Psixologik trening asoslari faniga kirish. Psixologik trening haqida umumiy tushuncha

Psixologik trening asoslari faniga kirish. Psixologik trening haqida umumiy tushuncha

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologik trening asoslari faniga kirish. Psixologik trening haqida umumiy tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Psixologik trening asoslari faniga kirish. Psixologik trening haqida umumiy tushuncha Reja: Trening maqsad va vazifalari. Treningni o'ziga xos jihatlari. Psixologik trening tushunchasi. Treningga beriladigan ta'riflarning mazmuni. Trening haqida tushuncha Keyingi yillarda jamiyatdagi insonlar salomatligi muammosi davlat siyosati darajasiga ko'tarilishi bilan birga quvonarli hol shundan iboratki, har bir kishi o'z salomatligiga nisbatan ongli munosabatda bolmoqda. Salomatlik deganda nafaqat jismoniy balki, Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, har tomonlama, ya'ni ham jismonan, ham ruhan, ham ma'nan sog'lom bo'lishiga e'tibor berilayotganligi bizning yutugimizdir. Psixologiyada shaxsga boigan e'tibor nihoyatda katta bo'lib, buning birgina isbotini shaxs atamasining o'zinigina ilmiy jihatdan talqin etuvchi 50 dan ortiq ta'riflar mavjudligi bilan izohlash mumkin. Shunga qaramasdan shaxs rivojlanishi, shaxs barkamolligiga berilgan tushunchalar anchagina tarqoq holda bo'lib, turli psixologik maktablar bu tushunchani turlicha talqin etadilar. Lekin ularning barchasi shaxs barkamolligining asosida ruhiy salomatlik yotishini ta'kidlashgan. Barcha davrlarda, barcha xalqlarda insoniyat va jamiyatning asosiy boyligi, qadriyati sifatida jismoniy va ruhiy salomatligi tan olingan. Qadimdanoq jismoniy va ruhiy salomatlik tabiblar va faylasuflar tomonidan insonning erkin faoliyat yuritishi hamda kamolotining asosiy sharti sifatida tushunilgan. Insonni bio-energo-informasion tizim sifatida qaraladigan bo'lsa, bu piramidal tizim tana, psixika va ruhiy elementlardan tashkil topgan mukammallik sifatida qabul qilinadi. Bu uchlikdan bittasining buzilishi butun bir tizimning barqarorligiga ta'sir ko'rsatadi. Ma'lumki, inson salomatligining qay darajadaligi ko'pgina omillarga: nasliy, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va hatto sog'liqni saqlash tizimiga ham bog'liqdir. Butunjahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotiga ko'ra, 10-15 % oxirgi omil (sog'liqni saqlash tizimi)ga bog'liq, 15-20 %ini - genetik omillar, 25 %ini - ekologik omillar va 50-55 %ini esa - insonning hayot tarzi belgilab beradi. Shunday qilib, inson salomatligining qay darajada bo'lishi asosan insonning o'zigagina bog'liq bo'lib, uning hayot tarzi, qadriyatlari, ustanovkalari, ichki dunyosi va atrofdagilarga boigan munosabati asosiy rol o'ynaydi. Bugungi kunda mutaxassislar tomonidan otkazilayotgan aksariyat treninglar aynan shu sohaga qaratilgan bo'lib, ularning soni juda ko'pdir. Kitob rastalariga chiqarilayotgan kitoblarning bir qismi treninglarning qanday o'tkazilishi, trenerga qo'yiladigan talablarga doir ma'lumotlar bilan boyitilgandir. Ulardan foydalanish uchun ularni ma'lum bir klassifikasiyaga keltirish, umumlashtirish lozim boiadi. Shunga ko'ra, zamonaviy adabiyotlar tahlili asosida trening haqida aniq bir ma'lumotga ega bo'lish mumkin boladi. Ma'lumki, trening atamasi bugungi kunda juda ko'p ishlatilrtioqda. Hatto bu atama bugungi kunning eng urf bo'lgan va ommaviylashgan atamalaridan bin bolib qoidi desak, xato bo'lmaydi. Bugungi kunda odamlar orasida trening atamasini tushunishda ikki xil yondashuv mavjud bo'lib, birinchi toifadagilar aksariyat shu sohadan xabardor bo'lgan kishilardir. Ular treningni istalgan hayotiy muainmolami yecha oladigan sehrli tayoqcha sifatida qabui qilishadi, ikkinchi toifadagilar esa bu sohadan xabardor bolmagan yoki bu sohani tan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.1 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.1 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga