O'smirlar orasida o'z joniga qasd qilish (suitsid) holatlarining ijtimoiy psixologik xususiyatlari

O'smirlar orasida o'z joniga qasd qilish (suitsid) holatlarining ijtimoiy psixologik xususiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
O'smirlar orasida o'z joniga qasd qilish (suitsid) holatlarining ijtimoiy psixologik xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

O'SMIRLAR ORASIDA O'Z JONIGA QASD QILISh (SUITsID) HOLATLA-RINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK XUSUSIYaTLARI O'zbekiston Respublikasi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Qashqadaryo viloyat, kasb hunar ta'limi boshqarmasi O'SMIRLAR ORASIDA O'Z JONIGA QASD QILISh (SUITsID) HOLATLARINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK JIHATLARI mavzusida ilmiy-amaliy seminar Biz farzandlarimizning barkamol ruhiy dunyosi uchun, ularning mana-viy-axloqiy jihatdan yetuk, jismonan sog'lom bo'lishi uchun doimo qayg'uri-shimiz zarur I.A.Karimov Suitsid o'zi nima? Suitsid (lot. suicaedere, sui-men; caedere-o'zimni o'ldiraman)- ongli ravishda o'z joniga qasd qilish, degan manoni anglatadi. Suitsidal xulq-atvor va suitsid tushunchalari orasida malum bir tavofut bor. Yani, suitsidal xulq-atvor kengroq tushunchaga ega bo'lib, o'z joniga qasd qilish harakatlari, ko'rinishlarini ifodalaydi. O'z joniga qasd qilish harakatlariga qasd qiluvchiga bog'liq bo'lmagan holda o'lim holati sodir etilmagan (arqonning uzilib ketishi, o'z vaqtidagi reanimatsion choralarning amalga oshirilishi) harakatlar ifodalanadi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, butun jahon bo'yicha o'z joniga qasd qilish holatlari kasalliklar va baxtsiz hodisalar (asosan yo'l transport xaloqatlari) tufayli o'limdan keyingi uchinchi o'rinni egallamoqda. Har yili 30.00 amerikaliklar, 25.00 yaponlar, 20.00 frantso'zlar, 60.00 rossiyaliklar o'z joniga qasd qilmoqda. Ushbu statistik ma'lumotlarga psixolo-gik izoh beriladigan bo'lsa, islom dini hamda nasroniylikning pravoslavlari-da suitsid gunoh hisoblanadi. Katoliklar va boshqa diniy ta'limotlarda suitsid gunoh sanalmaydi. Misol tariqasida yapon nindzya va samuraylari xarakirini amalga oshirib, yani o'z joniga qasd qilar edilar. Bu holat ularda qahramon-lik sanalar edi. Shunday ekan, musulmon xalqlarida ushbu harakatlar, diniy ta'limotda gunohi azim sanaladi. So'nggi 15-20 yil davomida o'z joniga qasd qilish holatlari o'smirlar orasida keskin ortishi bu muammo «yosharib» borishidan dalolat bermoqda. Butun jahon Sogliqni Saqlash hududiy boshqarmalarining ma'lumotlariga ko'ra, 15-24 yosh o'rtasidagi o'smirlarning suiqasd holatlari 15 yilda 2 barobarga ko'paygan. Fransiyada so'nggi 10 yil mobaynida o'smirlarning o'z joniga qasd qilish holatlari 3 barobarga ortgan. So'nggi 30 yil mobaynida AQSHda 15-19 yoshli o'smir yigitlar o'rtasidagi o'z joniga qasd qilish holatlari 300%, qizlar orasida esa 200% ga oshgan. Polshada 12-20 yoshli o'smirlar o'rtasidagi suitsid so'nggi 10 yil davomida 4 barobar ko'payib, bunda o'g'il bolalar 21%ni, qizlar esa 79%ni tashkil etmoqda. Mazkur muammoning yosharib borishida asosiy sabablarini quyidagilarda ifodalash mumkin: O'smirlarda asosiy hayotiy pozitsiya susayishi, ular o'z navbatida: -psixologik va psixoanalitik (Z.Freyd nazariyasi; G.A.Abrumova) -ijtimoiy (E.Dyurkgeym, F.Bekon ta'limoti) -nasliy (M.Faber, Ch.Paveze) nazariyalarga tayanishi kuzatilgan. Xalq ta'limi pedagogik xodimlari va raxba-riyatida o'smirlar o'rtasidagi suitsid to'g'risidagi bilimlar tanqisligining mavjudligi. Maktab psixologlarining kasbiy jihatdan yetuk emasligi hamda og'ir psixologik vaziyatga tushib qolgan o'quvchilar bilan ishlash ko'nikmasi mavjud emasligi. O'smirlarning deviant, destruktiv xulq atvorini o'rganuvchi, yo'naltiruvchi NNT, huquqtartibot, yoshlar harakati va boshqa fond va tashkilotlarning faoliyatini tahlil etib, birlashtiruvchi Koordinatsion ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 166.66 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:48 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 166.66 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga