Psixologiya fanlarini o'qitishda o'zbek xalq maqollaridan foydalanishning tarbiyaviy ahamiyati Qarshi - 2013 MUNDARIJA Kirish 3 I-BOB. O'zbek xalq og'zaki ijodi milliy psixologiyaning ifodasi sifatida10 1.1. Milliy ongning psixologik talqini haqida ilmiy qarashlar10 1.2. O'zbek xalqining milliy psixologiyasi va o'ziga xos xususiyatlari (stereotiplari)23 1.3. O'zbek xalq og'zaki ijodida shaxs xususiyatlari va psixologik fazilatlarning talqini 37 Birinchi bob bo'yicha xulosalar41 II-BOB. Psixologiya fanlarini o'qitishda o'zbek xalq maqollaridan foydalanishning tarbiyaviy ahamiyati46 2.1. Yoshlarda yuksak insoniy sifat va fazilatlarni tarbiyalashga yo'nalgan maqollar48 2.2. Kishilar fel-atvorida uchraydigan salbiy illatlarning zarari va oqibatlaridan ogoh etuvchi maqollar58 2.3. Shaxslararo munosabatlarni me'yorlashtirish, yashash va turmush farovonligini ta'minlashga yo'nalgan maqollar66 2.4. Odamning narsalar, hodisalar va mehnatga bo'lgan munosabatlarini tarbiyalashga xos maqollar78 2.5. Tadqiqot natijalarining tahlili85 Ikkinchi bob bo'yicha xulosalar88 Xulosalar90 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati92 Ilovalar94 KIRISh. Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi davrda fan qudratli yaratuvchanlik kuchiga aylandi, har bir mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy ravnaqi fanning taraqqiyotiga bog'liq bo'lib qoldi. Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridayoq O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Ilm fan taraqqiyoti va uni amaliyotga kechiktirmay joriy etish masalalariga alohida etibor bilan qaradi. Shu bois, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida: «Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O'zbekiston taraqqiyotining muhim sharti» (12) ekanligi asoslandi. obyektiv olam bir butun, narsa va voqelik o'zaro bog'liq bo'lib, uni o'rganishda fanlarning birlashishi (integratsiyasi) obyektiv qonuniyatdir. Fanlarning nazariy taraqqiyotida differensial holat mavjud bo'lsada, amaliyotda bir-biri bilan bog'liqlik yanada samaraliroq ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. ma'naviyat-ma'rifat ishlarini va ta'lim tizimini tubdan isloh qilishni ilmiy metodologik ta'minlash psixologiya fani yutuqlariga shuningdek, barcha insonni o'rganadigan fanlar, jumladan, badiiy adabiyot bilan o'zaro aloqasiga bog'liqdir. Shuning uchun insonshunoslik asosida maqsad va vazifalari uyg'un bo'lgan psixologiya bilan badiiy adabiyotning o'zaro bog'liqlik metodologiyasi va metodikasini tadqiq etish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Qadimgi Sharqda psixologiya va badiiy adabiyot bir-biri bilan bog'liq holda taraqqiy etgan. Avvalambor xalq og'zaki ijodi va xalq psixologiyasida bu uzviy bog'liqlik asrlar osha rivojlanib kelgan. Asosan badiiy asarlar orqali buyuk mutafakkirlarning psixologik merosi ifodalangan va ommalashgan. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov O'zbekiston Fanlar Akademiyasining umumiy yig'ilishida so'zlagan nutqida « asrlar sinovidan o'tgan ajdodlarimiz bizga qoldirgan milliy mafkura va tafakkurimizni tiklash, uni zamonaviy umumbashariy ruh bilan boyitish hammamizning dolzarb vazifamizdir», deb ko'rsatgan edilar. Psixologiya bilan badiiy adabiyotning o'zaro bog'liqligini tadqiq etish milliy psixologiya tarixini chuqur o'rganishga yo'l ochadi. Psixologiya bilan badiiy adabiyot tarixan va mantiqan bog'liqdir. «Adabiyot»- odob, xulq, axloq, «yot»- ilm, yani adab haqidagi ta'limot manosini anglatadi. Keyingi asrlarda adabiyotni badiiyot ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:32:31
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
84.55 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:32 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
84.55 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:58 ]
Arxiv ichida: doc