O'smirlarga xos suitsidal xulqning psixologik korreksiyasi M u n d a r i j a Kirish I-Bob.Suitsidal xulq muammosining psixologiya fanida o'rganilganlik holati. 1.1.Suitsidal xulqning tarixiy shart - sharoitlari 1.2.Suitsidal xulq - atvorning psixologik adabiyotlardagi zamonaviy tahlili 1.3.Suitsidal urinishlarni sodir etgan o'smirlar muammosining nazariy tahlili Birinchi bob bo'yicha xulosalar II-Bob. O'smirlardagi suitsidal xulqning diognostikasi xususiyatlari va psixologik - pedagogik korreksiyasi 2.1. O'smirlardagi suitsidal xulq diognostikasi va korreksiyasini tahlil etishning psixologik tavsiflari 2.2. Suitsidal xulq - atvorli o'smirlar shaxsiy va emltsional sohasining psixologik diognostikasi xususiyatlari 2.3. Suitsidal xulq - atvorli o'smirlar motivatsion - ehtiyojli sohasining xususiyatlari 2.4.O'smirlardagi suitsidal xulq - atvorni psixologik diognostikasi va korreksiyasi modeli Ikkinchi bob bo'yicha xulosalar Xulosalar Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Kirish Mavzuning dolzarbligi. Uzbekistan Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch asarida Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e'tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir1 - deb takidlaganlar. Farzandlarimiz kundalik hayotimizda uchrab turadigan hayot sinovlariga ko'nikishi, kerak bo'lsa, bardosh berishi va albatta hayotiy tajribalarga ega bo'lgan yetuk mutaxassislar ko'magiga muhtojlik sezishi tabiiydir [2; 57] . Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda har yili bir millionga yaqin o'z joniga suiqasd sodir etilib turar ekan, suitsidal xatti-harakatlarga urinish holatlari esa bundan 10-20 baravar ko'pligi ro'yxatga olingan. Keyingi 15 yilda o'z joniga qasd qilish holatlari 13-16 yoshgacha o'smirlar orasida ikki barobardan ortiq bo'lib, suitsidal xulq-atvorning barqaror «yosharishi» tendensiyasi ko'zatilmokda. O'smirlik davriga xos suitsidal xulq-atvorning asosida ta'lim-tarbiya jarayonidagi noto'g'ri pedagogik-psixologik ta'sir, o'smirning shaxslilik xususiyatlari va emotsional holatlaridagi salbiy o'zgarishlarga ota-onalar, pedagoglar, o'smirning tengdoshlari tomonidan etarli etibor berilmasligi sababli yuzaga kelgan ijtimoiy dezadaptatsiya, ijtimoiy integratsiyaning pasayishi va beqarorligi yotadi. O'smir va uning ijtimoiy atrof-muhitdagi o'zaro munosabatlarining bo'zilishi, shaxslararo aloqalarning qiyinlashuvi, ota-onalar, ta'lim muassasalari xodimlari tomonidan subyekt ehtiyojlari, qizikishlari inobatga olinmagan holda o'tkazilgan bosim, ularda hayot mazmuni, xavfsizlik va keraklilik hissining yo'qolishi, ko'pincha suitsidal xulq-atvor namoyon bo'lish sabablaridan biridir Muammoning o'rganilganlik darajasi. O'tgan asrning 70-yillarida bir guruh olimlar tomonidan butunittifoq ilmiy-uslubiy suitsidologik Prezidenti I.A.Karimov Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch markaz tashkil etilib, shu tariqa suitsidal holatlar kelib chiqishining sabablarini o'rganishga nisbatan jiddiy yondashuvlar davri boshlandi Dyurkgeym E., Rodjers K., Assadjioli R., Erikson M., Ambrumova A.G., Kann A., Kovalyov V.V., Lichko A.I. o'rganganlar. Suitsidal xulq muamosini o'rganish, uning oldini olish borasida Respublikamizda ham bir qator ilmiy izlanishlar olib borilgan. Jumladan, A.S.Axunjanova, N.Sog'inov, E.Usmonovlar o'z tadqiqotlarida O'zbekistonda suitsid muammosining umumiy tavsifi, xotin-qizlar o'rtasidagi o'z joniga qasd qilish holatlarining ijtimoiy-psixologik sabablarini tahlil etib, o'smir qizlarda o'z joniga suiqasd qilish muammolariga alohida etibor qaratganlar. B.M.Umarov bolalar ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:32:31
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
99.6 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:32 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
99.6 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:48 ]
Arxiv ichida: doc