Pedagogik psixologiya fanining maqsad va vazifalari Reja: Pedagogik psixologiya fanining predmeti, vazifasi va tuzilishi. Pedagogik psixologiyaning tamoyil va metodlari. Pedagogik psixologiya rivojlanshini tarixiy jihatlari. Pedagogik psixologiya fanining vazifalari, muammolari Pedagogik psixologiya - psixologiya fanining tarmog'i sifatida ta'lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta'sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o'rganuvchi fandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti o'quvchilarni maktabda bilim, ko'nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo'ladigan individual tafovutlarni, ularda mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri - maktabdagi ta'lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo'lib, bu hoi yangi ta'lim dasturiga o'tish bilan bogiiqdir. Pedagogik psixologiya uch bo'limdan iborat: ta'lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi va o'qituvchi psixologiyasi. Pedagogik psixologiya bo'limlari Pedagogik psixologiyaning vazifalari: ta'lim jarayonlarini boshqarishning psixologik masalalarini о'rganish; bilish jarayonlarining shakllanishini tadqiq qilish; aqliy taraqqiyotning ishonchli ko'rsatkichlarini aniqlash; ta'lim jarayonida aqliy taraqqiyotning samarali bo'lish sharoitlarini o'rganish; pedagog va o'quvchilar o'rtasidagi, o'quvchilar va o'quvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabat xususiyatlarini o'rganish; o'quvchilarga individual yondashish bilan bog'liq bo'lgan masalalarni o rganish. Pedagogic faoliyatni amalga oshirishning psixoiogik qonuniyatlarini o'rganish. Pedagogik psixologiyaning muammolari quyidagilar: Bolaning rivojlanishida uning hayotidagi har bir senzitiv davrni topish va undan iloji boricha ko'proq foydalanish muammosi. Bu masalaning muammoliligi shundaki, birinchidan, bola shaxsi va intellekti rivojlanishining barcha senzitiv davrlari ma'lum emas, uning qachon boshlanishi, qancha davom etishi va qachon tugashi noma'lum. Ikkinchidan, har bir bolaning hayoti o'ziga xos individual bo'lib. turli davrda har xil kechadi. Bolaga ongli tashkil etilgan pedagogik ta'sir va uning psixologik taraqqiyoti orasidagi bog'lanish muammosi. Ta'lim va tarbiya bolaning rivojlanishiga ta'sir etadimi, yoki u ta'lim va tarbiya natijasida faqat bilim, ko nikma va malakalarga ega bo'lib, uning intellektual va axloqiy rivojlanishga ta'sir qilmaydimi? Har qanday ta'lim bolaning rivojlanishiga ta'sir qiladimi yoki faqat muammoli va rivojlantiruvchi ta'limmi? Ta'lim va tarbiyaning umumiy va yosh muammolari. Bola hayotining har bir aniq davrida ta'limga yoki tarbiyaga urg'u berish kerakmi? Bola hayotining ayni davrida nimaga ko'proq ehtiyoj sezadi: kognitiv-intellektual yoki shaxs sifatida rivojlanishgami? Pedagogik ta'sirlarning kompleksligi va bola taraqqiyotining sistemaliligi xarakteri muammosi. Bola taraqqiyotini kognitiv va shaxsiy xislatlarning o'zgarishi sifatida tasavvur qilsak, ularning har biri alohida rivojlanishi mumkin, har birining rivojlanishi boshqa xususiyatlarga bog'liq. Bola xulq-atvori va psixologik xarakteristikalarining rivojlanishi ta'lim va yetilishga, layoqat va qobiliyatlar, genotip va muhitga bog'liqligi muammosi. Ta'limni bola organizmida ma'lum neyrofiziologik tuzilmalar yetilmasdan boshlash mumkin-mi? Ta'lim bolaning organik rivojlanishiga ta'sir qiladimi? Agar ta'sir qilsa, qanday darajagacha ta'sir qiladi? Genotip hamda muhit bolaning psixologik va xulq-atvori rivojlanishiga alohida, birgalikda qanday ta'sir qiladi? Bolaning ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:32:31
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.19 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:32 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.19 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:52 ]
Arxiv ichida: doc