O'smirlik davri

O'smirlik davri

O'quvchilarga / Psixologiya
O'smirlik davri - rasmi

Material tavsifi

O'smirlik davri Reja: O'smirlik davriga umumpsixologik tavsifnoma. Psixologiyada o'smirlik tadqiqotlari O'smirlikda kattalik va bolalik dialektikasi. Yosh chegaralari. O'smirlik davriga umumpsixologik tavsifnoma. O'smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo'lgan davrni tashkil etadi. Hozirgi o'smirlar o'tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o'sish oldinroq namoyon bo'lmoqda. Aksariyat o'quvchilarda o'smirlik yoshiga o'tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. «Endi o'smir bola emas, biroq katta ham emas» ayni shu ta'rif o'smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi. O'smirlik - bolalikdan kattalikka o'tish davri bo'lib, fiziologik va psixologik jihatdan o'ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilishi ortadi, xarakteri shakllanadi, ma'naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O'smirlik balog'atga yetish davri bo'lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bo'lishi bilan ham xarakterlanadi. Bu yoshda o'smir rivojida keskin o'zgarishlar ro'y bera boshlaydi. Bu o'zgarishlar fiziologik hamda psixologik o'zgarishlardir. Bo'yga o'sish bir tekis bormaydi: qiz-bolalar 5-7 sm o'ssalar, o'g'il bolalar 5-10 sm o'sadilar. Bo'yiga qarab o'sish paysimon ilk suyaklarning uzunlashishi va umurtqa qismining kattalashishi hisobiga ro'y beradi. Og'iz bo'shlig'i va halqumdagi o'zgarishlar oqibatida tovush tembri ham o'zgaradi. Bu o'g'il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko'proq darajada sodir bo'ladi. O'g'il bolalarning tovushi vazminroq bo'lib qoladi, do'rillaydi. Garchi bu davrda mushaklar tez sur'at bilan o'ssa ham, mustahkamlashsa ham, lekin baribir oyoq va qo'l suyaklarining o'sish sur'ati orqada qoladi. O'smirlarda bu xususiyat ularning beso'naqay xatti-harakatlarida, yurish-turishlaridagi qo'pollikka, katta-katta odim tashlashlariga sabab bo'ladi. Fiziologik o'zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bog'liq ravishda tanadagi barcha a'zolarning mukammal rivojlanishi va o'sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashida namoyon bo'ladi. Organizmdagi o'zgarishlar bevosita o'smir endokrin sistemasining o'zgarishlari bilan bog'liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to'qimalarining o'sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Natijada bo'y o'sishi tezlashadi, jinsiy balog'atga yetish (jinsiy organlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo bo'lishi) amalga oshadi. Ko'krak qafasi ham gavdaning bo'y o'sishiga nisbatan sekin rivojlanadi. Buning natijasida ayrim o'smirlarning yelkasi, ko'kragi tor bo'lib qoladi, bu esa o'z navbatida kislorod yetishmasligiga, nafas qisishiga olib keladi. Kislorod yetish masligi natijasida ruhiy faoliyatga putur yetadi. Bu davrda yurak kengayishi bilan qon tomirlari ham yo'g'onlashadi. Qon aylanish sistemasining qayta qurilishi, vegetativ nerv sistemasidagi barqarorlik qon aylanishini buzadi va o'smirda ba'zi qon bosimining ortishi ro'y beradi. Bu davrda ayniqsa jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. O'smirda ro'y beradigan biologik-jismoniy o'zgarish natijasida uning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.45 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.45 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga