Qobiliyat psixodiagnostikasi

Qobiliyat psixodiagnostikasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Qobiliyat psixodiagnostikasi - rasmi

Material tavsifi

Qobiliyat psixodiagnostikasi Reja: 1.Qobiliyat psixodiagnostikasi va uning o'ziga xos jihatlari. 2.hissiy irodaviy sohaning diagnostikasi. 3.Motivatsion sohani diagnostika qilish. Qobiliyat psixodiagnostikasi va uning o'ziga xos jihatlari Har bir inson yoshligidanoq kamchiligu yutuqlari, o'z imkoniyatlari haqida oz bo'lsa-da tasavvurga ega bo'la boshlaydi. Yoshligidanoq bolalar fe'l-atvori haqida oldin ota-onalar, keyin esa atrofdagilar o'z munosabatini bildira boshlaydi. Tashqi ta'sir natijasi o'laroq, har bir insonda o'z-o'ziga baho berish qobiliyati shakllana boshlaydi. Kimdir o'ziga juda yuqori baho bersa, yana kimdir o'zi haqida salbiy fikrda bo'ladi. O'zi haqidagi juda yuqori fikrdagi insonlar atrofdagilardan doim qusur izlashga harakat qilishadi. Uning o'zi haqidagi fikri real imkoniyatlardan ko'ra ilgarilab ketgan. Bunday insonlarning baxtli bo'lishi qiyin, sababi ular doim nimadandir norozi bo'lib Yurishadi: yo hayot tarzidan yoki atrofdagilardan… ularning o'zi haqidagi fikrlarini o'zgartirish ham qiyin kechadi. Buning uchun o'zgalarning yutug'ini ko'rib, o'z imokniyatlarini taqqoslash, atrofdagilarning unga nisbatan to'g'ri muomala qila olishi muhim ahamiyatga ega. O'zi haqida salbiy fikrda bo'lgan insonlarga ham oson emas. Ularning boshqalar bilan muomalaga kirishishlari, yangi tanishlar orttirishlari qiyin kechadi. Ularni doim biror ishni boshlashdan oldin «men to'g'ri yo'l tutayapmanmikan?» kabi shubhali savollar qiynaydi. Bunday shubha gumonlardan qutilish uchun avvalambor o'zingizga chetdan nazar tashlang. Siz hech kimdan kam emassiz va shuning barobarida boshqalardan ustun jihatlaringiz ham mavjud. Bu jihatlarni his qila biling. Shundagina hayotda o'z o'rningizni topib, ishingizda yaxshi natijalarga erisha olasiz. Qobiliyatni aniqlash testi Ushbu qobiliyatni aniqlash metodikasi Ayzenk test so'rovnomasi asosida tuzilgan. Bu metodikani qaerda qo'llash mumkin? Birinchidan, ular akademik litsey yoki kasb hunar kollejiga o'qish uchun kelgan talabalarga o'z shaxsiy yo'nalishini to'g'ri belgilashlariga yordam berishda qo'l keladi. Ikkinchidan, ularni o'qitish samaradorligini oshirish maqsadida qo'llanilishi mumkin. O'qituvchi o'quvchilar qobiliyatini, qiziqishlarini aniqlab, undan o'z darslarida foydalanishi mumkin. Testni to'g'ri qo'llash uchun quyidagi shartlarga qat'iy amal qilinadi: Ajratilgan vaqt birligiga (80 ta savol uchun 40 daqiqa) qat'iy rioya qilish. Sinaluvchining savol mazmunini to'g'ri idrok etishga va tushunilishiga erishish. Javoblar sinaluvchining mustaqil fikriga asoslanganligiga erishish. Savollarga berilgan javoblarni ishlab chiqish (100 ballik tizim asosida) Sinaluvchi savollarni diqqat bilan o'qib chiqadi. Qaysi savol o'zi haqida ketayotganiga ishonch hosil qilsa, shu savolga belgi qo'yadi, qolgan savollarga xech qanday belgi qo'ymaydi. Sinaluvchi savollarga shoshilmasdan ochiq oydin va to'g'ri javob berishi lozim. Belgilangan savollarning kam yoki ko'pligi muhim emas. Sinaluvchida «qancha ko'p savollarni belgilasam, shuncha ijobiy javob olaman» degan fikr tug'ilmasligi kerak. Endi bu savollarga javoblarni baholash ustida to'xtalamiz. Sinaluvchi o'zi belgilagan savol nomerlarni quyidagi jadvalda doira ichiga olib chiqadi. Qaysi ustunda 8-10 doiralar bo'lsa sinaluvchida o'sha qobiliyat ustun bo'ladi. Qaysi qobiliyatning ustunligiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 313.75 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 313.75 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga