Psixologiyaning dastlabki va o'rta asrlarda rivojlanishi

Psixologiyaning dastlabki va o'rta asrlarda rivojlanishi

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologiyaning dastlabki va o'rta asrlarda rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Psixologiyaning dastlabki va o'rta asrlarda rivojlanishi Reja: 1. Idealizm va materializm 2. Qadimgi Hindistonda Vedalar maktabi 3. Xitoyda psixologik fikrlarning paydo bo'lishi 4. Eramizdan avvalgi 5-6 asrlarda psixika haqidagi tasavvurlar 5. Antik davr mutafakkirlarinnig psixologik qarashlari 6. O'rta asr psixologiyasi Idealizm (fr. idealisme) - idealizm: falsafaning bosh masalasida - ongning borliqqa munosabati masalasida materializmga qarama-qarshi o'laroq ong, ruh, birlamchi, moddiy dunyo, borliq esa ikkilamchi, ong, sezgi, tasavvur va tushunchalarning mahsulidir deb da'vo qiluvchi g'ayri ilmiy falsafiy oqim. Idealistlar materialistlarga qarama-qarshi o'laroq, psixika tan bilan yashirin yo'sinda birlashgan, inson o'lgach, tanani tashlab «narigi dunyoga», g'oyalar dunyosiga ketib, u yerda abadiy yashaydigan moddiy bo'lmagan qandaydir ilohiy substansiya yoki mohiyatning namoyon bo'lishidir deb tushunadilar. Materializm (lot.materialis- moddiy) materializm falsafasidagi ikki asosiy oqimdan biri, ya'ni idealizmga qarama-qarshi o'laroq, birdan bir ilmiy, tarixan progressiv dunyoqarashdir. Falsafa tafakkurning borliqqa munosabati haqidagi bosh masalasini hal qilishda materializm, dunyo o'z tabiatiga ko'ra moddiydir, materiya, tabiat, borliq, inson ongidan tashqari unga bog'lik bo'lmagan holda mavjuddir, material birlamchi hamda sezgilarning manbaidir, ong esa ikkilamchi, hosila narsadir, dunyoni va uning qonuniyatlarini to'liq bilish mumkin, deb ta'lim beradi. Materializm falsafiy oqim sifatida eramizdan bir qancha asrlar avval qadimgi Hindiston, Xitoy va Gresiyada paydo bo'lgan. Eramizdan avvalgi bir necha ming yillar ilgari Sharqda qadim sivilizasiyalar - Misr, Hindiston Xitoy sivilizasiya tarkib topgan. Ulardagi g'oyalar asosida zamonaviy fanlar rivojlanadi. Miloddan avvalgi bir necha ming yillikning o'rtalarida Hindiston va Xitoyda 2-ming yillikda paydo bo'lgan. «Veda» matnlariga asoslanadi. Vedalarning yakuni sifatida keyinchalik yer.av I-ming yillikda Upanishadalar paydo bo'ldi. Ularda ruh muammosi ko'proq etik muammo sifatida shaxsni yetuklikka erishishning nuqtai nazaridan tahlil qilindi va qabul qilingan umumiy g'oyalar, ya'ni ruhning uchib yurishi uning abdiyligi ushbu manbalarda o'z aksini topdi. Shu asosda yer.av. 3 asrda jaddizm va buddizm dini ta'limotining mazmuni shakllandi, yo'nalishi ham ruhiy hodisalar-ning tana bilan bo'lgan munosabatiga doir o'z qarashlarini ifoda etdi. Jaddizmda tana ruh erkinligini sababchisi deb ta'riflangan bo'lsa, Buddizmda umuman ruhni alohida sifatda inkor etdi. Keyinchalik paydo bo'lgan Sanya Vedanta, Yoga, Milansa falsafa maktablari ham ruhni o'rganishga metofizik etik tomondan yondoshdilar. Vedantada Upanishadagi idealistik g'oyalar ilgari surildi. Ularda Ataman va Braxman haqida fikr yuritildi. Bu fikrga ko'ra ruh doim tananing intilishlari va hissiy kechinmalari ortida yashiringan bo'ladi. qat'iy intizom orqali ruh bulardan xolos bo'lib, Adabiy Braxman darajasiga yetadi. Yoga ta'limotida esa haqiqiy yuksaklikka erishish uchun psixik faoliyatga to'sqinlik qilayotgan tomonlarni bartaraf qilish kerak bo'ladi deyiladi. Buning uchun yogalar maxsus 8 olamni: avval tana harakatlarini (nafas olish gavda harakatlari keyin psixik aktlar diqqat tafakkurini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.49 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.49 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga