish lozimdir. «Agap bolaning xulqi yomon bo'lsa, bunda bolaning aybi yo'q, hamma ayb - otasida». Yusuf Xos Hojib. Shariatda farzandi, avlodi qadr-qimmatini bilmagan. avlodiga muhabbati bo'lmagan, avlodini yomon yo'ldan qaytarmagan, to'g'ri yo'lga boshlamagan ota haqiqiy, chin musulmon emas, deyiladi. OTA - oila ustuni Otalar o'z farzandlarini eng ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.25 MB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:51 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.25 MB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga