Psixokorreksiya

Psixokorreksiya

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixokorreksiya - rasmi

Material tavsifi

Mavzu:Psixokorreksiya Psixologik korreksiya nima? Psixokorreksiya Psixologik tuzatish (Psixokorreksiya) turlaridan biri psixologik yordam, psixologik rivojlanishning optimal modelga mos kelmaydigan xususiyatlarini maxsus psixologik ta'sir vositalari yordamida tuzatishga qaratilgan faoliyat; Shuningdek-insonda uning ijtimoiylashuvi va o'zgaruvchan turmush sharoitlariga moslashishni oshirish uchun zarur psixologik fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan faoliyat. Psixokorreksiya tarixi Korreksiyaning asosiy yo'nalishi - og'ir kechinmalar va og'riqli hissiyotlarning anglanmagan sabablarini aniqlashga mijozga yordam berish. Bu jarayonda turli texnikalardan foydalaniladi va quyidagi guruhlarga ajratiladi: Birinchi guruh shaxs xulq-atvori asosida yotuvchi anglanmagan mayllarni aniqlashga qaratilgan. Ikkinchi guruh insonga qiyinchiliklrni mustaqil yengib o'tishga yordam beruvchi ichki kuchlarga e'tibor qaratiladi. Uchunchi guruh real olamni qanday idrok etishini mijozning ongiga yetkazishga harakat qiladi. To'rtinchi guruh mijozning jamoadagi o'z xatti-harakat xarakterini o'zgartirish yoki xulq-atvorini o'zgartirish maqsadida o'zining ichki resurslarini mobilizatsiya qilish uchun turtki berishga qaratilgan. Psixoanaliz metodi katarsisga asoslanib, mijoz bilan uzoq suhbat qilish orqali kasalligining haqiqiy sababi uning ongiga yetkaziladi; u siqib chiqarilgan voqelikni anglab boshlaydi. Freyd ta'rificha katarsis ro'y beradi. Katarsis orqali bezovta qilayotgan vaziyat xususida uzoq vaqt qayta- qayta fikr yuritish orqali bunday holatni mantiqiy yakuniga yetkazish mumkin Psixoanalizda quyidagi asosiy bosqichlar ajratiladi: 1 - bosqich: og'riq manbasini topish. Ushbu bosqichda assotsiatsiya, shaxs xulqini kuzatish, yanglish so'z va yozuvni o'rganish metodlaridan foydalaniladi. 2 - bosqich: manbani ochish. Inson gapiradi, o'zining kechinmalari va uning asosini aytib beradi. Bu og'riqli jarayon bo'lib, mijoz voqelikni qayta kechirayotgandek bo'ladi va qiynaladi, shu bila birga negativ va agressiv munosabatlar yuzaga keladi. Mijoz barchasini aytib berib, asta- sekin tinchlana boshlaganda bosqich tugagan hisoblanadi. 3 - bosqich: og'riq manbasida yashiringan voqelikni qayta baholash. Bu jarayonda mijozda o'rnashgan tizimni o'zgartirishga yordam beriladi. 4 - bosqich: yangi o'rnashgan tizimni ijobiy tarzda emotsional baholash. 5 - bosqich: unutish, manbani tugatish. Id, Ego va Superego o'rtasidagi nizo sabali havotir yuzaga keladi havotirning quyidagi 3 ko'rinishi ajratiladi: Z.Freyd yuqorida keltirilgan nizolardan himoyalanish uchun psixologik himoya mexanizmlarini ajratadi. Psixologik himoya shaxs butunligiga tahdid soluvchi havotirlanish va noqulaylik holatlari, ichki va tashqi ziddiyatlar bilan bog'liq salbiy, jarohatlovchi kechinmalarni bartaraf qilish yoki kamaytirishga yo'naltirilgan mexanizmlar tizimidir. subyektiv tahdid shaxsning ichki mayllari qarama-qarshiligi yoki tashqi ta'sirlar nomuvofiqligi tufayli paydo bo'lishi kuzatiladi. Psixologik himoya shaxsning o'ziga bergan obyektiv bahosi barqarorligini, Men timsoli va olamning adekvat timsolini saqlashga qaratilgan. Psixologik himoya muammosini birinchi bo'lib Z. Freyd tadqiq etgan. U mazkur tushunchani jamiyat tomonidan o'rnatilgan taqiqlar yoki talablar va anglanmagan mayllar o'rtasidagi ziddiyatni hal etish shakli sifatida talqin qiladi. Muammoni hal etmaslik esa surunkali xarakter kasb etuvchi noxush oqibatlarga olib keladi, oqibatda inson salbiy kechinmalar manbasini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 10.34 MB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:55 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 10.34 MB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga