O'spirinplik davrida shaxsning rivojlanish xususiyatlari

O'spirinplik davrida shaxsning rivojlanish xususiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
O'spirinplik davrida shaxsning rivojlanish xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

O'spirinplik davrida shaxsning rivojlanish xususiyatlari Reja: Men siymosi va barqaror o'zini-o'zi anglashni shakllanishi. O'spirinlik davrida inqiroz muammosi. O'spirinlik davrida ijtimoiy faollik. Kelajakka intilish ilk o'spirinlarning psixologik xususiyati hisoblanadi. Ilk o'spirinlik davrida shaxs rivojlanishining muhim omili hayotiy rejalar qurish. hayotiy istiqbollarni anglash hisoblanadi. Hayotiy reja keng tushuncha bo'lib, shaxsiy o'z-o'zini belgilashning barcha sohasini qamrab oladi. Kelajakka hayotiy rejalar qurish, kasbiy o'z-o'zini belgilash - o'spirinlik davridagi markaziy psixologik yangilikdir. G'arb psixologiyasida o'z-o'zini belgnash jarayoni identiklikning shakllanish jarayoni ham deb ataladi. Erikson shaxsiy identiklikni izlashni kattalik davrida markaziy vazifa sifatida qaragan. Eriksonning ta'kidlashicha, identiklik inqirozi bir necha qarama-qarshiliklarni o'z ichiga oladi: vaqtinchalik istiqbol; o'ziga ishonish yoki tortinchoqlik; turli rollarni sinab ko'rish yoki bir rolda qotib qolish; shogird tushish; lider munosabati (avtoritetning noaniqligi yoki davomchisi); g'oyaviy e'tiqod yoki qadriyatlar tizimining aralashib ketishi. Bu murakkab yo'lda muvaffaqiyatsizliklar ham bolishi mumkin. Identiklik diffuziyasi (yoki rollarning aralashib ketishi) o'spirin ancha uzoq vaqtgacha psixoijtimoiy o'z-o'zini belgilashni amalga oshira olmay qiynaladi. Shunday qilib, hayotiy rejalarni tuzish o'tmish, kelajak va hozirgi «Men»ning qulay birikuvi asosida quriladi. O'spirinlik davrida shakllangan ijobiy «Men» konsepsiyasi, o'z-o'zini hurmat qilish, o'z-o'zini qadrlash hissi istiqbol maqsadlarni qurishga va ularga erishish uchun faol intilishga undaydi. O'spirinlarda qadriyatlar shakllanadi, dunyoga umumlashtirilgan qarashlar tizimi sifatida dunyoqarash shakllanadi, hayotga anglangan umumlashgan munosabat inson hayotining mazmuni shakllanadi. O'spirinlarni hali to'la katta deb hisoblab bo'lmaydi, chunki ularning shaxs xususiyatlarida hali bolalikni kuzatish mumkin. Bu ularning fikrlarida, berayotgan baholarida, hayotga va o'z kelajaklariga munosabatlarida ko'zga tashlanadi. Ko'pchilik o'spirinlar maktabni tugatish vaqtiga kelib ham kasb tanlashga nisbatan mas'uliyatsiz yondashadilar. Bu davr o'spirinning axloqan o'z-o'zini anglashi va barqaror «Men» obrazining shakllanishi, shuningdek, axloqning yangi bosqichiga o'tishi bilan xarakterlanadi. Bu anglash oddiygina o'sishdan iborat bo'lib qolmasdan, u sifat jihatdan o'ziga xos xarakterga ega bo'ladi, bu hoi o'z shaxsining ma'naviy-psixologik xususiyatlarini konkret hayotiy maqsadlar va intilishlar nuqtayi nazaridan anglash va ularga baho berish ehtiyoji bilan bog'langandir. Ilk o'spirinning o'zini o'zi anglashi o'smirning o'zini o'zi anglashidan xuddi shu tomonlari bilan farq qiladi. Xuddi ana shu narsa ilk o'spirinlarda o'zining psixik hayotiga, o'z shaxsining sifatlariga, o'z qobiliyatlariga chuqur qiziqish uyg'otadi, xuddi shuning uchun ham o'z xatti-harakatlariga nazar tashlash, o'z his-tuyg'ularini va kechinmalarini bilib olish ehtiyoji paydo bo'ladi. O'z-o'zini anglash o'quvchining ichki kechinmalar dunyosiga kirishi bilan bog'liq emas va foydasiz, maqsadsiz o'z-o'zini tahlil qilishdan ham iborat emas.O'z-o'zini anglash hayot va faoliyat talablaridan kelib chiqadi. Jamoadagi yangi vaziyat, tevarak-atrofdagilar bilan bo'ladigan yangicha munosabatlar o'quvchini o'z imkoniyatlarini baholashga, o'zining shaxsiy xususiyatlarini, o'ziga nisbatan qo'yilayotgan talablarga javob bera olishi yoki javob bera olmasligi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.38 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.38 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga