O'spirinlik davri Reja: O'spirinlik inson hayot yo'li tizimidagi o'rni. O'spirinlik davrini psixologik nazariyalari. Yosh chegaralari. O'spirinlik davrida intellektual sohani rivojlanish. Ilk o'spirinlik davri «kamolot bo'sag'asi» deb ta'riflanadi. Bu kamolot bosqichi fiziologik, psixologik va ijtimoiy chegaralarni o'z ichiga oladi. Psixologiya fani o'spirinlik muammosini kompleks o'rganishni da'vat etadi. Bu juda qiyin masala, chunki psixofiziologik taraqqiyot sur'ati bilan uning bosqichlari ijtimoiy yetilish muddati bilan hamma vaqt ham to'g'ri kelavermaydi. Akseleratsiya natijasida bugungi ilk o'spirinlarning taraqqiyoti avvalgi avlodlarga nisbatan o'rtacha ikki-uch yil avval yetilmoqda. Fiziologlar bu jarayonni 2-darajali jinsiy belgilarning paydo bo'lishiga qarab, 3ta bosqichga ajratadilar: Akseleratsiya munosabati bilan o'spirinlik yoshining chegarasi 15-16 dan 23 yoshgacha bo'lmoqda. Bunda ilk o'spirinlik 15-18 yosh, o'spirinlik 18-23 yoshdagi yigit va qizlarni o'z ichiga olaai. Demak, o'spirinlik ham oldin boshlanadi. Lekin, bu taraqqiyot davrining konkret mazmuni birinchi navbatda ijtimoiy sharoitlar bilan belgilanadi. Yoshlarning jamiyatda tutgan o'rni, ularning mavqeyi, ular egallaydigan bilimlarning hajmi va bir qator boshqa omillar ijtimoiy sharoitlarga bog'liqdir. Ilk о spirinlik yoshidagi bolalar bu 15 yoshdan 17-18 yoshgacha bo'lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilaridir. O'spirinlik - bu odamning fuqaro sifatida shakllanishi, uning ijtimoiy jihatdan yetilishi, o'z taqdirini o'zi hal qilishi, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi davri, fuqaro va vatanparvarning ma'naviy sifatlari tarkib topadigan davrdir. Faol ijtimoiy hayot, o'qishning yangi xarakteri (mustaqil bilim olish) yigit va qizlar- da dunyoqarashning shakllanishiga, ularda mustaqillik va burch hissining tarkib topishiga, bilimning turli sohalarida ularning ijodiy qobiliyatini avj oldirishga katta ta'sir ko'rsatadi. Rus psixologi L.I.Bojovich ilk o'spirinlik davrida shaxs motivatsion sohasining rivojlanishiga urg'u beradi: o'quvchilarning hayotda o'z o'rnini va ichki pozitsiyasini aniqlashi, dunyoqarashning shakllanishi va uning bilish faoliyatiga, o'z-o'zini anglashga va axloqiy ongga ta'siri nazarda tutiladi. Ilk o'spirinlar mustaqil hayot sohasida yaqin istiqbolga ega bo'lar ekanlar, o'zlarining hayot yo'llarini belgilab olishga, bundan buyongi mehnat faoliyatlarining aniq istiqbollarini aniqlab olishga, o'zlarining kelgusi ixtisoslarini tanlashga intiladilar. Shu munosabat bilan kasb-hunarga oid qiziqishlar tarkib topadi va yanada barqarorroq bo'lib qoladi, yigit va qizlar o'z kelajaklari haqida jiddiyroq o'ylay boshlaydilar. Ilk o'spirinlik davridagi jismoniy rivojlanish ustida to'xtalib o'tamiz, bu narsa quyidagi sabablarga ko'ra muhimdir. Jismoniy rivojlanishning ayrim xususiyatlari ilk o'spirin shaxsining ayrim sifatlari rivojlanishiga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatadi va uning bundan keyingi hayot faoliyati sohasidagi imkoniyatlarini bir qadar belgilab beradi. Birinchidan bu o'rinda kasb tanlash nazarda tutiladi, bu esa ma'lum darajada yigit va qizlarning individual jismoniy tuzilishi xususiyatlariga ham bog'liqdir. Ikkinchidan, jinslarning o'zaro mayli ta'sir ko'rsatadiki, bunda jismoniy rivojlanish xususiyatlari ancha muhim rol o'ynaydi. O'zining jismoniy kuchini va jozibadorligini, sog'lomligi va mukammalligini his etish ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:32:31
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.03 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:32 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.03 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:49 ]
Arxiv ichida: doc