Oliy maktabda tarbiya jarayonlarini tashkil etishning psixologik xususiyatlari

Oliy maktabda tarbiya jarayonlarini tashkil etishning psixologik xususiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Oliy maktabda tarbiya jarayonlarini tashkil etishning psixologik xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Oliy maktabda tarbiya jarayonlarini tashkil etishning psixologik xususiyatlari M u n d a r i j a Kirish3 I-BOB. Ilmiy adabiyotlarda tarbiya muammosining о'rganilishi7 1.1. Psixologiya fanida tarbiya muammosining о'rganilishi7 1.2. Sharq mutafakkirlarining asarlarida tarbiya muammosi tо'g'risidagi qarashlari15 II-BOB. Oliy maktabda tarbiya jarayonini tashkil etishning psixologik xususiyatlari30 2.1.Ta'lim - tarbiya jarayonida talabalarning dunyoqarashi va e'tiqodini shakllantirish30 2.2.Talaba shaxsni kasbga yо'nalganligini shakllantirish35 2.3. Talabalarda yuksak hislarni shakllantirishda tarbiyaning roli49 Xulosa54 Foydalanilgan adabiyotlar rо'yxati55 Kirish О'zbekiston Respublikasida kо'pgina masalalar qatorida ta'lim - tarbiya ishini tubdan о'rganish, uni yangi zamon talablari darajasiga kо'tarish, sog'lom avlodni kamol toptirish bugungi dolzarb masalalardan biridir. Istiqlol sharofati bilan xalq ta'limi, Oliy va о'rta maxsus ta'lim vazirliklarida о'qitish hamda tarbiyalash tizimini yanada takomillashtirishga doir bir qancha qarorlar, nizomlar, qonunlar ishlab chiqildi. Bu hujjatlar о'rta maktab va Oliy maktablarda uzliksiz ta'lim - tarbiya berishda uyg'unlikni ta'minlashda ham nazariy, ham amaliy dastur vazifasini о'taydi. Bugungi islohatlar davri о'qitishning samarali metodlarini yaratishni, о'qituvchi va talabalar о'rtasida hamkorlikni yanada kengaytirishni, inson shaxsini shakllantirishda tarbiyaning yetakchiligini ta'minlashni, talabalarning yosh xususiyatlari, milliy his - tuyg'ularni e'tiborga olib tarbiyaviy, ta'limiy tarbiyalarni amalga oshirishni taqozo qilmoqda. Respublikamizda oliy ta'lim tizimini rivojlantirishda jahon mamlakatlarining ilg'or g'oyalari, tarbiyaviy, ta'limiy nazariyalari, mutaxassislar tayyorlashning boy amaliyoti, hozirgi zamon texnikasi va texnologiyasidan foydalanish hamda milliy, hududiy xususiyatlarini hisobga olib, ularni mahalliy sharoitlarga moslashtirish, shu asosida yangisini ishlab chiqish, ularni keng kо'lamda qо'llash bosh omil sanaladi. Mavzuning dolzarbligi: Oliy о'quv yurtlarimiz zamonaviy texnika va sharqona tarbiya bilan boshqa mamlakatlardan ajralib turishi lozim.Ularda milliy ruh hukmronlik qilishi kerak. Bu borada qabul qilingan Ta'lim tо'g'risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida jiddiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ta'lim - tarbiya ishi mazmunini tubdan о'zgartirish ertangi taqdirimizni belgilab beruvchi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Prezidentimiz I.A.Karimov О'zbeksiton Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida sо'zlagan nutqida shunday degan edi: «Navbatdagi muhim masala - oliy о'quv yurtilari islohatidir. Bugungi oliy ta'lim olish tizimining zaif tomonlaridan biri - oliy о'quv yurtlarida tayyorlanayotgan talabalarni oldindan aniqlangan fan va texnika, iqtisodiyot, ishlab chiqarish va boshqa sohalarning ehtiyojiga, bir sо'z bilan aytganda, hayot talablariga qarab tashkil qilmaganmiz, deb bilaman. О'quv yurtlarimizni bitirib, ta'lim - tarbiya olib chiqayotgan yoshlarimizning olgan mutaxassisligi va tayyorgarligi kо'p jihatdan zamon talablariga, bozor iqtisodiyoti ehtiyojiga javob bermasligi kо'zga tashlanmoqda. Ta'lim sohasida xalqaro meyorlar va andozalar asosida davlat standartlarini ishlab chiqmaganimiz, shunga qarab, о'quv yurtlarini zamonaviy uskuna va jihozlar bilan ta'minlab, kerakli moddiy baza yaratib bermaganimiz, avvalambor, о'quv dasturlari eskicha qolib ketayotgani, bugun tayyorlanayotgan mutaxassislar sifatiga salbiy ta'sir kо'rsatmoqda». ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 105.9 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 105.9 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga