Psixodiagnostik tekshiruvda qo'llanadigan asosiy metodlar haqida umumiy ma'lumot Reja: 1.Metod va metodika haqida tushuncha. 2.Standartlashtirilgan va ekspert (klinik) metodlarning asosiy farqlari. 3. Kuzatish, Eksperimen metodi. Metod va metodika haqida tushuncha Metod - (Yunoncha. Metodos- tabiat hodisalarini tekshirish usuli).Psixodiagnostik metod - psixologiya fanining tadqiqot usulidir. Psixodiagnostik metod psixologiya fanining eksperimental va eksperimental bo'lmagan an'anaviy tadqiqot metodlariga nisbatan o'ziga xoslikka ega. Psixodiagnostik metodlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, o'rganilayotgan hodisaning miqdoriy (va sifatiy ) baholash imkoniyatining mavjudligi tufayli o'lchash-sinashga yo'naltirilganligidir.Buni ma'lum qoidalarni bajarish natijasida amalga oshirish mumkin bo'ladi. Psixologiyaning metodlari: kuzatish, eksperiment, suhbat, anketa, test, faoliyat natijalarini tahlil qilish, sotsiometriya. SHaxsning biror bilish jarayonlari, psixik holatlari yoki individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan aniq test yoki so'rovnoma metodika deyiladi. Jahonda psixodiagnostik metodlarning mingdan ortiq turi mavjud bo'lib, ularni sxematik qarab chiqilmasa, farqlab olish juda ham mushkul. Psixodiagnostik metodlarning umumiy sxematik klassifikatsiyasini quyidagicha ko'rsatib o'tish mumkin: Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar. Savolnomali psixodiagnostik metodlar. obyektiv psixodiagnostik metodlar, bunga inson xulq-atvor reaksiyalari analizi va faoliyat mahsuldorligini o'rganish ham kiradi. Psixodiagnostikaning eksperimental metodlari. Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar, albatta, kuzatish olib borish hamda olingan natijalardan psixodiagnostik xulosalar chiqarishning muvaffaqiyatli garovidir. Bunday kuzatishda standart sxemalar va sharoitlar kiritiladi, bunda nimani kuzatish, qanday kuzatish, kuzatish natijalarini qanday qilib belgilab borish, qanday baholash hamda sharhlash asosida xulosa chiqarish aniq belgilab olinadi. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan psixodiagnostik talablar - standartlashtirilgan kuzatish deb Yuritiladi. Bunga misol sifatida, qandaydir topshiriqning yechimi bo'yicha kichik guruhning ish faoliyatini ko'rib chiqamiz (R.Beyls metodi bo'yicha). Sharoitni engillashtirish Muammo yechimini taklif qilish Savollarga javob berish Ma'lumotlar berish Tushuntirib berish Yordam berishni taklif qilish Yordam so'rash Tushuntirib berishni so'rash Ma'lumotlar berishni so'rash Savollarga javob berishni so'rash Muammo yechimini so'rash Muammoni yanada chigallashtirish. Bu sxema xulq-atvorni kuzatishning 12 xil tipini qamrab olgan, unda 6ta ijobiy va 6ta salbiy ko'rinishlar ifodalangan. Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagicha tartibda qo'llash lozim: olingan natijalarni foizlar bo'yicha hisoblash; o'rtacha arifmetik qiymatni topish; o'rtacha kvadrat og'ishni topish (sigma); son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash (dispersiya); omillar o'rtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini tahlil qilish (korrelyatsiya); metodikalar ishonchlilik darajasini aniqlash (StYudent mezoni). B.G.Ananevning nuqtai nazaricha, psixologik kuzatish metodlari psixologik obyektlar bilan operatsiyalar tizimi bo'lib, fanning bilish obyektidir. Psixologiyada empirik metodlarni qo'llash muammosi ko'rib chiqilayotganda ularni psixologik metodlar tizimidagi o'rnini aniqlashdan boshlash kerak. Empirik metodlarni qo'llashning beshta darajasini ajratish mumkin. 1. Metodika darajasi. 2. Metodik qo'llanma darajasi. 3. Metod darajasi. 4. Tekshirishni tashkil qilish darajasi. 5. Metodologik yondashish darajasi. To'g'ri, «metod» atamasini turli darajada ishlatsa bo'ladi, masalan psixofizikada - o'rtacha xatolar metodi, ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:32:31
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
63.5 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:32 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
63.5 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:54 ]
Arxiv ichida: doc