Fan:yosh fizilogiya mavzu:oliy nerv faoliyatining turlari Oliy nerv faoliyati - hayvon va odam markaziy nerv sistemasi oliy bo'limlari (bosh miya yarim sharlari pusti va pust osti markazlari)ning faoliyati; butun organizmning tashqi muhit bilan normal munosabatda bo'lib turishini ta'minlaydi. Oliy nerv faoliyatif. terminini fanga I. P. Pavlov kiritgan. U Oliy nerv faoliyatif. ni psixik faoliyat bilan bir ma'nodagi tushuncha deb hisoblagan. Pavlov aytganidek, psixik faoliyatning hamma shakllari, jumladan, odam tafakkuri va ongi Oliy nerv faoliyatif. elementlaridandir. Oliy nerv faoliyatif. to'g'risidagi ta'limotni yaratuvchilardan biri - Pavlovning o'tmishdoshi I. M. Sechenov bo'lgan. U Bosh miya reflekslari degan asarida (1863) psixik faoliyatning reflektor tabia-ti to'g'risidagi g'oyani rivojlantirgan. Yuqori darajada tashkil toptan hay-vonlar Oliy nerv faoliyatif. asosida markaziy nerv sistemasining yuqori qismlari (yuqori darajada tuzilgan umurtqali hayvonlarda va odamda - bosh miya katta yarim sharlarining po'stlog'i)da hosil bo'ladigan shartli reflekslar hamda murakkab shartsiz reflekslar (instinktlar, emotsiyalar), ya'ni, asosan, po'stloq osti nerv qosilalari tomonidan amalga oshiriladigan bosh miya faoliyatining shakllari yotadi. Shartsiz reflekslarning Oliy nerv faoliyatif.dagi roli shundaki, mazkur reflekslar asosida hamma shartli reflekslar hosil bo'libgina qolmay, balki shartli va shartsiz reflekslarning Oliy nerv faoliyatif.dagi ahami-yati hayvonot olamining tarixiy ri-vojlanish jarayonida o'zgaradi Pavlov fikricha, hatto yuqori darajada rivojlangan hayvonlar (mas, it, maymun)ning Oliy nerv faoliyatif., asosan, hayvonlar bilan odamda umumiy bo'lgan birinchi signal sistemasining xilma-xil va turli-tuman shartli reflekslar yig'indisidan iborat. Nutqning asta-sekin rivojlanishiga qaramasdan birinchi signal sis-temasinmng shartli reflekslari bolalar hayotining dastlabki yillarida Oliy nerv faoliyatif. ning asosiy fondini tashkil qiladi; keyingi o'sish davrlarida esa odamning Oliy nerv faoliyatif. ma'lum o'rinni egallaydi. Lekin odamda mehnat faoliyatining ijtimoiy shakllari rivojlanishi munosabati bilan ikkinchi signallar paydo bo'ldi va rivojlandi. Pavlov Oliy nerv faoliyatif. ning quyidagi asosiy qoidalarini ishlab chiqqan: 1) shartli reflekslar yoki nerv tutashishlarining hosil bo'lishi; ; 2) shartli refleks kuchining qo'zg'alish kuchiga bog'liqligi; 3) shartli qo'zg'atgichlarning yig'indisi; 4) shartli reflekslar mustahkam bo'lmaganligi uchun, shartli qo'zg'atuvchining keskin kuchayishi yoki yangi qo'zg'atuvchining ta'siri tufayli tormozlanishning o'sishi; 5) nerv ja-rayonlarining bosh miya po'stlog'ida tar-qalishi va konsentratsiyalanishi na-tijasida uning ayrim qismlari o'rta-sida aloqaning vujudga kelishi hamda shartli reflekslarning umumlashishi va ixtisoslashishi; 6) qo'zg'alish va tormozlanishning po'stloq manbalari o'rtasidagi qarama-qarshi o'zaro muno-sabatni ta'minlaydigan nerv jarayonlarining bir-biri bilan bog'liq induk-siyasi. Oliy nerv faoliyatif. da markaziy hodisa shartli reflekslar bo'lib, ular jahon neyrofiziologiyasi va eksperimental psixologiyadagi muqim tadqiqot obyekti hisoblanadi. Pavlov va uning xodimlari belgilagan Oliy nerv faoliyatif.ning asosiy faktlari va izchilligining to'g'ri ekanligi olimlarning ko'pgina ishlarida isbotlangan. Xususan, fiziolog P. K. Anoxin funksional sistema nazari-yasini ishlab chiqib, bu nazariyani funksiyalar evolyusiyasiga ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:27:56
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.65 MB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:51
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:27 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.65 MB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:51 ]
Arxiv ichida: pptx