Psixologiya yo'nalishi bo'yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchisi Mavzu: O'smirlik davri psixologiyasi mavzusini o'qitish metodikasi BITIRUV LOYIHA IShI MUNDARIJA KIRISh I-BOB.O'SMIRLIK DAVRI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA 1.1. O'smirlik davrining o'ziga xoc psixologik xususiyatlari 1.2 . O'smirlik davri psixologiyasi mavzusini o'qitishda innovatsion tajribalar II-BOB. O'SMIRLIK DAVRI PSIXOLOGIYaSI MAVZUSINI O'QITIShDATYeXNOLOGIYaLARDAN FOYDALANISh. 2.1. Ontogenez va differensial psixologiya fanining o'quv dasturi 2.2. O'smirlik davri mavzusi bo'yicha ma'ruza matni va dars ishlanmasi 2.3. O'smirlik davri psixologiyasidan keyslar 2.4. Nazorat topshiriqlari (JN,ON,YaNlar bo'yicha savollar va testlar) XULOSA VA TAKLIFLAR FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RUYXATI KIRISh. Bitiruv loyiha ishining dolzarbligi. O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichida yangi ijtimoiy munosabatlarga erkin kirisha oladigan, umuminsoniy qadriyatlarni etirof etadigan, ma'naviy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan ijtimoiy faol yoshlarni tarbiyalash dolzarb muammolardan sanaladi. O'zbekiston Respublikasida ta'limiy islohotlar va ta'lim-tarbiyaviy munosabatlarining yosh davrlarga xos shakllanishi, aholining ijtimoiy psixologik savodxonligi, faolligi jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo'lib hisoblanadi. Bu islohotlarning muvaffaqiyati pirovard natijasida nafaqat hukumatning sai-harakatiga, balki aholi tomonidan ongli ravishda qabul kilinishga bog'liq bo'ladiki, bunda ta'lim tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday odam ham o'smirlik chog'ida, endigina voyaga etib kelayotgan davrida jamiyatda munosib o'rnini topish kerak. Aks holda bu narsa noxush oqibatlarga, bazan esa og'ir fojialarga, hatto ijtimoiy larzalarga ham sabab bo'ladi. Yosh yigit-qizlarimizning ishda, turmushda, oila va jamoa orasida o'z o'rnini topolmaslik holatlari ularning jamiyatda o'z qadrini yo'qotishga olib keladi. O'z qadriga, o'z shaniga ega bo'lmagan inson hayotda ko'p-ko'p to'siqlarga duchor bo'ladi, beqaror va salbiy ta'sirlarga beriladi, uning shaxs sifatidagi emirilishi ham tez kechadi. Ayniqsa, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan bir davrda islohotlarimiz, rejamiz samarasi va taqdiri bularning barchasi, avvalambor zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar muammosi bilan chambarchas bog'liqdir. Bu borada mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning «Biz oldimizga qanday vazifa qo'ymaylik, qanday muammoni yechish zarurati tug'ilmasin, gap oxir-oqibat bari-bir kadrlarga va yana kadrlarga borib taqalaverishi bizning kelajagimiz, mamlakatimizning kelajagi, o'rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharok aytganda, qanday kadrlar tayyorlashimizga bog'liq» deb aytgan so'zlari barcha sohalar uchun ustuvordir. Shu o'rinda ta'limning isloh qilishda har bir yosh davrdagi bilish jarayonlari va ayniqsa o'smirlik davrida bilish faolligini shakllantirish ta'lim islohotlarini jadallashtirishga xizmat qilishi kerak. Hozirgi davrda fuqarolarning ongiga mustaqillik, vatanparvarlik, sadoqat kabi tushunchalarni singdirish, ularni kelajakka ishonch, buyuk davlatning munosib farzandlari qilib kamol toptirish zamon talabidir. Shu o'rinda bu vazifalarni o'smirlik davrida rivojlantirish va ularni ta'sir darajasini aniqlash maqsadga muvofiq. Bitiruv loyiha ishining maqsadi. O'smirlik davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o'rganish, ontogenez va differensial psixologiya fanini o'qitishning nazariy va amaliy masalalarini tadqiq ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:32:31
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
186.86 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:48
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:32 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
186.86 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:48 ]
Arxiv ichida: docx