O'smirlik davri inqirozi Reja: O'smirlik davrida faoliyatning asosiy turlari. Kattalar va tengdoshlari bilan muloqot. Intellektual qiziqishlar va nazariy tafakkur elementlarini shakllanishi. O'smir shaxsini xususiyati. Kattalik ko'rinishlari. Tayanch so'zlar: o'smir, yetakchi faoliyat, muloqot, psixologik yangilik, o'z-o'ziga baho berish, o'smirlik aftonomiyasi, akseleratsiya, o'smirlik davridagi inqiroz. Key words: adolescent, leadership activity, communication, psychological novelty, self-evaluation, adolescent autonomy, acceleration, adolescent crisis. Darsning maqsadi - talabalarda o'smirlik davrida yuzaga keladigan psixologik, fiziologik o'zgarishlar, qonuniyatlar hamda yoshga bog'lik holda ta'lim va tarbiyani tashkil qilishning psixologik mexanizmlari borasida bilimlarni hosil qilish va amaliyotga tatbiq qilish ko'nikmasini tarkib toptirishdan iborat Darsning vazifasi - talabalarda mavzu yuzasidan nazariy bilimlar, amaliy ko'nikmalarni hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. O'smirlik davrida yetakchi faoliyat shaxsiy intim muloqotdir. O'smirlik davrida yetakchi faoliyat - bu o'qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir. O'smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi - bu do'stlik, o'rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash va egallashdir. O'smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki, u to'la o'rtoqlik kodeksiga bo'ysunadi. O'smirlarni o'z tengdoshlari bilan muloqotda bo'lishi g'oyat katta ahamiyatga egadir. O'smirlar do'stlik, o'rtoqlik va o'zaro yordamlashuvni hamma narsadan yuqori qo'yadilar: ana shunday o'zaro munosabatlar, o'spirinlik yillarida ham davom eta beradi. Bunda o'smirlar va ilk yoshdagi o'spirin o'quvchilarning xulq-atvorlariga do'stlari ota-onalar va pedagoglarga nisbatan bir necha marta kuchliroq ta'sir etadilar. Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, o'smir bolaning yetilmaganligi va tajribasizligi uni tevarak-atrofdagi kimsalardan madad axtarishga majbur qiladi. O'smir bolaga uning istaklarini tushunadigan va ularni amalga oshirishga yordam beradigan do'st kerak. O'smirning do'stlari bilan muloqoti ham оziga xos xususiyatlarga ega. Tengdosh bolalar bilan prinsipial tenglik holatidagi munosabatlar muhiiga nisbatan o'smirda alohida qiziqish bo'ladi. Bu hol o'smirda yuzaga keladigan shaxsiy kattalik hissining etik mazmuniga mos keladi. Kattalar bilan muloqotda bo'lish tengdoshlari bilan bo'lgan muloqotning o'rnini bosa olmaydi. O'smir uchun tengdoshlari bilan bo'lgan muloqot u mustaqil harakat qiladigan o'zining shaxsiy munosabatlari muhitiga ajraladi. U bunga haqqim bor, deb o'ylaydi, o'z huquqlarini himoya qiladi va aynan shuning uchun ham o'rtoqlari bilan bo'lgan munosabatga kattalarning o'rinsiz, qo'pol aralashuvi o'smirning xafagarchiligiga va noroziligiga olib keladi. O'smirda tengdoshlar bilan muloqot qilish va hamkorlikdagi faoliyatga intilish yaqqol namoyon bo'ladi. Jamoa hayoti bilan yashash, yaqin o'rtoqlar, do'stga ega bo'lish xohishi - do'stlar tomonidan qabul qilingan, tan olingan, hurmat qilingan bo'lishdek kuchli xohishdir. Bu o'smirning muhim talabiga aylanib boradi. O'smir uchun eng yoqimsiz vaziyat - jamoa va o'rtoqlarining noroziligi, muloqot qilishni istamaslik, eng og'ir jazo esa - ochiq yoki nooshkor aloqa uzish, gaplashmaslikdir. O'smirlar do'stlik kodeksining muhim me'yorlari - sha'nini hurmat qilish, tenglik, sodiqlik. do'stga yordam, to'g'riso'zlik. Do'stlik me'yorlarini egallash bolaning ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:32:31
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.8 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:32 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.8 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:48 ]
Arxiv ichida: doc