O'smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. O'smirlik davridagi psixologik muammolar

O'smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. O'smirlik davridagi psixologik muammolar

O'quvchilarga / Psixologiya
O'smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. O'smirlik davridagi psixologik muammolar - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: O'smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. O'smirlik davridagi psixologik muammolar Reja: 1. O'smirlik davridagi psixik rivojlanishning umumiy tavsifi (o'smirlikda jismoniy o'sish xususiyatlari, jinsiy yetilish jarayoni, uning psixik rivojlanishga ta'siri haqida umumiy tushuncha). 2. O'smirlik davri inqirozi va uning psixologik, psixofiziologik sabablari. O'smirlik davrida intellektual va emosionl rivojlanish xususiyatlari. 3. O'smirlik davrida motivasion sohadagi rivojlanish xususiyatlari (tengdoshlar bilan muloqot qilish motivasiyasi, o'quv faoliyati motivasiyasi, jinoiy xulq-atvor motivlari). 4. O'smirlik davrida shaxsning rivojlanish xususiyatlari (shaxs tug'ulishining 2-davri - A.N.Leontev). O'smirlik davrida o'z-o'ziga baho berish tizimining rivojlanish xususiyatlari. O'smirlik davrida xarakter aksentuasiyasi muammosi. O'smirlar to'g'risida umumiy tushuncha Hozirgi davrda o'smirlarni voyaga yetkazishning o'ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, imkoniyatlari, xatti-harakat motivlarining ifodalanishi va vujudga kelishining murakkab mexanizmlari mavjud. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, o'smirlarni kamol toptirishda ularning xususiyatlarini to'la hisobga olgan holda ta'lim-tarbiyaviy tadbirlarni qo'llash shaxslararo munosabatda anglashmovchilikni vujudga keltirmaydi, sinf jamoasi o'rtasida iliq psixologik muhitni yaratadi. Turg'unlik yillaridagi so'z bilan ishning «nomuvofiqligi», axloq tarbiyasidagi qo'pol xatolar o'smirlarning ruhiy dunyosiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Insonning ruhiy dunyosini tubdan qayta qurish, shaxsni shakllantirishni insonparvarlashtirish harakati boshlangan hozirgi kunda o'smirlar taqdiri masalasi ham g'oyat jiddiy tus oldi. O'smirlik davri taqlidchanligi, muhim nuqtai nazarning shakllanmaganligi, hissiyotliligi, mardligi, tantiligi bilan farqlanadi. Shuniig uchun tashqi ta'sirlarga beriluvchan o'smir o'g'il-qizlarga alohida e'tibor berish zarur. O'smirlar muammosiga e'tiborni kuchaytirish zarurligining asosiy sabablari: 1) Fan va texnika rivojlanishi natijasida madaniyat, san'at va adabiyot, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning o'zgarayotgani; 2) Ommaviy axborot tizimining kengayishi tufayli o'smirlar ongliligi darajasining ko'tarilgani; 3) O'g'il va qizlarning dunyo voqealaridan, tabiat va jamiyat qonunlaridan, tarixdan yetarli darajada xabardorligi; 4) Ularning jismoniy va aqiiy kamoloti jadallashgani; 5) O'smirlar bilan ishlashda g'oyaviy-siyosiy, vatanparvarlik va baynalmilal tarbiyaga alohida yondashish zarurligi; 6) Oshkoralik, ijtimoiy adolat, demokratiya muammolarining ijtimoiy hayotga chuqur kirib borayotgani; 7) O'quvchilar uchun mustaqil bilim olish, ijodiy fikr yuritish, o'zini o'zi boshqarish, anglash, baholash va nazorat qilishga keng imkoniyat yaratilgani. O'smirlik davridagi psixologik muammolar Psixolog S. Xoll bu davrni bo'ron va hujumlar davri deb atagan, shaxsiy rivojlanishda ko'plab o'zgarishlar kuzatiladi va shaxsiy beqarorlikni asosiy xususiyat deb hisoblash mumkin. Rivojlanayotgan bolaning xarakteri va xatti-harakatlarida nomuvofiqlik mavjud [5;162]. A.Freyd o'smirlarning o'ziga xos xususiyatlarini qayd etadi: birinchidan, o'smirlar xudbin, o'zlarini Olamning markazi deb bilishadi va shu bilan birga fidoiylik va fidoiylikka qodir; ikkinchidan, ular ehtirosli sevgi munosabatlariga kirishadilar, lekin ular boshlanganidek, ularni birdaniga tugatishi mumkin; uchinchidan, ular tezda jamiyat hayotiga aralashib qolishadi va shu bilan birga yolg'izlik ishtiyoqini egallab olishadi; to'rtinchidan, ular rahbarga ko'r-ko'rona bo'ysunadilar va har qanday hokimiyatga qarshi darhol isyon ko'taradilar. Ba'zida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 86.13 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:48 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 86.13 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga