Psixoanaliz maktabi

Psixoanaliz maktabi

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixoanaliz maktabi - rasmi

Material tavsifi

Psixoanaliz maktabi Reja: 1. Z.Freydning psixoanalizida psixik rivojlanish masalasi 2. Bolalik psixoanalizi 3. Hozirgi zamon psixoanalitikasi bolalarni tarbiyalash va rivojlanishi haqida Z.Freyd hayoti haqida Zigmund Freyd 1856 yilda Freyburgda, o'sha paytdagi Avstriya Vengriya imperiyasining hozirgi kunda Chex Respublikasiga taaluqli qismida tug'ildi. U tibbiyotni Venada o'rgandi va shu yerda Avstriyani natsistlar 1938 yilda anneksiya qilgunlariga qadar yashadi. Yahudiy sifatida u vatanini tashlab ketishga majbur bo'ldi va Londonga borib o'rnashdi, o'sha yerda 1939 yilda vafot etdi. Uzoq yillar davomida u bedavo saraton kasalligi bilan kurashib yashadi. Uning eng mashhur asarlari quyidagilar: Tushlarning tabiri, Psixoanalizga kirish bo'yicha ma'ruzalar, Lazzat tamoyili ortida, Bir illyuziyaning kelajagi, Madaniyatdan norozilik, Muso va monoteizm Ontogenezda rivojlanish psixikasi tushunchasiga psixoanalitik yondashuv asoslari Z.Freyd tomonidan kiritilgan. Psixik rivojlanish psixoanalizida qiziqishlar, motivlar va tuyg'ular sohasini murakkablashishi jarayoni bilan shaxs rivojlanishi hamda uni tuzilishi va funksiyalarini takomillashishi bilan tenglashtiriladi. Z.Freyd inson psixikasini 3 bosqichga yani psixik jarayonlarni prinsipial anglash imkoniyati mezoni bo'yicha ong, ongosti va ongsizlikka ajratadi. Uning ilmiy qiziqishlari birinchi navbatda jinsiy va agressiv qiziqishlarini majmuasiga qaratilgan. Aynan ongsizlik birinchi bo'lib jamiyatga qarshi turadi. Freyd shaxs rivojlanishini individni tashqi ijtimoiy dunyoga moslashishi sifatida kiritgan hamda unga begona lekin juda ham zarur debhisoblaydi. Inson shaxsi Z.Freyd bo'yicha o'z tarkibiga tuzilmaviy komponentlarni qamrab oladi: U Men Oliy Men U (Id)-shaxsning primitiv yadrosi u tug'ma xarakterga ega, ongsizlik joylashgan va qoniqish tamoyiliga bo'ysunadi. Idda tug'ma impulsiv qiziqishlar mavjud (hayot instinkti Eros va o'lim instinkti Tanatos) va psixik rivojlanishni energetik asosini tashkil etadi. Men (Ego) shaxsni ratsional va anglanuvchi qism.u biologik etilishga ko'ra,hayotning 12 va36 oylari orasida yuzaga keladi va reallik prinsipi bilan boshqariladi. Egoning vazifasi sodir bo'layotganlarni tushuntirish va insonni xulqini shunday tuzish kerakki, uni instinktiv talablari qondirilishi, jamiyatning va ongning cheklovlari buzilmasligi kerak. Egoning hamkorligida indvid va sotsium o'rtasidagi nizo hayot mobaynida sustlashishi kerak. Oliy -Men (Super Ego) shaxsning tuzilmaviy tarkibi sifatida eng oxirida 3-6 yoshlar orasida shakllanadi. Super Ego insof uni moslashishini ifodalaydi va bu jamiyatda qabul qilingan normalarni amal qilishini qattiq nazoratga oladi. Id va Super Ego tarafidagi an'analar odatda nizoli xarakterga ega bo'lib, bu havotirlanish, asabiylashishni keltirib chiqaradi. Bunga javoban Ego bir qtor himoya mexanizmlarini yaratadi va qo'llaydi. Ular siqib chiqarish, ratsionallashtirish, sublimatsiya, proyeksiya, regressiya va boshqalar. Himoya mexanizmi atamasi 1894-yilda dastlab Z.Freyd tomonidan fanga kiritildi. Keyinchalik mazkur sohadagi tadqiqotlarning miqdorini ortib borishi natijasida uning amaliy va nazariy ahamiyati ham ortib bormoqda. Psixologik himoya - bu shaxsni salbiy kechinmalardan himoya qilishga yo'naltirilgan anglanmagan psixik jarayondir. Shaxsning himoya mexanizmlari uning psixikasida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 144.25 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:54 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 144.25 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga