O'zbek xalqida bemor bilan munosabatda bo'lishning psixologik xususiyatlari

O'zbek xalqida bemor bilan munosabatda bo'lishning psixologik xususiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
O'zbek xalqida bemor bilan munosabatda bo'lishning psixologik xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbek xalqida bemor bilan munosabatda bo'lishning psixologik xususiyatlari M U N D A R I J A Kirish …….……3 I-BOB: Tibbiyot psixologiyasining nazariy-tarixiy asoslari va bugungi kundagi dolzarb muammolari…….…….6 1.1. Tibbiy psixologiyaning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi……6 1.2. Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot psixologiyasigi oid qarashlari……10 1.3. Hozirgi zamon tibbiyot psixologiyasining dolzarb muammolari va ilmiy tadqiqot usullari ……15 1.4. Bemor shaxsi va kasallikning psixologik xususiyatlari…… ……26 II-BOB: Turli kasalliklarda bemor bilan munosabatda bo'lish psixologiyasi …….29 2.1. Ambulatoriya sharoitida bemorlar bilan munosabatda bo'lish psixologiyasi …….29 2.2. Mamlakatimiz tibbiyot muassasalarida bemor bilan munosabatda bo'lishning psixologik asoslari…… 33 2.3. Dorilar va boshqa vositalar bilan davolashning psixologik masalalari ……57 2.4. Ruhiyatni tarbiyalashda psixogigiyena va psixoprofilaktikaning o'rni ……66 Xulosa73 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati78 Kirish Mavzuning dolzarbligi: Jamiyatni sog'lomlashtirish va sog'lom turmush tarzini qaror toptirish barcha zamonlarda birdek eng dolzarb, obyektiv zaruriy omillardan biri bo'lib kelgan. Barcha rivojlangan davlatlarda bo'lgani kabi mamlakatimizda mustaqillik yillarida, birinchi navbatda jamiyatning sog'lomligi, fuqarolarning farovon turmush tarzini shakllantirishga alohida etibor qaratilmoqda. Sog'lom turmush tarzi - bu insonning umrini qisqartirishga olib keluvchi kasallik va sabablarning oldini olishga qaratilgan harakatlardan va umrini uzaytirishga qaratilgan hayot tarzidan iborat bo'lib, unga faqatgina jamiyatni sog'lomlashtirish va sog'lom ijtimoiy muhitni qaror toptirish natijasidagini erishiladi. Shu bois ham O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov, Azizlarim, Alloh bergan sog'liqni asraylik, chunki sog'lom odamgina chinakam baxtli bo'ladi, chunki sog'lom millat buyuk ishlarga qodir bo'ladi, deb takidlaydi. Inson salomatligi azaliy va ko'p qirrali masala bo'lib, hozirgi globallashuvning markaziy nuqtasida turadi. Jamiyatni muqarrar haloqatdan olib qolish uchun sog'lom, baquvvat avlodni tarbiyalashimiz hayotiy zaruratdir. Sog'lom, ma'naviy yetuk shaxsni shakllantirish uchun ta'lim muassasalari, mahalla, oila asosiy o'rin tutadi. Mamlakatimizda aholi salomatligini saqlash va ularga ko'rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan bir qator dasturlar qabul qilingan. Yurtimizda bepul tibbiy yordam ko'rsatish tizimi joriy etilgan va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doimiy g'amhurlik qilib kelinmoqda. Bugungi kunda tibbiyotning eng dolzarb muammolaridan biri bo'lgan tibbiyot psixologiyasining rivojlanishiga alohida etibor qaratilib, kasalxonalarda psixologik xizmatni tashkil etish, bemorlar bilan tibbiyot xodimlari o'rtasidagi munosabatlarni yaxshilash, shifokor va hamshiralarga muloqot odobi doirasida muomala qilish mahoratini o'rgatishga harakat qilinmoqda. Tadqiqotning maqsadi: O'zbek xalqida bemor bilan munosabatda bo'lishning psixologik omillari va mexanizmlarini tadqiq etishdan iborat. Tadqiqotning obyekti: Tibbiyot xodimlari va muassasalarda davolanayotgan bemorlar. Tadqiqotning predmeti: Tibbiyot muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan tibbiyot xodimlarning kasbiy madaniyati, bir-biriga va bemorlar bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlari psixologiyasini tushuntirib berishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: 1) Tibbiyot psixologiyasining nazariy-tarixiy asoslari va bugungi kundagi dolzarb muammolarini o'rganish; 2) Sharq mutafakkirlari, jumladan Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot psixologiyasiga oid ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 110.52 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 110.52 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga