Psixologiyada matematik metodlarning qo'llanilishi tarixi

Psixologiyada matematik metodlarning qo'llanilishi tarixi

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologiyada matematik metodlarning qo'llanilishi tarixi - rasmi

Material tavsifi

Psixologiyada matematik metodlarning qo'llanilishi tarixi Reja Psixologiyada o'lchov an'analarining tarixi. Falsafiy, psixologik va pedagogik fanlarda miqdor va sifat darajalari. Pedagogik va psixologik fanlarda miqdordan sifatga o'zaro o'tish. Zamonaviy psixologiyada va fanlarda o'lchovlar. Psixologiyada o'lchov an'analarining tarixi. Ko'p yillar davomida matematika fani ko'pgina tabiiy fanlar uchun zarur deb hisoblangan, asosan fizika fanining. Ijtimoiy va gumanitar ko'rsatkichlar tabiiy fanlardan farqlangan. Ularni qanday farqlanishini aniqlash zarurdir. prinsipial va real imkoniyatlar va imkonsizliklarni metodlar orqali tahlil qilishni favrqlarini aniqlash zarurati mavjud. XIX asr oxiri XX asr boshlarida psixologik fanlar falsafiy va tabiiy fanlar yo'nalishlari o'rtasida ikkilangan. Bu holatlarga malum bir sababalar bor edi. Psixologiyada o'lchov an'analarining tarixi. Birinchidan, faylasuf olimlar va tabiiy fanlarning olimlari o'rtasidagi ijtimoiy farqlar, ilmiy raqobatda bir sohadan ikkinchisiga o'ta oladigan olimlar yutuqli darajada hisoblanishgan (Ben, Kollinz, 2002). Ikkinchidan, matematiklar uchun psixologiya tushunchalarni abstraktlashtirilgani uchun odatiy hisoblanilgan, fiziologlar va refleksologlarni psixologiyadagi umumiy tadqiqotlar qiziqtirgan (xatti-harakat reaksiyalari, inson shaxsining mexanizmlari); gumanitarlar esa psixologik fanlar orqali falsafiy bilimlarni yangi g'oyalar orqali talqin qilish mumkin degan tushunchalarni ko'rsatganlar. Psixologiyada o'lchov an'analarining tarixi. Moskva psixologik jamiyatining a'zolari o'rtasida tabiiy tadqiqotchilar, faylasuflar, matematiklar, tarixchilar, huquqshunoslar, vrachlar va pedagoglar bor edi. Turli xil fan sohalarning vakillarini mavjudligi bazi vaqtlarda munozaralarga sabab bo'lar edi. Bir kuni shu jamiyatning majlisida matematik N.Bugeev hayvonlarning intellekti haqidagi ma'ruzani bekor qiladi, chunki na ma'ruzachining o'zi va na qatnashchilar intellekt tushunchasini ta'riflab bera olmaganlar. Bunday munozaralar psixologik fanlar uchun ham qatnashchilar uchun ham foydali hisoblangan. Falsafiy, psixologik va pedagogik fanlarda miqdor va sifat darajalari. Psixologlarning matematik metodlarga yondashuvi va matematiklarning psixologik bilimlarga bo'lgan qiziqishlari psixologik muammolarning yechimini matematik yo'llar bilan topish ancha yillar oldin ishlatilgan. Bir necha marotaba psixologiyani normal eksperimental fan sifatida talqin qilish holati bo'lgan. Psixologiyani ishlab chiqqan olimlar o'zlarida fizika o'xshash o'lchovlarni bo'lishi xohlashgan. 1882 yilda I.F.Gerbart Londondagi qirollik akademiyasida «Psixologiya fanida matematik metodlarni qo'llashning zarurati» mavzusida ma'ruza bilan chiqdi. Bu ma'ruzada umumiy metodologik holatlardan tashqari, matematik metodlarni psixologiyadagi zarurati haqida ham so'z yuritilgan, muallif tomonidan Men konsepsiyasining matematik modellari tavsiya qilingan. Gerbartning shogirdi M.F.Drobish 1850 yilda «Matematik psixologiyaning o'rganish asoslari» nomli kitobini nashr qildirdi. Falsafiy, psixologik va pedagogik fanlarda miqdor va sifat darajalari. Birinchi matematik psixologiyalar psixofizika sohasida ishlatilgan (G.Fexner, V.Vundt, F.Galton) bu materiallarda o'lchovlar orasidagi qo'zg'aluvchilar o'rtasidagi farqlar (obyektiv stimullar), o'zgaruvchan reaksiyalarning farqlarini o'rgangan (subyektiv sezgilar), psixometrikada ham matematik statistika qo'llanilgan (F.Galton, K.Pirson, Ch.Spirmen, L.Terstoun), bunda psixodiagnostik ko'rsatkichlarni tahlil usuli orqali o'rganilgan, testlarni faktorli tahlil orqali tuzishni o'rganishgan. Psixologiyada birinchi tadqiqotchi sifatida F.Galtonni sanab o'tishimiz mumkin (1914). U ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 64 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:59 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 64 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga