Psixologning kasbiy o'zini-o'zi anglashning axloqiy jihatlari Reja: Psixologiyada etnik muammolarni qayta ko'rib chiqish darajasi va asosiy variantlari. Psixolog faoliyatida umuminsoniy qadriyatlar muammosi. Psixologning muhim etnik yo'nalishlari. Amaliyotchi psixolog kasbining kasbiy-axloqiy talablari. Ta'lim tizimidagi muassasalarda pedagog-psixologlar mas'ul shaxsdir. Bundan tashqari bolalar bilan psixodiagnostik tashxislar o'tkazishda bir qator kasbiy- axloqiy tavsifga ega talablar qo'yilgan. Bu asosiy kasbiy-axloqiy talablar quyidagilardir: Har qanday sharoitda ham psixologik tashxis natijalari bola shaxsiga ziyon yetkazish maqsadida qo'llanmasligi shart. Psixologik tashxisni faqat bolalarning va ota-onalarning roziligi bilan o'tkazish mumkin (faqat ayrim holatlar bundan istisno, ya'ni tibbiyot va huquqiy sohalarda). Go'daklik yoki balog'at yoshigacha bunday qarorlarni ota-onalar bolalar ishtirokida qabul qilishi mumkin. Ota-onalar, (ota-onalik huquqidan mahrum qilinganlar bundan mustasno) mutaxassis psixolog psixodiagnostik tadqiqot natijalari asosida tayyorlagan xulosalarni bilishga haqlidir. Psixolog o'z navbatida ota-onalarning farzandlari ruhiyati haqidagi savollariga to'liq, ishonchli va haqqoniy javob berishi shartdir. Psixologik tashxis natijalari, shaxs taraqqiyotiga ta'sir qiluvchi har xil omillarni hamda ota-onalarning, pedagoglarning fikrlarini inobatga olmasdan, bolaning ta'lim va tarbiyasiga taalluqli takliflarni hal qilishga asos bo'la olmaydi. Ta'lim tizimida ishlayotgan psixolog, psixologik tashxis ishlarini o'qituvchi va tarbiyachi bilan hamkorlikda olib borgan holda, ularni bola ruhiyati haqida zarur ma'lumotlar bilan ta'minlab borishi shart. Psixodiagnostikada qo'llanilayotgan ko'pgina metodikalar yosh me'yorlari atamasi bilan bog'liq. Bu, birinchidan, ruhan va jismonan sog'lom hamda tasodifan tanlab olingan bolalar guruhida o'rganilayotgan xususiyatlarning o'rtacha taraqqiyot darajasi bilan bog'liq holda tavsiflanadi. Bolada yosh me'yorlari o'rganilayotgan xususiyatlar taraqqiyot darajasining og'ishi, o'tkazilgan tadqiqotdan olingan natijalar bilan aniqlanadi. Agar uning individual ko'rsatkichlari me'yordan yuqori bo'lsa, u holda bola o'z tengqurlaridan ilgarilab ketgan, buning aksi bo'lsa tengqurlaridan orqada qolgan degan xulosa chiqariladi. Ikkinchidan - bu o'z-o'zidan me'yorlarni o'rganib turishdir. Ma'lumki, jamiyatning rivojlanib borishi bilan bolalardagi intellektual, shaxsiy va xulqiy taraqqiyotning o'rtacha ko'rsatkichi o'zgarib boradi. Bu, albatta, bundan o'n yil oldingi me'yorlardan hozirgi paytda foydalanish mumkin emasligini ko'rsatib beradi. Shuning uchun ham har bir metodikani har 3-5 yilda albatta qayta tekshirib ko'rish talab qilinadi. Uchinchidan, boladagi u yoki bu psixologik xususiyatlarning taraqqiyot darajasini baholash bilan uning kelajakdagi taraqqiyoti haqida xulosa chiqarib bo'lmaydi. Chunki bu nafaqat uning taraqqiyot darajasi bilan, balki bolaning o'quvchanlik qobiliyati, yangi hayotiy tajribalarni o'zlashtira olishi. ta'lim sifati hamda ko'pgina boshqa omillar va sharoitlar bilan bog'liqdir. Bundan tashqari, har qanday psixodiagnostik metodikalarni qo'llash va xulosa chiqarish uchun, avvalo uni sinab ko'rish kerak. Psixodiagnostika. so'zi psixologiyada ikkita asosiy ahamiyat kasb etadi. Birinchisi ilmiy psixologik bilimlar va tadqiqotlar sohasi hisoblansa, ikkinchisi psixologik bilimlarni amaliyotda qo'llay olish sohasidir. Ilmiy soha sifatida psixodiagnostika: prinsiplar, har xil psixodiagnostik metodlaming ilmiyligini tekshirish muolajalarini ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:32:31
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.45 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:32 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.45 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:00 ]
Arxiv ichida: doc