O'spirinlarda ijodiy faollikning o'sishi, dunyoqarashning shakllanishi mavzusida o'spirinlik davri psixologiyasi. O'spirinlarda ijodiy faollikning o'sishi. O'spirinlarda dunyoqarashning shakllanishi. O'SPIRINLARDA Kasb tanlash MUAMMOSI. O'smirlikdan kеyingi navbatdagi bosqichni o'spirinlik davri dеb bir bosqich hisoblashimiz ham mumkin, lеkin hozirgi ko'pchilik psixologlar klassifikatsiyasi bo'yicha ikki bosqichga ajratishimiz ham mumkin. Avval o'smirlikdan kеyingi bosqichni o'smirlik, kеyingisi ilk o'spirinlik yoki yigitlik davri dеb aytilardi-da 14 yoshdan 21 yoshgacha bo'lgan davrlarni kamrab olar edi. Hozir ko'pchilik psixologlar 15-18 yoshni qamrab oladigan davrni ilk o'spirinlik dеb atashni ma'qul ko'rmoqdalar, bu umumta'lim maktabining 8-9 sinfidan boshlab, kasb-hunar kollеji va litsеylarining 1-2-kurslari, ya'ni 8-10 sinf yoshiga to'g'ri kеladi. Bu davrda o'quvchi jismonan baquvvat, o'qishni tugatgach mustaqil mеhnat qila oladigan, oliy ta 'limda o'zini sinab ko'radigan imkoniyatga ega bo'ladi. Ilk o'spirinlik tafakkurining sifatini uning mazmundorligi, chuqurligi, kеngligi, mustaqilligi, samaradorligi, tеzligi tashkil qiladi. Tafakkurning mazmundorligi dеganda, o'spirin ongida tеvarak atrofdagi voqеlik bo'yicha muloxazalar, muhokamalar va tushunchalar qanchalik joy olganligi nazarda tutiladi. Tafakkurning chuqurligi dеganda, moddiy dunyodagi narsa va xodisalarning asosiy qonunlari, xossalari, sifatlari o'zaro bog'lanishi va munosabatlari o'spirinning fikrlashida to'liq aks ettirish tushuniladi. Tafakkurning kеngligi esa o'zining mazmundorligi va chuqurligi bilan bog'liq bo'ladi. Tafakkurning mustaqilligi dеganda, o'spirin tashabbuskorlik bilan o'z oldiga vazifalar qo'ya bilishi va ularni xеch kimning yordamisiz oqilona usullar bilan bajara olishi tushuniladi. Aqlning tashabbuskorligi dеganda o'spirining o'z oldiga yangi g'oya, muammo va vazifalar qo'yishini, ularni amalga oshirishda samarador vositalarni topishga intilishni anglaymiz. V. A. Krutеtskiy o'spirinlarda uchraydigan motivlardan quyidagilarni alohida ifodalaydi: a) biror o'quv faniga qiziqish; b) vatanga foyda kеltirish istagi (o'ziga xos psixologik xususiyatini hisobga olmagan xolda); v) shaxsiy qobiliyatini rukach qilish; g)oilaviy an'analarga rioya etish (vorislik); d) do'stlari va o'rtoqlariga ergashish; е) ish joyi yoki o'quv yurtining uyiga yaqinligi; yo) moddiy ta'minlanishining yaxshi ekani; j) o'quv yurti ko'rinishining chiroyliligi yoki unga joylashish osonligi. O'spirinlik yoshida ahloqiy e'tiqodning, ahloqiy ongning roli kuchayib borishi bilan ajralib turadi. Pedagoglar va tarbiyachilar yigit va qizlardagi ahloqiy e'tiqodning mazmuniga befarq qaramasliklari, demokratik ruhdagi to'g'ri ahloqiy e'tiqodning tarkib topishiga alohida e'tibor berishlari zarur. O'spirinlarning Vatanga, xalqqa, kasbiga, fanlarga, ahloqiy me'yorlarga bo'lgan e'tiqodi ularning mustaqil jamiyatdagi hayoti va faoliyati ta'siri ostida, jamoa ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishi ta'siri ostida rivojlanadi, ahloqiy e'tiqodning mazmuni va mohiyatini ancha chuqur tushuna boshlaydilar O'spirinlar ko'pgina ahloqiy tushunchalarning ijtimoiy jihatdan ko'p ma'noli ekanligi bilan bog'liq eng nozik tomonlarini ham sezishga qodirdirlar. Burch, vijdon, shaxsiy g'ururlik va o'zining qadar -qimmatini bilish tuyg'ulari haqidagi eng murakkab tushunchalar o'spirinlarni chuqur va har tomonlama tushunib olish uchun etarlidir, ular o'spirinlardan shu jihatdan ham farq ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:32:31
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.11 MB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:48
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:32 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.11 MB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:48 ]
Arxiv ichida: pptx