O'smirlar bilan o'tiladigan treninglar. Guruhiy faoliyatning turli ko'rinishlari Reja: O'smirlik davrining o'ziga xosligi. O'smirlik krizisini korreksiyalash treninglari. O'smirlik davri agressiyasini bartaraf etish treninglari. O'smirlik davri nizolarini bartaraf etish treninglari. Shaxslararo nizo tushunchasi va nizolarning tuzilishi A. Olkott «Bahslashish ko'plaming qo'lidan keiadi, oddiygina suhbatlashishni esa kamdankam kishi uddalaydi» degan fikmi aytganida qanchalar haq bo'Igan. Har bir inson o'z hayoti davomida bir necha bor nizo bilan lo'qnash keiadi va hech bir inson o'zini nizoli vaziyatlardan muhofaza qilinganman deb ayta olmaydi. Shunday ekan, aytish mumkinki nizolar inson hayotining ajralmas qismidir. Bo'lajak mutaxassis sifatida talaba shaxslararo munosabatlarda sodir bo'ladigan nizo tushunchasining mohiyatini chuqurroq bilishi lozimligini inobatga olgan holda quyidagi ma'lumotlami havola etish maqsadga muvofiq. NIZO - shaxslararo munosabatlar jarayonida o'zaro qarama-qarshi bo'lgan ziddiyatli manfaatlar va munosabatlaming to'qnashuvidir. Nizo deganda (lot. conflictus - to'qnashuv) o'zaro Munosabatlar jarayonida yuzaga keladigan qarshiliklami hal etishning anchagina keskin usuli tushuniladi. Bu jarayonda odatda nizo subyektlarining o'zaro qarshilik ko'rsatishlari va negativ emotsiyalar bilan kechadi. Agar nizo subyektlari o'zaro tortishsa, lekin bu jarayonda neggativ emotsiyalarni boshdan kechirmasa yoki aksincha, tortishmasalar u negativ emotsiyalami boshdan kechirsa, bu holat nizo oldi vaziyati hisoblanadi. Nizo subyektlarining tortishuvi uch xil doirada namoyon bo'lishi mumkin: muloqotda, xulqatvorda, faoliyatda. Har qanday nizoning asosida tomonlaming qandaydir voqe-hodisaga nisbatan qarama-qarshilik pozitsiyasi yoki ma'lum bir sharoitda ulaming maqsadga erishishidagi qaramaqarshiliklari yoki qiziqishlari, istaklari, intilishlarining bir-biriga mos kelmasligi kabilar yotadi. Ko'pchilik insonlar nizoni negativ va buzg'unchi xarakterga ega deb tushunadilar. Lekin, o'zaro munosabatlarda yoki tashkilotlarda nizoning boimasligi o'sha munosabatlaming yoki o'sha tashkilotning so'lishga olib keladi. Nizolar javobgarlik, manfaatdorlik, qat'iylik kabilarni rivojlantiradi. Shuningdek, anglangan nizolar kishilar orasidagi munosabatlaming yaxshilanishi va yangilanishiga olib keladi. Nizolar bo'lmaganda kishilaming o'z muammolarini anglashi va ulaming yechimini topishga harakat qilishi kamdan-kam holatlarda sodir bo'ladi. Tinchlik - tomonlaming ular uchun mutloqo yechimi yo'qdek tuyulgan muammolami birgalikda yengib o'tib, ma'lum bir yechimga kelishlaridir. Destruktiv nizo - Tomonlardan binning manfaatla-i ustun qo'yilganda yuzaga keladi. Bunda quyidagi holatlar kuzatiladi: Nizoning yechimi topilmaydi va uni boshqarish imkoniyati boy beriladi, G'azab, jahl, dilsiyohlik, hafagarchilik, nafrat va qasos xislarining kelib chiqishiga sabab bo'ladi; Juda kuchli stressga olib kelishi mmkin; Odamlar o'rtasida uzoq muddatli nizo va ixtilofni vujudga keltiradi. Konstruktiv nizo - Tomonlaming ikkalasi uchun ha- teng manfaatga ega boTgan yechim topiladi va buning natijasida: Yashirin imkoniyatlar va muammoning yangi qirralarining ochiladi; Muammo yechimining yangi yo'llari, imkoniyat va usullari kashf etiladi; Ishonch, samimiylik, hamkorlik va haqiqatni tan olishga qaratilgan yangi munosabatlar o'matiladi, tomonlami birlashtiradi. Aksariyat hollarda adabiyotlarda nizo tushunchasi bilan birgalikda nizoli vaziyat tushunchasi ham ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:27:56
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.17 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:27 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.17 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:48 ]
Arxiv ichida: doc