Psixikaning Filogenetik Taraqiyot Reja: Psixika nima. Psixikaning filogenetik taraqiyoti. Psixik hodisalar. Atamalar Seskanuvchanlik - psixika taraqqiyotining dastlabki bosqichi bo'lib tirik organizmning biologik ahamiyatga ega qo'zg'atuvchining ta'siriga javob berish. Sezuvchanlik - psixika taraqqiyotining yuqoriroq bosqichi, sezish bilan bog'liq. Instinkt - hayvonlarning tug'ma xatti - harakati. Filogenetik taraqqiyot - butun insoniyat rivojlanishi. Ong - psixikaning yuksak darajasi. Ontogenetik taraqqiyot - bitta organizmning rivojlanishi. Psixika nima? Psixika (qadimgi yunoncha: ψῡχικός, psychikos - ruhiy) yoki ruhiyat - yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)ning voqelikni alohida shaklda aks ettirishdan iborat xususiyati. Asosan, sezgi, tasavvur, tafakkur, irodaviy xatti-harakat va boshqa subyektiv obrazlarda aks etadi. Psixika materiyaga nisbatan ikkilamchi, xreila. Bu psixikaning mavjudlik usuli (psixika miya xususiyati)da va uning mazmuni (psixika - obyektiv olamning subyektiv obrazi)da ko'rinadi. Psixika nima? Psixika materiya taraqqiyotining muayyan bosqichida - tirik organizmlarda sezuvchanlikning alohida shakli yoki his qilish qobiliyati paydo bo'lishi bilan vujudga kelgan. Tirik mavjudotning morfologik-fiziologik tuzilishi murakkablashuvi, unda nerv sistemasining vujudga kelishi va taraqqiy etishi, bosh miya, uning katta yarim sharlarining shakllanishi va takomillashishi jarayonida rivojlangan. Psixikaning o'ziga xos organi insonda va oliy darajada rivojlangan hayvonlarda bosh miyadir. Psixika nima? Psixika - subyektivlik bilan obyektivlikning birligidir. Psixik faoliyat doimo muayyan subyektga xos bo'lib, uning individual xususiyatlari bilan bog'langandir. Ayni vaqtda psixika obyektiv olamning muayyan manzarasini yaratuvchi miya in'ikos faoliyatining real jarayoni sifatida obyektivdir. Psixika psixik jarayonlar, holatlar va insonning psixik xususiyatlarining zohiriy birligidir. Psixika nima? Psixika rivojining oliy shakli - inson psixikasidir. Uning paydo bo'lishi va rivojlanishida insonga xos bo'lgan atrofdagi olam bilan o'zaro munosabatga kirishish usuli - mehnat hal qiluvchi rol o'ynagan. Inson psixikasi faqat biologik taraqqiyotning emas, ijtimoiytarixiy taraqqiyotning ham mahsulidir. Ijtimoiy, mehnat amaliyoti oliy, faqat insongagina xos psixika shakli - oyagni vujudga keltirdi. Psixika nima? Inson psixikasining eng muhim xususiyati - ishlar, hodisalar va boshqalarni oldindan ko'ra bilish va o'zi nima qilishini rejalashtirishdan iborat. Inson obyektiv voqelikdagi predmetlar va hodisalarni tajribaga asoslanib idrok qiladi. Insonning psixik faoliyati asosida birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o'zaro ta'siri yotadi. Psixikaning muhim tomoni uning reflektorlik tabiati, ya'ni reflekslar hosil bo'lishi, bu jarayonning to'xtovsiz va qat'iy kechishidir. Real psixika faoliyat ko'rinishida mavjud. Psixika nima? Faoliyatda u shakllanadi, namoyon bo'ladi va bilib olinadi. Inson psixikasining shakllanishida ta'lim va tarbiya muhim rol o'ynaydi. Ta'lim va mehnat jarayonida har bir shaxs psixikasining individual rivojlanishi yuz beradi, bu insoniyat to'plagan moddiy va ma'naviy boyliklarni o'zlashtirishdan iboratdir. Psixikani psixologiya o'rganadi. Psixikaning Filogenetik taraqiyoti Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to organik materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:32:31
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.11 MB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:54
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:32 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.11 MB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:54 ]
Arxiv ichida: pptx