O'zbekistonda psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaning rivojlanishi

O'zbekistonda psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaning rivojlanishi

O'quvchilarga / Psixologiya
O'zbekistonda psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaning rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaning rivojlanishi Reja: O'zbekistonda psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaning rivojlanishi Eksperimental psixologiyaning shakllanish tarixi Daslabki pedagogik va psixologik fikrlar markazi 1918-yili Toshkent va keyinchalik Chimkent shahrida tashkil qilingan. Pedagogika muzeyi va pedagogik laboratoriya universal o'quv tarbiya muassasasi bo'lib ta'lim- tarbiya bilan bog'liq bo'lgan hamma vazifalarni qamrab oladi. Buning natijasida yordam ta'lim metodlari ishlab chiqarilgan, shu yerning o'zida sinalgan va Respublikaning boshqa o'quv muassasalariga tarqatilgan. Ishning bunday tashkil qilinganligi tadbiq qilishga imkon bergan. Pedagogik laboratoriya haqida Nizomda bu joy pedagogik fikr va ishning markazi bo'lishi lozim. Shuning uchun bir tomondan psixologik ishning har bir yangilik o'qitishda laboratoriyada to'plangan boy tajribadan foydalanish imkoniyati berilishi kerak, bu imkoniyat bevosita maktablarga joriy qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Boshqa laboratoriya va kabinetlar bilan bir qatorda pedagogik laboratoriya va pedagogik muzeyda eksperimental psixologik laboratoriyasi ham mavjud bo'lib, bu yerda turli xil psixologik tajribalar amalga oshirilgan 1919-yili 1 aprelda Kavman Xorvat maorif komissariga xat yo'llab, davlatning ko'zi ojiz, gung, ruhiy kasal va psixologik taraqqiyoti hamda psixikasi muvozanatsiz bolalarni o'z tarbiyasiga olishi zarurligini ta'kidlagan. Xuddi shu maqsadda butun bir maxsus muassasalar tizimini tashkil etishni taklif etgan. Xorvatning taklifi bir necha yo'nalish bo'yicha diqqatga sazovordir. Birinchidan, bu kompleks xarakterdagi ish bo'lib, biron-bir psixonevrologik kasallik nazardan chetda qolmagan. Ikkinchidan, bu rejada ketma-ketlikdan bir necha bosqich nazarda tutilgan: 1. Kasallik diagnostikasi (tadqiqot darajasi). 2. Kasallarni davolash (amaliy tibbiy darajasi). 3. Kasallarni tarbiyalash va ta'lim berish (amaliy ta'lim darajasi). Birinchi darajani psixologik laboratoriya, ikkinchi darajani davolash maxsus muassasasi, uchinchi darajani maktablar amalga oshirish ko'zda tutilgan. Turkistondagi muassasalardan biri O'zbek davlat ilmiy tadqiqot instituti, hozirgi Qori Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti 1929-yili tashkil qilingan bo'lib, hozirgi kunga qadar bu institut o'qitishning pedagogik konsepsiyalari maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida ta'lim-tarbiya nazariyasini yaratuvchi yagona markaz hisoblanadi. 1930-yillar boshlarida institut tarkibida quyidagi kabinetlar mavjud bo'lgan: 1. Ijtimoiy gigiyena kabineti. 2. Iqtisod kabineti. 3. Pedagogik-psixologiya kabineti. 4. Psixologik laboratoriya kabineti. Institut tashkil bo'lgan vaqtdan boshlab milliy mentalitetni va ijtimoiy muhitni chuqur tadqiq qilish bolalarning psixologik ijtimoiy-madaniy xususiyatini hisobga olgan holda darslarni yaratish bilan shug'ullandi. Institut faoliyatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat edi. 1. Ilmiy ekspedisiyalar uYushtirish. 2. Bolalar xarakterini o'rganish. 3. Pedagogik kadrlar tayyorlash. Ushbu institutning faoliyati Bendrikov, Leventuev, Zavarova, Yusupov, Tokanaev, Debenzov, Mirsharipov, Muxiddinov kabi olimlarning nomlari bilan chambarchas bog'liq. 1930-yillarda bu institutda jahon psixologiya faniga katta hissa qo'shgan olimlardan biri Aleksandr Romanovich Luriya ishlagan. U o'z institut doirasida o'tkazgan tadqiqotlari asosida keyinchalik Ob istoricheskom razvitie poznavatelnix protsessov - Bilish jarayonlarining tarixiy taraqqiyoti ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.16 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.16 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga