Psixika haqida umumiy tushuncha

Psixika haqida umumiy tushuncha

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixika haqida umumiy tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Psixika haqida umumiy tushuncha Reja: Psixika nima? Psixika va uning revolyutsiyasi Psixikaning filogenetik taraqqiyoti Psixika bu? Psixika (qadimgi yunoncha: ψῡχικός, psychikos - ruhiy) yoki ruhiyat - yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)ning voqelikni alohida shaklda aks ettirishdan iborat xususiyati. Asosan, sezgi, tasavvur, tafakkur, irodaviy xatti-harakat va boshqa subyektiv obrazlarda aks etadi. Psixika materiyaga nisbatan ikkilamchi, xreila Psixika materiya taraqqiyotining muayyan bosqichida - tirik organizmlarda sezuvchanlikning alohida shakli yoki his qilish qobiliyati paydo bo'lishi bilan vujudga kelgan. Tirik mavjudotning morfologik-fiziologik tuzilishi murakkablashuvi, unda nerv sistemasining vujudga kelishi va taraqqiy etishi, bosh miya, uning katta yarim sharlarining shakllanishi va takomillashishi jarayonida rivojlangan. Psixika o'zga alohida olam emas; u organik hayotning yuksak shakllaridan bo'lib , faqat hayvonlar va odamlarga xosdir. hayvonlar bilan odam, o'simliklardan farq qilib, yolg'iz organik hayotga ega bo'libgina qolmay,balki, shu bilan birga, psixik hayotga ham egadir. Lekin ma'lumki hayvonlarning psixik hayoti insonlarnikiga qaraganda soddaroqdir. Odam psixikasi hayvonlar psixikasidan sifat jihatidan farq qiladi. Odamda psixik hayotning yuksak shakli ong - bordir. Odam ongli mavjudotdir. Inson psixikasining paydo bo'lishi va rivojlanishi masalasi tadqiqotchilar oldida turgan eng dolzarb va murakkab masalalardan biridir. Ilmiy-materialistik ta'limotga ko'ra psixikaning paydo bo'lishi materiyaning o'zok rivojlanishi natijasidir. Organik va anorganik materiya doimo harakatda, o'zgarishda va rivojlanishda bo'ladi. hayvonlar psixikasining taraqqiyoti masalasi bilan atokli rus psixologi A.I.Leontev, zoopsixologlar K.E.Fabri va A.I.Seversov shugullanganlar Inson psixikasi hayvon psixikasidan uzining quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi: Inson o'zi anglagan zaruratga ko'ra ongli xatti-harakat qilish qobiliyatiga ega. Odamning hayvondan ikkinchi farqi uning qurollarni yaratishga va saqlash ga layokatli ekanligidir.hayvonlar xam qurol yasashi mumkin, lekin ular qurolni odamlar singari birgalashib,jamoa bo'lib yasamaydi. Inson psixik faoliyatining ajralib turadigan uchinchi belgisi ijtimoiy tajribaning biridan ikkinchisiga o'tkazilib turishidir. his-tuyg'ulardagi tafovut hayvon bilan inson o'rtasidagi turtinchi juda muhim tafovut bo'lib hisoblanadi.his-tuyg'u ikkisida xam bor.Fakat inson boshqa kishining gam-gussasini va kuvonchini birgalikda baxam kura oladi, fakat odamgina tabiat manzaralaridan zavklanadi. Psixikaning paydo bo'lishi materiyaning uzoq taraqqiyoti bilan tushuntiriladi. Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bulmish aks ettirish xususiyatiga, ya'ni ta'sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga ega. Aks ettirish shakllari materiyaning yashash shakllariga bog'liqdir sezuvchanlik shunday ta'sirlanuvchanlik-ki, uning natijasida hayot uchun zarur ta'sirlar signallashadi. Sezuvchanlikning namoyon bo'lishi, psixikaning paydo bo'lishiga obyektiv biologik belgi sifatida xizmat qiladi. Psixik ta'sirlanuvchanlikning o'ziga xos yuqori sifat o'zgarishi -sezuvchanlik-psixik aks ettirishning oddiy turi yuzaga kelganida boshlanadi. hayvonlar evolyusiyasi jarayonidagi psixikaning sifat o'zgarishlarini A.N.Leontev o'zi ifodalagan psixik rivojlanish bosqichlariga asos qilib oldi Psixika - subyektivlik bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.53 MB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:54 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.53 MB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga