O'smirlar va kattalar o'rtasida yuzaga keladigan nizolarning asosiy sabablari

O'smirlar va kattalar o'rtasida yuzaga keladigan nizolarning asosiy sabablari

O'quvchilarga / Psixologiya
O'smirlar va kattalar o'rtasida yuzaga keladigan nizolarning asosiy sabablari - rasmi

Material tavsifi

O'smirlar va kattalar O'rtasida yuzaga keladigan nizolarning asosiy sabablari Reja: O'smirlar pisxologiyasi O'smirlar va kattalar o'rtasidagi munosabatlar O'smirlar va kattalar o'rtasidagi tushinmovchiliklar O'smirlik davri-jadal va tekis bormagan jismoniy rivojlanish, jinsiy yetilish, shaxsiyatning o'zida, atrof-muhitni o'rab turgan kishilar bilan o'zaro munosabatda jiddiy o'zgarishlar bo'ladigan davrdir.Ijtimoiy muhitning asosi bo'lgan oila, o'smir xulqi shakllanishiga katta ta'sir o'tkazadi. An'anaviy tarzda tarbiya asosiy instituti oila hisoblanadi. O'smirning oilada olgan tarbiyasi keyin bir umrga saqlanib qoladi. Oilaning tarbiya instituti sifatida muhimligi shundaki, o'smir unda hayotining ko'p qismini o'tkazadi va shaxsga ta'sir etuvchi muddati bo'yicha birorta ham tarbiya institutlari oilaga teng kela olmaydi. O'smirlik chog'ida yuz beradigan fikrlash jarayonlarining murakkablashuvi, mavhumlashtirish, yaxlit holga keltirish va darajalash qobiliyatlarining shakllanishi, atrofdagi voqelikni tanqidiy anglash, ijtimoiy talablari, kechagi bolaning o'zining yangi ijtimoiy rolini qabul qilishi bilan o'zaro ta'sir etib, uning ma'naviy-axloqiy rivojlanishini rag'batlantiradi. O'zbeklarning aksariyati o'zining shaxsiy faravonligi to'g'risida emas, balki oilasining, qarindosh urug'lari va yaqin odamlarining, qo'shnilarining omon-esonligi to'g'risida g'amxo'rlik qilishni birinchi o'ringa qo'yadi O'smirlik davrini qiyin o'tish davri deb bekorga aytilmaydi. Ana shu o'smirlik yoshida turli huquqbuzarliklar vujudga keladi. Bu davrda har bir shaxs bolalikdan o'smirlikka qadam qo'yadi, kuchli jismoniy hamda atrofdagilar bilan o'zaro munosabatda jiddiy o'zgarishlar ro'y beradi. Bunday qaltis davrni muvaffaqiyatli o'tishi faqat shaxsning o'ziga emas, balki uning ota-onasiga, atrofdagi katta yoshdagilarga ham bog'liqdir. Shaxsning shakllanishida o'smirlik yoshi, o'zining ijtimoiy va biologik rivojlanishida murakkab davr hisoblanadi. Ulkan hayot yo'lining mana shu muhim bir qismida, katta yoshdagi o'smir o'z oldiga kim bo'lish, nima, qanday va nima uchun erishish kabi masalalarni hal etishga to'g'ri keladi. Masalalarni qanday qo'yishni va jamiyat bilan uyg'unligi shaxsning kelajakdagi keng istiqboliga bog'langan holda, uning faolligi, barqarorligi, ma'naviy pokligi, maqsadga yo'nalganligi, betakrorligi, ijtimoiy va psixologik jihatdan mazmundorligi jamiyat uchun ham qimmatlidir. O'smirlik davrining qiyin davr bo'lishi ko'p jihatdan o'smir ruhiyatidagi o'zgarishlarni hisobga olmagan holda nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirish sababli namoyon bo'lishi mumkin. Shu sababli o'smirlik yosh davrida mavjud nizoli vaziyatlarni tahlil qilish, o'smirlik inqirozlarining yengil bartaraf etilishiga va pedagogik jarayonni samarali amalga oshirishga xizmat qiladi. Bu davrda nizoli vaziyatlarning xilma-xil ko'rinishlari mavjud bo'ladi. Jumladan, o'smirning o'z tengdoshlari orasida qulay mavqega erisha olmasligi, o'qituvchilar bilan o'zaro munosabatlarning maqsadga muvofiq emasligi, oilaviy munosabatlardagi tushunmovchiliklar va hokazo. Bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri ta'lim jarayonida o'smirlar o'rtasidagi shaxslararo nizolar, ularning xususiyatlari va nizolarni keltirib chiqaruvchi omillarning tabiati turli-tuman ekanligining guvohi bo'ldik. Maktab psixologi faoliyatida o'smirlik davriga xos shaxslararo nizoli vaziyatlarni konstruktiv hal etish va uni negativ asoratlardan saqlashning profilaktikasini faqat psixokorreksion usullarning muayyan shakllarini ya'ni, psixokorreksion ta'sir o'tkazish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.62 MB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:48 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.62 MB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga