O'spirinlik davrida oquv faoliyati. O'spirinlarda kasb tanlash muammolari va yechimlar . Reja: O'spirinlik davrining psixologik xususiyatlari O'quv faoliyati va aqliy rivojlanish O'spirinlik davri va kasb tanlash O'spirinlik davrining psixologik xususiyatlari O'spirinlik- bu odamning fuqaro sifatida shakllanishi uning ijtimoiy jihatdan yetilishi o'z taqdirini o'zi hal qilishi ijtimoiy hayotga faol ishtirok etishi davri fuqarolik va vatanparvarlik kabi ma'naviy sifatlari tarkib topadigan davridir. Ilk o'spirinlik davrining psixologik xususiyatlaridan biri bu jismoniy jihatdan voyaga yetishi, maktabni bitirgandan keyin mustaqil hayot kechirish, ishlab chiqarishda mehnat qilishi va oliy o'quv yurtida o'qishi uchun yetarli bo'ladigan g'oyaviy va ma'naviy yetuklik darajasiga erishadi. Bu davrning eng muhim ko'rsatkichlaridan biri fuqarolik pasportini olishi, saylash va saylanish huquqini qo'lga kiritilishi bularning barchasi uning fuqaro sifatida yetukligining ko'rsatkichidir. Ilk o'spirinlik davrida mehnat va o'qish asosiy faoliyat sifatida muhim o'rin egallaydi. Ilk o'spirinlik yoshida jo'shqin kuch-g'ayrat shijoat mardlik katta va qahramonona ishlarga romantk ravishda intilishlari avj olgan yosh davridir. Ilk o'spirinlik davrida psixik rivojlanishning harakatga keltiruvchi kuch maktab jamoasi va o'quv faoliyati tomonidan qo'yiladigan talablar darajasining keskin ortishi bilan u erishgan psixik rivojlanish darajasi o'rtasidagi qarama-qarshilikdan iboratdir. Bu qarama-qarshiliklar ilk o'spirinlik davrida o'quvchilarning axloqiy, aqliy va ijodiy kuchlarini intensiv taraqqiyoti yo'li bilan hal etiladi. O'smirlik davrida shaxsning rivojlanishida bir qator o'zgarishlar sodir bo'ladi bu albatta ilk o'spirinlik davridan keskin farq qiladi. Uning ijtimoiy faoliyati ko'pincha maktabdan tashqariga chiqadi ya'ni u odatda maktabda tashkilotchilik rahbarlik va tarbiyaviy fuktsiyalarni bajaradi. Ravshanki uning jamiyatdagi mavqei keskin ravishda o'zgaradi va shaxsning shakllanishiga muhim ta'sir etadi. Ilk o'spirin yoshidagi o'quvchilar o'zining kuchli va ojiz tomonlarini o'zning ustunlik va kamchiliklarni o'smirga qaraganda yaxshiroq va chuqurroq baholay oladi. Biroq o'smir tomonidan o'z o'ziga baho berish birmuncha obyektivroq bo'lib bu ularga kattalar tomonidan berilayotgan fikr va mulohazalarga tayaniladi. Ilk o'spirinlik davrida esa bu boshqacharoq tarzda amalga oshiriladi ya'ni yoshning ortishi bilan unda o'z shaxsini o'z xatti-harakatlari va faoliyatini mustaqil tahlil qilish va baho berish an'anasi kuchayadi. O'z o'ziga baho berish esa hamisha tashqaridan berilgan bahoni anglashdan ko'ra qiyinroqdir. O'z shaxslarini tahlil qila olsalar ham ular o'zlariga nisbatan obyektiv baho bera olmaydilar. Ayrim paytlar o'zlariga nisbatan juda yuqori baho beradilar. Ilk o'spirinlik davrida endi shaxsning ko'p qirrali munosabatlarini ifodalovchi sifatlari anglanadi. O'smir o'zning hozirgi ahvoliga muvofiq ravishda o'ziga baho bersa ilk o'spirin o'zining kelajagiga muvofiq ravishda o'ziga baho beradi. O'quv faoliyati va aqliy rivojlanish Ilk o'spirinlik davrining o'quv faoliyati o'zining mazmuni va xarakteri jihatidan o'smirlar o'quv faoliyatidan tubdan farq qiladi. Bu yerdagi asosiy farq ta'lim mazmunining chuqurlashuvi va o'quvga oid yangi ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:32:31
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
168.01 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:49
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:32 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
168.01 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:49 ]
Arxiv ichida: pptx