O'Smirlar O'rtasida Bulling Muammolari Reja: Bulling haqida tushuncha Bulling nimasi bilan xafli Bullingdan himoyalanish Bulling haqida tushuncha Bulling muntazam ravishda takrorlanib turadigan boshqa bolaga qasddan zarar yetkazishdir. Bulling jabrlanuvchiga o'ziga nisbatan zo'ravonlikni to'xtatishiga imkon bermaydigan kuch tengsizligini nazarda tutuvchi harakat. Bulling hamma joyda va har qanday vaqtda bo'lishi mumkin: kundalik hayotda, yozishmalarda yoki ijtimoiy tarmoqlarda. Bu nafaqat bolaning o'qishga diqqatini qaratishga to'sqinlik qiladi, balki uzoq davom etadigan ruhiy jarohatlarga ham olib kelishi mumkin. Bullingni to'xtatish zarur. Gap o'zbek jamiyati uchun yangi so'z, lekin eski tushuncha bo'lmish bulling (bullying) haqida ketayapti. «Bulling»ga ko'p ta'rif berilgan. Qisqasi, bulling ta'qib va zo'ravonlik ma'nosini bildirib, kollektivdagi zaiflarni (qurbonlar yosh yoki katta bo'lishi mumkin!) qasddan va muntazam ta'qib qilishdir. Bullingning psixologik, jismoniy, ochiq yoki ko'rinmas shakllari mavjud. Ta'qib deganda, odatda, tahqirlash, ustidan kulish, ataylab e'tibor bermaslik, kamsitish va kaltaklash tushuniladi. Ko'p hollarda bulling bir martalik hodisa emas. Faqatgina «g'alati» yoki «zaif» bo'lganlargina emas, har qanday bola bulling qurboni bo'lishi mumkin. Odatda, ta'qibning sababi - sinfdoshlar orasida hukmronlik qilishga intilish. Bulling nimasi bilan xafli? Bulling nimasi bilan xavfli? Har qanday zo'ravonlik va ta'qib qurbonning ruhiyatiga zarar yetkazadi. Tadqiqotga ko'ra, ta'qibga uchragan bolalarning sog'lig'i, xususan ruhiy sog'lig'i ham yomonlashadi. Yoshlar yolg'izlanib, ularda tushkunlik va ojizlik, vahima hissi shakllanadi. Ba'zilari o'z joniga qasd qiladi. Lekin zo'ravonlar ham xavf ostida ekan: ular o'z tengdoshlariga qaraganda alkogol va narkotik qaramligiga mubtalo bo'lar ekan. Zo'ravonlar ham tushkunlik va suitsid vasvasasiga tushishga moyilroqdir. Zo'ravonlik bulling bolalar uchun zararli va uzoq davom etadigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Zo'ravonlik bullingni jismoniy ta'siridan tashqari, bolalarda hissiy va ruhiy salomatlik bilan bog'liq muammolar, shu jumladan depressiya va havotirlanishga olib kelishi va buning oqibatida bolalarda giyohvandlikka moyiillik va maktabdagi mashg'ulotlarning past o'zlashtirilishiga olib kelishi mumkin. Shaxsiy zo'ravonlik bullingdan farqli o'laroq, kiberzo'ravonlik jabrlanuvchiga har qanday joyda, har qanday vaqtda taziyq o'tkazishi mumkin. Bu juda katta zarar etkazishi mumkin, chunki u tezda keng auditoriyaga etib borishi va barcha ishtirokchilar uchun Internetda doimiy iz qoldirishi mumkin. Bullingdan himoyalanish Bullingdan qanday himoyalanish mumkin? Bullingni to'liq yo'q qilish imkonsiz, bu jamiyatda doimo u yoki bu shaklda davom etaveradigan hodisa. Bullingdan to'liq himoyalanish imkonsiz bo'lsa-da, quyidagi maslahatlar undan saboq chiqarib, kuchliroq inson sifatida shakllanishga yordam berishi mumkin: Ijobiy psixologiyani o'zingiz o'rganing va farzandingizga o'rgating. Ijobiy psixologiya insondagi patologiya va muammolarni emas, ko'proq insonlarning nekbinligi va bardoshliligini qanday saqlab qolishini o'rganadigan fandir. Bolaga u yoki bu hodisaga o'z munosabatini shakllantirishga ko'maklashing. Har qanday insonni yoshlikdan uch narsa shakllantiradi: genotipi, atrof-muhit va insonning hodisaga ichki ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:27:56
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
312.34 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:48
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:27 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
312.34 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:48 ]
Arxiv ichida: pptx