Pedagogik mahoratning psixologik xususiyatlari

Pedagogik mahoratning psixologik xususiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Pedagogik mahoratning psixologik xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik mahoratning psixologik xususiyatlari Mundarija Kirish3 I- Bob. Pedagogik mahoratning nazariy asoslari va uning о'qituvchi faoliyatida tutgan о'rni5 1.1. Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari6 1.2. Xorijiy pedsgoglar va buyuk sharq mutafakkirlari pedagogik mahorat haqida12 1.3. О'qituvchining pedagogik mahorati va qobiliyatlari7 II- Bob. Muloqot - pedagogik mahoaratning namoyon bо'lish jarayonining obe'kti va subyekti sifatida33 2.1. Muloqot va pedagogik mahorat33 2.2. Pedagogik texnikani shakllantirish uslublari va uning psixologik xususiyatlari48 2.3.Ilg'or pedagogik texnologiyalarni amaliy qо'llanilishida pedagogik mahoratning о'rni53 Xulosa58 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati60 Kirish Mavzuning dolzarbligi: Respublikamizda ko'pgina mavhum masalalar qatorida ta'lim - tarbiya ishini tubdan o'zgartirish, uni yangi zamon talablari darajasiga ko'tarish, sog'lom barkamol avlodni kamol toptirish, bugungi eng dolzarb masalalardan biridir. Bu borada qabul qilingan ta'lim to'g'risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida jiddiy ishlar amalgam oshirilmoqda. Talim tizimidagi yangilanish, asosan, Davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqishnigina amalgam oshirmay, balki ta'lim jarayoni orqali o'quvchini o'z kelajagini yorqin tasavvur qila oladigan, bu borada o'z taqdirini va o'z shaxsiga ongli munosabatda bo'lib, turli faoliyatlarda o'z - o'zini rivojlantira oladigan erkin, faol va mustaqil shaxsni shakllantirishni ko'zda tutadi. Maktab - jamiyatning ijtimoiy instetutlaridan biri bo'lib hisoblanib, uning boshqalardan farqi shundaki, u jamiyatni ilg'or demokratik va insonparvarlik ruhida rivojlantirishni ta'minlab beradi. Respublikamiz dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinayotgan ekan, uning kelgusi rivoji, gullab - yashnashi bugungi kun yoshlariga bog'liqdir. Demak, bugungi kun yoshlari har tomonlama rivjlangan o'ziga boshqa insonga, jamiyatga, tabiatga va mehnatga o'z to'g'ri munosabatini bildira olgan, mustaqil faoliyat ko'rsata olgan bo'lmog'i lozim. O'quvchida bunday xususiyatlarni rivojlanishi so'zsiz o'qituvchiga, uning o'quv tatbiya jarayonini to'g'ri boshqara olishiga bog'liqdir. Bugungi kunda har bir fan o'qituvchisi o'quvchilarga o'z fanini o'qitish orqali o'quvchi shaxsining yuqorida ko'rsatib o'tilgan jihatlarini tarbiyalay oladigan yaxshi pеdagogik mahoratni egallagan o'qituvchi bo'lishi lozim. Bunday o'qituvchi bo'lish uchun o'quv jarayonini yaxshi, to'g'ri, odilona va oqilona boshqara olish juda muhimdir. Ammo ko'p yilar davomida maktab ta'limi o'quvchini erkin faol, mustaqil, ijodkor, o'zini - o'zi boshqara oladigan shaxs qilib emas, balki tortinchoq, bo'ysinuvchan, o'z mustaqil fikriga ega bo'lmagan, o'z yo'lini tanlay olmaydigan shaxslarni tarbiyalab kеldi. O'qituvchilar o'quvchilarni o'ziga itoat etish, dars vaqtida jim o'tirish, savollarga albatta qo'l ko'tarib, ruxsat bеrilsa javob bеrish, o'qituvchining ko'rsatmalarini so'zsiz bajarishi orqali ish yuritadilar. Bunday o'qituvchilar o'quvchilarning qiziqish, layoqat, xohish - istaklarini hisobga olib, asosan o'quv rеjaga amal qiladilar. Dars jarayonida еtarli pеadagogik mahoratni egallagan bunday o'quvchilar uchun ta'limda o'quvchi shaxsini shakllantirish emas, balki fan asoslarini o'rgatishi, chu?urro? bilim bеrish ahamiyatlidir. Shuning uchun bunday o'qituvchilar uchun o'quvchilarning mustaqil fikrlari emas, balki o'rganayotganlarini o'zlashtirish muhimdir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 103.37 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 103.37 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga