Psixologik treninglarni tashkil qilishning shartlari. Trening mashg'ulotnining boshlang'ich bosqichi Reja: Treningni birinchi kuni Trening mashg'ulotlarini olib borishning 2-bosqichi. Tanishuv qismi Kutishlami aniqlash qismi. Har qanday trening trenerning qisqacha ma'lumot berishi bilan boshlanadi. Bunda u treningni maqsadi, vazifalari, shuningdek, ishtirokchilar egaltashi mumkin bo'lgan natijalar haqida gapiradi. Ya'ni bu jarayonda ishtirokchilarga trening haqida tushuncha, uning qanday tashkil qilinishi, o'tkazilishi va ishtirokchilar trening oxirida qanday natijalarga erishishi mumkinligi tushuntiriladi. Guruhiy norma (tamoyil, qoida)larni ishlab chiqish. Trening mashg'uloti boshlanganidan va treneming qisqacha tushuntirishlaridan so'ng dastlabki tashkil etiladigan qism- guruhiy normalami ishlab chiqish bilan bog'liq bo'lgan qismdir. Guruhiy normalami qabul qilishdan maqsad - guruhda mashg'ulotning dastlabki soatlaridanoq samimiylik, o'zaro ishoncb, o'zaro hurmat muhitini vujudga keltirish va eng asosiysi mashg'ulotning samarasini ta'minlashdan iboratdir. Guruhiy normalani ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida guruh a'zolari bilan bu normalarga albatta rioya qilish kerakligi to'g'risida kelishish va guruhning har bir ishtirokchisining roziligini olish kerak. Buning uchun ularga qoidalarga rioya etish treningni maqsadiga erishish va qulay psixologik iqlimning yaratilishida katta ahamiyatga ega ekanligini tushuntirish lozim. Guruhiy normalar trener bilan guruh ishtirokchilarining hamkorligida ishlab chiqilishi shart. Guruhiy normalami ishlab chiqishda trener Aqliy hujum usulidan foydalangan holda fikrlar yig'ishishi maqsadga muvoftqdir. Mashg'ulot jarayonida qanday qoidalarga amal qilish lozimligi to'g'risida guruh a'zolarining o'zi takliflar, fikrlar berishi, bunda ma'lum bir fikmi berayotgan ishtirokchining bu fikming trening uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini izohlashi maqsadga muvofiqdir, shundan so'ng ishtirokchilar bilan uning taklifi qabul qilinadi yoki rad etiladi. Ayrim hollarda, agar ishtirokchilar orasidan fikr bildiruvchilar topilmasa, vaqtni yo'qotmasdan treneming o'zi yo'naltiruvchi fikr sifatida birorta normani taklif etishi ham foydadan holi bo'lmaydi. Trening mashg'ulotlari jarayonida guruhdagi ishlami tashkil qilishga doir normalar quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin: Intizomga qat'iy rioya qilish yoki 0 - 0 qoidasi normasi. Bunda har bir guruh a'zosi mashg'ulotga o'z vaqtida kelishi, o'z vaqtida ketishi kerakligi zarurligini his etishi lozim va bunga qat'iy amal qilishi kerak. Chunki trening mashg'ulotiga biror- bir ishtirokchi kechikib qolsa, mashg'ulot qoidasiga ko'ra mashg'ulotni boshlash mumkin emas, shuning uchun butun guruh kechikkan ishtirokchini kutishiga to'g'ri keladi. Bunday holning sodir boTishi esa ayrim ishtirokchilaming jahlini chiqarishi, g'ashiga tegishi, mashg'ulotlaming to'xtab qolishi va turli noroziliklarga olib kelishi mumkin. Maxfiylikyoki Sir saqlash normasi. Trening jarayonida bayon etilgan kimningdir, aniqrog'i guruhdagi biror-bir ishtirokchining hayotiga oid ma'lumotlar, fikrlar, hissiyotlaming ifodalanishi, o'yin va mashqlami bajarish jarayonida noqulay holatlarga tushib qolishlar trening doirasidan chetga chiqmasligi lozim. Negaki kishining shaxsiga oid bunday ma'lumotlaming mashg'ulot chegarasidan chetga chiqishi uning uchun turli kutilmagan tnoxushliklami keltirib chiqarishi mumkin. Shu yerda va hozir normasi. ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:32:31
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.1 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:32 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.1 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:57 ]
Arxiv ichida: doc