Psixologiya tarixi faniga kirish

Psixologiya tarixi faniga kirish

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologiya tarixi faniga kirish - rasmi

Material tavsifi

Psixologiya tarixi faniga kirish Reja: 1. Psixologiya tarixi fanining predmeti. 2. Psixologiya tarixi fanining vazifasi. 3. Psixologiya tarixi fanining rivojlanish bosqichi. Ma'lumki, psixologiya tarixi fani inson psixikasi va psixik hodisalar haqidagi fikrlarning paydo bo'lishi va uning rivoji haqida fikr yuritib, u ruhiy olam to'g'risidagi qiziqarli va bahsbop bilimlar, mumtoz ma'lumotlar tizimidan iborat. Tarixiy rivojlanish har bir fan uchun xos bo'lib, u fandagi yangi g'oyalarning ildizi hisoblanadi. Bir so'z bilan aytganda nnsonning o'zi haqidagi bilimlarini yig'ilib hamda chuqurlashtirib borishidir. Psixologiya fani tarixiga nazar solar ekanmiz, psixik hayotni o'rganishga bo'lgan qiziqish turli tarixiy davrlarda nazariy rang-baranglik bilan kechganligini va psixikaning moddiy asoslari qanday tadqiqotlarda aniqlanganligini bilish imkoniga ega bo'lamiz. Psixologiya tarixi fan sifatida hayotning turli bosqichlarida, fan va madaniyat taraqqiyoti munosabati bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi, dastlabki psixologiya fani qay tarzda taraqqiy etib, fanlar tizimi darajasiga ko'tarilganligiga doir ma'lumotlarni qamrab oladi. SHuningdek, psixologiya tarixi inson psixikasi va uning hozirga qadar taraqqiyoti haqida chuqurroq, aniq ilmiy ma'lumot olish imkoniyatini beradi. Ilmiy jihatdan esa bu fan, nazariy ma'lumotlarni o'rganishda foydali bo'lgan ilmiy metodlarni yaratishda ahamiyatli hisoblanadi. Inson psixikasi haqidagi bilimlarning rivojlanish tarixi davomida ikki ilmiy falsafiy oqim, ya'ni idealizm va materializm o'rtasidagi kurashni ko'rish mumkin. Bu kurash psixologiya fanining mohiyatini turlicha tushunadi, undagi farqlar insondagi psixik va fiziologik hodisalarni o'zaro munosabatlarini aniqlashda hamda psixologiya fani predmetini turlicha talqin qilishda namoyon bo'ladi. Fan tarixida turlicha qarashlar va yo'nalishlar bo'lishiga qaramasdan, fanning predmeti, ya'ni inson va hayvonga xos bo'lgan psixika, psixik hayot shundayligicha qolaveradi. Ilmiy jihatdan psixologiya tarixi fani, psixologiya fanining predmet va vazifalaridan farqli ravishda, miya mahsullarini emas, balki psixologik fikrlarning paydo bo'lishi hamda rivojlanishi, ilmiy tadqiqotchilarning turli davrlardagi faoliyati, psixologiyaning fan sifatida tan olishini kabilarni o'rganadi. Bir tarafdan inson ruhiy olamini dastlab psixika, so'ng ong, oxir-oqibat xulq-atvor sifatida tahlil etishdir. Hozirga kelib fanda, psixologiya tarixining avvalgi davrlarda e'tiborga olinmagan psixika va xulq-atvor haqidagi faoliyat birligi tamoyili yana qaytadan tiklandi. Bizningcha, haqiqiy ilmiy psixologiya XIX-asr oxiri, XX-asr boshlarida tan olingan bo'lsa-da, antik davr va mumtoz qarashlar fan tarixi uchun ilk metodologik manbalar sanalishi ehtimoldan holi emas. Chunki nemis psixologi V.Vundning psixologiya tarixida amalga oshirgan tajribalari shunchaki falsafiy g'oya emas, aksincha sof psixologik eksperimental tadqiqot edi. Bu tadqiqot psixologiya fanining amaliy jihatdan tan olinishi hamda keyingi tadqiqotlar uchun zaruriyatning ortishiga xizmat qildi. Hozirga kelib psixologiya fani ham metodologik jihatdan, ham metodik jihatdan yetuk fan sifatida jamiyatdagi fanlar tizimida o'z o'rniga egadir. Olib borilayotgan amaliy tadqiqotlar, fan yutuqlari ba'zi mumtoz nazariy qarashlarni inkor etib, uning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.74 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.74 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga