PSIXOLOGIK TASVIRLAR VA SIZ… PSIXOLOGIK TASVIRLAR VA SIZ… Suratdagi daraxt ustida, ostida, yonida turli holatda turgan odamlar aks etgan va ularning har biriga alohida raqamlar biriktirilgan. Suratni diqqat bilan kuzating va o'zingizga yoqqan, sizning ichki olamingizni, hislaringizni aks ettirgan, shu bilan birga kelajakda o'zingizni shunday ko'rinishda ko'rishni xohlagan raqam egasini tanlang. Raqamlar nimani anglatishini bilishdan avval suratdagi odamchalarga yaxshilab nazar soling. Siz tanlagan rasmga izoh 1, 3, 6, 7 raqamlarini tanlagan bo'lsangiz: Siz o'z maqsadi sari hech qanday to'siqlarga qaramasdan intiladigan kishilar sirasiga kirasiz. Intilganga tole yor maqoli aynan sizning xarakteringizga mos. 4 raqamini tanlagan bo'lsangiz: Hayotingizda o'zingiz uchun qulay sharoitlarni yaratib bo'lgan insonsiz. Yoki ana shunday sharoitni yuzaga keltirishda astoydil harakat qilayapsiz. Siz kichik kuch sarflab qilgan mehnat katta omad va yutuqlarni olib kelishi mumkin. 2, 11, 12, 18, 19 raqamlarini tanlagan bo'lsangiz: Atrofdagilar, yaqinlaringiz va do'stlaringiz sizga butunlay ishonishlari mumkin. Siz har qanday holatda sizning yordamingizga muhtoj bo'lgan kishiga yordam qo'lini cho'za olasiz. 5 raqamini tanlagan bo'lsangiz: Ham ruhan, ham jismonan juda charchagansiz. Qalbingiz va ruhiyatingizda ham shu holat kuzatilmoqda. Guyo kuchingiz sham kabi erib borayotgandek O'zingizni chalg'itishga va hayotingizda mavjud bo'lgan narsalardan yaxshilik xikmat izlashga harakat qiling. 9 raqamini tanlagan bo'lsangiz: Siz zerikish, tushkunlik nimaligini bilmaysiz. Chunki ushbu ikki tuyg'uga bo'lgan nafartingizning cheki yo'q. Sizga qolsa har kuningiz bayramdek o'tsa 13 va 21 raqamlarini tanlagan bo'lsangiz: Siz odamlar bilan imkon qadar kamroq yaqinlashishga, suhbatlashishga urinasiz. Birovlarning aytgan gaplarini ko'nglingizga tez va juda yaqin olasiz. Arzimas sabablar tufayli vahimaga tushasiz. Taqdiringizda sizni atrofdagilar bilan tanishtirishga va olamni ko'rsatishga harakat qiluvchi kishi paydo bo'lsa, uning qo'llaridan mahkam tuting. 8 raqamini tanlagan bo'lsangiz: O'zingizga oro berishni juda yaxshi ko'rasiz. Yolg'izlikni yaxshi ko'rasiz. 10 va 15 raqamini tanlagan bo'lsangiz: Har qanday sharoit va holatga oson moslasha oladigan insonlar toifasidansiz. Hayotingizda sizni ilhomlantiradigan sizga kuch beradigan kimdir yoki nimadir bor. 14 raqamini tanlagan bo'lsangiz: Ichki tashqi olamingiz o'rtasida jang ketmoqda. Hislaringizni jilovlay olmaslikdan qo'rqasiz. Yuzaga kelgan vaziyatga sabab bo'lgan omillarni birma-bir ko'z oldingizdan o'tkazing javobi topiladi va hammasi o'z o'rniga tushadi. 20 raqamini tanlagan bo'lsangiz: Sizda manmanlik hissi juda kuchli. Liderlik qobiliyatingiz ham bor. Ammo siz liderlikdan to'g'ri foydalana olmaysiz. Boshqacha qilib aytganda, hamma narsani o'z foydangizga hal qilishni yaxshi ko'rasiz. Sizning o'z fikringiz bor, boshqalarnikini eshitganingiz bilan, o'z bilganingizdan qolmaysiz. 16 raqamini tanlagan bo'lsangiz: Siz kimnidir qo'llab-quvvatlashdan, u qilishi kerak bo'lgan ishlarni qilishdan, birovning muammolariga aralashaverishdan charchagansiz. Agar 17 raqami diqqatingizni tortmagan bo'lsa, demak, siz yaqinlaringizning yordamiga suyanadigan insonlardansiz. 1 RASM ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:32:31
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.7 MB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:57
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:32 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.7 MB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:57 ]
Arxiv ichida: ppt